1 2-mavzu. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/32
Sana29.03.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1308764
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
-statistik usul. Bu usul ishlab chiqarish korxonalarida statistik hisobga olingan baxtsiz 
hodisalar materiallarini chuqur o’rganishga asoslangan. Statistik usulda tahlil, baxtsiz 
hodisalarni kamaytirish borasida chora-tadbirlar ko’rish uchun amaliy ma’lumot beradi va ishlab 
chiqarishda jarohatlanishni ta’riflovchi takrorlanish (chastota) koeffitsiyenti, jarohatning og’irlik 
koeffitsiyenti o’rtacha ko’rsatkichini olish imkoniyatini beradi. 
Takrorlanish (chastota) koeffitsiyenti (K
t
) 1000 ishchi hisobiga ma’lum vaqt davomida 
ishlab chiqarish korxonalariga to’g’ri keladigan baxtsiz hodisalarning o’rtacha miqdorini 
ko’rsatadi. Uni quyidagi tenglama orqali aniqlash mumkin: 
s
h
t
I
x
B
К
/
1000



21
Bunda: 
B
h
– tekshiruv vaqtidagi baxtsiz hodisalar soni; 
I
s
- baxtsiz hodisalar sodir bo’lgan vaqtlardagi ishchilarning o’rtacha soni. 
Baxtsiz hodisaning og’irlilik koeffitsiyenti (K
o
) ni, har bir jarohatlanish tufayli o’rtacha 
yo’qotilgan ish kunlari miqdorini aniqlash uchun quyidagi tenglamadan foydalanamiz: 
h
s
o
B
K
К
/

Bunda:
K
s
— baxtsiz hodisaga uchraganlar tomonidan yo’qotilgan ish kunlari soni; 
B
h
— shu davr ichida sodir bo’lgan baxtsiz hodisalar soni. 
Yuz bergan baxtsiz hodisalarni tahlil qilish va sabablarini o’rganish maqsadida, baxtsiz 
hodisalarni turlari bo’yicha guruhlash usulidan foydalangan holda takrorlanishini (chastota) 
aniqlash mumkin. 
-topografik usul. Bu usulda ma’lum ish uchastkalarida baxtsiz hodisalarning 
takrorlanishi haqida ko’rgazmali ma’lumot olinadi. Statistik usul asosida shikastlanish ishchi va 
xizmatchilar orasida qanday taqsimlanganligi baholanadi. Baholashda ishchining yoshi, staji, 
kasbi, jinsi, mutaxassisligi, ish vaqti, ish turi va boshqa omillar e’tiborga olinadi. Statistik usulda 
aniqlanishicha asosiy baxtsiz hodisalar kechki smenada, kam malakaga ega bo’lgan xodimlar va
yoshi katta bo’lgan xodimlar (50%) bilan sodir bo’lishi aniqlandi. 
-monografik usul. Bu usul baxtsiz hodisa yuz bergan ayrim hudud yoki korxona 
bo’limlarini har tomonlama chuqur o’rganishga asoslangan. Asosiy diqqat-e’tibor texnologik 
jarayonlarning cheklanishiga, ishlab chiqarishning xavfli lahzalariga va mehnat sharoitining 
sanitariya-gigiyenik holatini o’rganishga qaratilgan. Korxonada yuz bergan baxtsiz hodisalar, 
avariyalar, kasb kasalliklarining kelib chiqish sabablari aniqlanadi va t’plangan tahliliy ma’lumotlar 
kelib chiqishi mumkin bo’lgan baxtsiz hodisalarni aniqlash imkoniyatini beradi. Shu bilan birga 
tahlil natijalari, qurilayotgan yoki loyihalanayotgan o’xshash korxonalarda aynan xuddi shunday 
baxtsiz hodisalar kelib chiqmasligi uchun, ogohlantirish va jarayonlarni o’zgartirish, 
mukammalashtirish chora-tadbirlarini ko’rishda katta ahamiyatga ega. 
Yuqorida keltirilgan usullar yordamida o’tkazilgan tahlil natijasida baxtsiz hodisalarni kelib 
chiqishining quyidagi sabalari aniqlangan: 
-tashkiliy sabablar; 
-texnikaviy sabablar; 
-sanitariya-gigiyenik sabablar; 
-ruhiy-jismoniy sabalar. 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling