1 2-mavzu. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari
Mehnat xavfsizligi standartlar tizimi
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida»
2.2.Mehnat xavfsizligi standartlar tizimi.
Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi (MXST) bu o’zaro bog’liq standartlar to’plamidan iborat bo’lib, ular uch guruhga bo’linadi va quyidagilarni belgilaydi: > Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillariga doir umumiy talablar hamda me’yorlar; > Ishlab chiqarish jarayonlariga doir xavfsizlikning umumiy talablari; > Ishlovchilarni himoyalash vositalariga doir talablar; > Mehnat xavfsizligini baholash uslubi. «O’zstandart» davlat agentligi standartlarning amal qilish vaqtini besh yil muddatga belgilaydi va ushbu muddat o’tgandan so’ng ular yangilanadi va qayta ko’rib chiqiladi. MXST standartlari umumdavlat, tarmoq, respublika miqyosida bo’lishi mumkin. Ushbu standartlarga ko’rsatilgan talablar va qoidalarni barcha vazirliklar, idoralar, xo’jalik va muassasalar bajarishga majbur. Ularga amal qilmaganlar qonun yo’li bilan jazolanadilar. MXST faoliyat turlaridan kelib chiqqan holda xavfsizlikning talablari, me’yorlari va qoidalaridan iborat bo’lib, ish jarayonida xavfsizlikni ta’minlash hamda kishilarning ish qobiliyatini va sog’lig’ini saqlashga yo’naltirilgan tizimdir. Tizim shuningdek, umumdavlat, tarmoq va korxonalar standartlarini o’z ichiga oladi. Asos bo’ladigan davlat standartlar tizimida atamalar ta’rifi va tushunchalar berilgan bo’lib, mehnatni muhofaza qilishda: o ishlab chiqarishdagi hisobga olinadigan zararli omillarning tasnifi; o ishlab chiqarish uskunalari va jarayonlaridagi himoyalanish vositalari tasnifi; o bino va inshootlarga qo’yiladigan xavfsizlik talablari me’yorlari bayon etilgan. MXSTning mazmuni, tizimi va vazifasi, shuningdek tuzilishi, standartlar mazmuni va kelishuvi rOCT 12.0.001.82da ifodalangan bo’lib, bunda: > birinchi ikki son (12) shu rOCTni MXST ga qarashli ekanligini; > uchinchi son (0) — tizim «ost» (tarmoq) shifrini; > keyingi uch son (001) — «ost»( tarmoq) tizim standartining tartib raqamini; > va oxirgi ikki son (82) — standartning ro’yxatga olingan yilini ko’rsatadi. Ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan turli xususyatli noqulay xavli va zarali omillarning inson sog’ligiga salbiy ta’siri hisobga olinib MXST quyidagi guro’hlarda o’z ifodasini topgan: > Birinchi guro’hdagi MXST-rOCT 12.1.008-76-«Biologik xavfsizlik»; > Ikkinchi guro’hdagi MXST-rOCT 12.2.019-86- «Qishloq xo’jaligi traktorlari va uziyurar mashinalarga qo’yiladigan xavfsizlik»; > Uchunchi guro’hdagi MXST-rOCT 12.3.00275-«Ishlab chiqarish jarayonlari, texnologik jaranyonlarga, ish joylari va maydonlariga, ishchi o’rinlarini tashkil qilishga qo’yiladigan xavfsizlik talablarini»; > To’rtinchi guro’hdagi MXST- rOCT 12.4.024-76-«Ishchilarni xavfli omillardan himoyalash chora va vositalari». > Beshinchi guro’h standartlari xavfsizlik talablarini nazorat qilish usullarini, injener tarmoqlarining tuzilishini, inshoot va binolardan foydalanish va ta’mirlanishni, qurilish jarayonlarida xafsizlikni ta’minlashni o’z ichiga oladi. Tarmoq standartlari (TS), umumdavlat standartlari negizida yaratilgan bo’lib, mehnat muhofazasi qoida va me’yorlariga aniqlikni ushbu tarmoq sharoitiga muvofiq kiritadi. Masalan, tarmoq standard TS 46.0.12682. «Qishloq xo’jaligida mehnatni muhofaza qilish bo’yicha o’qitishlarni tashkil qilish»ning yagona tartibini o’rnatadi. 8 Hamma standart va qo’llanmalar fan va texnikaning eng yangi yutuqlariga asoslangan holda o’zgartirishlar kiritish maqsadida har besh yilda qaytadan ko’rib chiqilishi shart. 2.3.Mehnat xavfsizligi bo’yicha qoida va talablarni buzuvchi shaxslar javobgarligi Davlat qonunchiligi mehnat muhofazasi qoida va me’yorlarining buzilishi uchun qat’iy javobgarlik belgilaydi. Baxtsiz hodisaning og’ir-yengillik darajasiga qarab javobgarlikni biror turi qo’llaniladi. Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni buzganlik uchun javobgarlik «Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida»gi qonunning, quyidagi moddalarida o’z aksini topgan. 25-modda. Mehnatni muhofaza qilishga doir talablar ta’minlanmagani uchun korxonalarning javobgarligi Korxonalar mehnatni muhofaza qilishga doir talablar ta’minlanmaganligi uchun ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan ijtimoiy sug’urta qilish maqsadlariga oshirilgan tariflar bo ’yicha mablag’lar ajratadilar. Tariflar mehnat sharoiti, bajariladigan ishlar xavfliligi, zararliligi va og’irligiga bog’liq holda vaqti-vaqti bilan qayta ko’rib chiqiladi. O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining mehnat sharoitlari davlat ekspertizasi bergan xulosa tariflarni qayta ko’rib chiqish uchun asos hisoblanadi. (25-moddaga O’zbekiston Respublikasining 12.05.2001y. 220- II -son Qonuniga muvofiq o ’zgartishlar kiritilgan) Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling