1 2-mavzu. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari


O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37- moddasiga


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/32
Sana29.03.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1308764
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37- moddasiga binoan «Har bir shaxs 
mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko’rsatilgan 
tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir». Ushbu moddada ko’rsatilgan kafolat va 
ijtimoiy muhofazani qonuniy mustahkamlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 1993 yil 6 maydagi №839-XII sonli buyrug’iga asosan “Mehnatni muhofaza 
qilish to’g’risidagi qonun” qabul qilindi. 
O’zbekiston respublikasining Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi Qonuni, ishlab 
chiqarish usullari, mulk shaklidan qat’iy nazar, mehnatni muhofaza qilishni tashkil etishning 
yagona tartibini belgilaydi hamda fuqarolarning sog’lig’i va mehnatini muhofaza qilinishni 
ta’minlashga qaratilgan. 


2
Mazkur Qonun 29 modda 5 bo’limdan tashkil topgan bo’lib, unda kundalik hayotimizda 
mehnat muhofazasining umumiy qoidalari, mehnatni muhofaza qilinishini ta’minlash, 
ishlovchilarning mehnatini muhofaza qilishga doir huquqlarini ro’yobga chiqarishdagi kafolatlar, 
mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan 
davlat va jamoatchilik nazorati va mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunlar va boshqa 
me’yoriy hujjatlarni buzganlik uchun javobgarlik to’grisidagi masalalar o’z aksini topgan. 
3-modda. Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunlar va qonunning qo’llannsh 
sohasi 
Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunlar ushbu Qonun va unga muvofiq 
chiqariladigan boshqa me’yoriy hujjatlardan iborat bo’ladi. 
Ushbu Qonun mulk va xo jalik yuritish shakli turlicha bo ’lgan korxonalar
muassasalar, tashkilotlar bilan, shu jumladan ayrim yollovchilar bilan mehnat 
munosabatlarida turgan barcha ishlovchilar; kooperativlarning a’zolari, ishlab chiqarish 
amaliyotini o ’tayotgan oliy o ’quv yurtlari talabalari, o’rta maxsus o’quv yurtlari, 
hunar-texnika bilim yurtlari va umumiy ta’lim maktablarining o’quvchilari; 
korxonalarda ishlashga jalb etiladigan harbiy xizmatchilar; muqobil xizmatni 
o’tayotgan fuqarolar; sud hukmi bilan jazoni o’tayotgan shaxslar, axloq tuzatish-mehnat 
muassasalari korxonalarida yoki hukmlar ijrosini amalga oshiruvchi idoralar 
belgilaydigan korxonalarda ishlash davrida, shuningdek jamiyat va davlat manfaatlarini 
ko’zlab tashkil etiladigan boshqa turdagi mehnat ishtirokchilariga nisbatan amal qiladi

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling