1 2-mavzu. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari


MK). 126-modda. Dam olish vaqti tushunchasi


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/32
Sana29.03.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1308764
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32
MK).
126-modda. Dam olish vaqti tushunchasi 
Dam olish vaqti — xodim mehnat vazifalarini bajarishdan xoli bo’lgan va bundan u o’z 
ixtiyoriga ko ’ra foydalanishi mumkin bo ’lgan vaqtdir. 
(Ozbekiston respublikasi MK).
128-modda. Kundalik dam olish vaqtining muddati 
Ishning tugashi bilan keyingi kuni (smenada) ish boshlanishi o ’rtasidagi kundalik dam olish 
vaqtining muddati o ’n ikki soatdan kam bo ’lishi mumkin emas. 
(Ozbekiston respublikasi MK).
Xodimlarni dam oladigan kunlari ishga jalb etish (120, 132, 245-moddalarda) belgilangan 
cheklanishlarga rioya etgan holda amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishda texnik va boshqa 
sabablarga ko’ra ishni to’xtatib turish mumkin bo’lmagan joylarda, aholiga xizmat ko’rsatish 
zarurati bo’lgan ishlarda, shuningdek kechiktirib bo’lmaydigan ta’mirlash va yuk ortish tushirish 
ishlarida bayram kunlari ishlashga ruxsat etiladi (132-modda). Dam olish va bayram kunlari 
bajariladigan ishlar uchun kompensatsiya va haq to’lash mehnat kodeksining 157- moddasiga 
muvofiq amalga oshiriladi. Korxonalar va ayrim ishlab chiqarishlarda ish turiga qarab, kundalik 
yoki haftalik ish kuniga rioya qilib bo’lmaydigan toifadagi ishchilar va xizmatchilarga, kasaba 
uyushmasi bilan kelishilgan holda ish kunini jamlab hisobga olish (123-modda) usulini kiritishga 
yo’l qo’yiladi. 
Qishloq xo’jalik dala ishlarining qizg’in pallasida, ish kunini 12 soatga uzaytirish va dala 
ishlari kamayganda yoki qish vaqtida ish kunining davom etishini 5 soatga qisqartirishga ruxsat 
beriladi, bunda faqat yil mobaynida ish vaqtini jamlab hisoblashga rioya qilinadi. Hamma 
ishchi, xizmatchi va o’rindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga dam olish va ish qobiliyatini 
tiklash uchun ish joyi, o’rtacha ish haqi saqlangan holda yillik mehnat ta’tilini berishi lozim (133 
modda). Uning muddati mehnat kodeksining 134,135-moddalarida aks ettirilgan. 
Zararli mehnat sharoitlarida ish bajaradigan ishchi va xizmatchilarga qo’shimcha ta’tildan 
tashqari (137,138- moddalar), qisqartirilgan ish kuni joriy etiladi (117,118- moddalar). 
Korxonalarda qo’shimcha ta’til olish huquqini beruvchi ishlar, kasblar va lavozimlar ro’yxati, 
ta’tillarning muddati, ularni berish tartibi va sharoitlari tarmoq kelishuvlari, jamoa 
shartnomalarida belgilab qo’yiladi, agar ular tuzilmagan bo’lsa, ish bilan ta’minlovchi 
tomonidan kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib 
olingandan keyin belgilanadi. 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling