1 2-mavzu. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari


-modda. Xodimning hayoti va sog’lig’iga yetkazilgan zararning o’rnini yuridik shaxs


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/32
Sana29.03.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1308764
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
 
34-modda. Xodimning hayoti va sog’lig’iga yetkazilgan zararning o’rnini yuridik shaxs 
qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda qoplash 
Xodimning hayoti va sog’lig’iga yetkazilgan zarar uchun belgilangan tartibda javobgar deb 
topilgan yuridik shaxs qayta tashkil etilgan taqdirda zararning o’rnini qoplash bo’yicha tegishli 
to’lovlarni to’lash majburiyati uning huquqiy vorisi zimmasida bo’ladi. Zararning o’rnini qoplash 
to’g’risidagi talablar ham unga taqdim etiladi. 
Xodimning mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog’liq holda hayoti va sog’lig’iga 
yetkazilgan zarar uchun javobgar bo’lgan, qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsning mablag’lari 
mavjud bo’lmagan yoki yetarli bo’lmagan taqdirda tegishli summalar qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda davlat tomonidan to’lanadi. Mazkur summalar qonunda nazarda tutilgan 
boshqa hollarda ham davlat tomonidan to’lanadi. 
Xodimning hayoti va sog’lig’iga yetkazilgan zarar uchun belgilangan tartibda javobgar deb 
topilgan yuridik shaxs tugatilgan taqdirda tegishli to’lovlar ularni jabrlanuvchiga to’lash uchun 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kapitallashtirilishi kerak. 
Tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki mavjud bo’lmaganligi yoki yetarli 
bo’lmaganligi sababli to’lovlarni kapitallashtirish mumkin bo’lmagan hollarda tegishli summalar 
jabrlanuvchiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat tomonidan to’lanadi.   
Xodim vafot etgan hollarda, ish bilan ta’minlovchi marhumning qaramog’ida bo’lgan 
mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga, shuningdek o’n olti yoshga to’lmagan yoki vafot etgan kunga 
qadar undan ta’minot olish huquqiga ega bo’lgan shaxslarga, marhumning vafotidan keyin 
tug’ilgan farzandiga, shuningdek ota-onasiga, umr yo’ldoshiga yoki oilaning boshqa a’zosiga, agar 
u ishlamasdan marhumning uch yoshga etmagan bolalari yoki nevaralarining parvarishi bilan band 
bo’lsa, zararni to’lash mehnat kodeksining 194-moddasi talablari asosida amalga oshiriladi: 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling