(Ozbekiston respublikasi MK).
186-
modda. Moddiy javobgarlikning yuzaga kelishi shartlari
Mehnat shartnomasining bir tarafi o ’zining g ’ayrihuquqiy, aybli xulq-atvori (harakati yoki
harakatsizligi) natijasida boshqa tarafga etkazgan zarari uchun, basharti ushbu Kodeksda
boshqacha holat nazarda tutilmagan bo ’lsa, moddiy javobgar bo ’ladi.
Taraflarning har biri o ’ziga etkazilgan moddiy zararning miqdorini isbotlab berishi shart.
(Ozbekiston respublikasi MK).
Zararni qoplash ma’muriyatning buyrug’ bilan xodimdan yozma rozilik olingan holda ish
haqidan ushlab qolish yo’li bilan amalga oshiriladi. Yozma rozilik bo’lmagan yoki xodim rozilik
bermagan taqdirda ish haqidan ushlab qolinmaydi va zararni qoplash masalasi ma’muriyatning
arizasiga ko’ra hokimiyat xalq sudi tomonidan hal qilinadi.
2.4.Mehnatni muhofaza qilish qonunlariga rioya qilishda davlat, muassasa va jamoa nazorati.
Mehnatni muhofaza qilishning holati ustidan davlat nazorati va tekshiruvini davlat organlari
mehnat kodeksining 223-moddasida belgilangan talab asosida amalga oshiradi.
223-m o d d a. Mehnatni muhofaza qilishning holati ustidan nazorat qilish va tekshiruv
o’tkazish
Mehnatni muhofaza qilishning holati ustidan davlat nazorati va tekshiruvini davlat organlari
amalga oshiradilar.
Mehnatni muhofaza qilishning me’yor va qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoat
tekshiruvini kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari amalga oshiradilar.
(Ozbekiston respublikasi MK).
«Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida»gi qonunning mehnatni muhofaza qilishga doir
qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazorati
vakolatlari quyidagi moddalar asosida amalga oshiriladi:
22-
modda. Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga
Do'stlaringiz bilan baham: |