1 2-mavzu. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari
-modda. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni hisobga olib borish va tekshirish
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
222-modda. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni hisobga olib borish va tekshirish Ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni o’z vaqtida tekshirishi va hisobga olib borishi shart. Jabrlanuvchining talabiga binoan tekshiruv tugagan kundan e’tiboran uzog’i bilan uch kun ichida ish beruvchi shu baxtsiz hodisa to’g’risida dalolatnoma berishi shart. belgilangan talablari asosida hisobga olinadi va tekshiriladi. Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisa deb yuritiladigan barcha turdagi jarohatlanish, shikastlanish, zaharlanish va o’lim holatlarini tekshirish va hisobga olish Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog’liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to’g’risida”gi Nizom talablariga asosan olib boriladi. Ishlab chiqarish jarayonida, korxona va tashkilotlar hududida sodir bo’lgan tabiiy o’lim, o’zini o’zi o’ldirish, jabrlanuvchining o’z salomatligiga qasddan shikast yetkazishi, shuningdek, jabrlanuvchining jinoyat sodir qilish chog’ida shikastlanishi holatlari (sud tibbiy ekspertiza xulosasi yoki tergov organlarining ma’lumotlariga ko’ra) tekshirilmaydi va hisobga olinmaydi. Tekshirish va hisobga olishga korxonada va uning tashqarisida ish vaqtida yuz bergan quyidagi baxtsiz hodisalar kiradi: jarohatlanish; zaharlanish; 18 kuyish; cho’kish; elektr toki va yashin urishi; o’ta issiq yoki o’ta sovuq harorat ta’siri; portlash, falokat, imoratlar, inshootlar va konstruktsiyalarning buzilishi natijasida hamda sudralib yuruvchilar, hayvonlar va hasharotlar tomonidan jarohatlanishlar; tabiiy ofatlar (yer qimirlashi, o’pirilishlar, suv toshqini, to’fon va boshqalar) natijasida salomatlikning boshqa xil zararlanishlari; kasb kasalliklari (sog’liqni saqlash vazirligi o’rnatgan va tasdiqlagan ko’rsatmalar bilan tekshiriladi); agar mehnat qobiliyatini 1 ish kunidan kam bo’lmagan holda yo’qotilsa H-1 shakldagi dalolatnoma 4 nusxada to’ldiriladi va bu dalolatnomaning bir nusxasi tekshiruv materallari bilan birgalikda 45 yil arxivda saqlanadi); ish bilan ta’minlovchi topshiriq bermagan bo’lsa ham, lekin korxona manfaatlarini ko’zlab qandaydir ishni amalga oshirayotganda; avtomobil, temir yo’l, havo yo’llari, dengiz va daryo transportida, elektr transportida yo’l harakati hodisasi natijasida; korxona transportida yoki, shartnomaga muvofiq o’zga tashkilot transportida ishga ketayotgan yoki ishdan qaytayotganda; ish vaqtida shaxsiy transportda, uni xizmatga oid safarlarda ishlatish huquqi berilganlik haqida ish beruvchi farmoyishi bor bo’lganda; shanbalik (yakshanbalik) o’tkazilayotganida, qayerda bo’lishidan qat’iy nazar, korxonalarga otaliq yordami ko’rsatilayotganda; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa natijasida xodimning mehnat qobilyati tibbiy xulosaga muvofiq kamida bir kunga yo’qotilsa. Ish bilan ta’minlovchi jabrlanuvchiga yoki uning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxsga davlat tilida yoki boshqa maqbul tilda rasmiylashtirilgan baxtsiz hodisa to’g’risidagi H-1 shakldagi dalolatnomaning bir nusxasisni taqdim etadi. Kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki korxona xodimlarining boshqa vakillik organi 10 kun muddat ichida baxtsiz hodisaning kelib chiqishi sabablarini o’rganib chiqadi, mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlari, mehnat xavfsizligi andozalari buzilishini aniqlaydi, zarur deb hisoblasa, ish beruvchidan H-1 shaklidagi dalolatnomani tuzishni yoki qayta tuzishni talab qiladi. Ish beruvchi bu talablarni bajarmasa, korxona kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki boshqa vakillik organi, shuningdek jabrlanuvchi yoki boshqa manfaatdor shaxs davlat mehnat texnika nazoratchisiga murojaat qiladi. Ishlab chiqarish jarayonida sodir bo’lgan quyidagi baxtsiz hodisalar bo’yicha maxsus tekshirish olib boriladi: bir vaqtning o’zida ikki va undan ko’p xodimlar bilan yuz bergan guruhiy baxtsiz hodisalar; o’lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar; oqibati og’ir baxtsiz hodisalar. Guruhiy o’lim bilan tugagan yoki oqibati og’ir baxtsiz hodisa to’g’risida ish bilan ta’minlovchi darhol keltirilgan sxemaga binoan quyidagilarga: Davlat mehnat texnika nazoratchisiga; mutasaddi xo’jalik organiga; Qoraqalpog’iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga; viloyat va shahar Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmasiga; baxtsiz hodisa yuz bergan joydagi prokuraturaga; baxtsiz hodisaga uchragan xodimni yuborgan tashkilotga; 19 O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga; «O’zsanoatkontexnazorat» Davlat qo’mitasining mahalliy organiga va agar baxtsiz hodisa nazorat ostidagi korxonada yuz bergan bo’lsa, viloyat kasaba uyushmalari kengashiga xabar berishi kerak. Jarohatlanganlarga korxona tomonidan to’lanadigan pulning miqdori jabrlangan odamning o’rtacha oylik ish haqiga bog’liq, uni kasbiy qobiliyatini yo’qotganlik darajasi tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi (TMEK) va kasaba uyushmasi qoshidagi mehnatni muhofaza qilish komissiyasi xulosasini hisobga olgan holda ma’muriyat tomonidan belgilanadi. Faoliyat bilan bog’liq kasallik tufayli, belgilangan nogironlik nafaqasining miqdori mehnat kodeksining 34- moddasi talablari asosida amalga oshiriladi: Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling