1 2-mavzu. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/32
Sana29.03.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1308764
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32
(Ozbekiston respublikasi 
MK).
228-modda. Tungi ishlarda, ish vaqtidan tashqari ishlarda, dam olish kunlaridagi 
ishlarda ayollar mehnatini qo’llanishni va ularni xizmat safariga yuborishni cheklash 
Homilador ayollarni va o'n to'rt yoshga to'lmagan bolasi (o'n olti yoshga to'lmagan nogiron 
bolasi) bor ayollarni ularning roziligisiz tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish 
kunlaridagi ishlarga jalb qilishga va xizmat safariga yuborishga yo'l qo 'yilmaydi. Shu bilan birga 
homilador ayollarni va uch yoshga to'lmagan bolasi bor ayollarni tungi ishlarga jalb qilishga 
bunday ish ona va bolaning sog'lig'i uchun xavf tug'dirmasligini tasdiqlovchi tibbiy xulosa 
bo'lgan taqdirdagina yo'l qo 'yiladi. 
(Ozbekiston respublikasi MK).
Jamoa va mehnat shartnomalari. O’zbekiston Respublikasining mehnat kodeksining 29-
56 va 72-113- moddalariga asosan mehnat munosabatlarini tartibga solish uchun jamoa va 
mehnat shartnomalari tuziladi va ma’muriyatga quyidagi vazifalar yuklanadi: 

Sog’lom va xavfsiz ish sharoitlarini ta’minlash; 

Kasb kasalliklarini va jarohatlarni ogohlantiruvchi zamonaviy xavfsizlik texnika 
vositalarini tatbiq qilish; 

Ishchi xizmatchilarni bepul korjoma va himoya vositalari bilan ta’minlash; 

Zararli ish sharoitlarida sut va maxsus ovqatlar bilan ta’minlash; 

Tibbiyot ko’riklarini o’z vaqtida o’tkazib turish; 

Yo’riqnomalarning barcha turlarini o’z vaqtida o ’tkazib turish. 
29-modda. Jamoa shartnomalari va kelishuvlarining tushunchasi va maqsadi 
Jamoa shartnomasi — korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o'rtasidagi mehnatga oid, 
ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi me'yoriy hujjatdir. 
Jamoa kelishuvi — muayyan kasb, tarmoq, hudud xodimlari uchun mehnat shartlari, ish 
bilan ta'minlash va ijtimoiy kafolatlar belgilash borasidagi majburiyatlarni o'z ichiga oluvchi 
me'yoriy hujjatdir. 
Jamoa shartnomalari va kelishuvlari xodimlar bilan ish beruvchilarning mehnatga oid 
munosabatlarini shartnoma asosida tartibga solishga va ularning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini 
muvofiqlashtirishga yordam berish maqsadida tuziladi. 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling