1. 6-sinf Tarix darsligi muallifi kim?
Download 340.5 Kb.
|
6-sinf tarix mavzuviy test
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rim respublikasining qulashi .
- Rim imperiyasining yemirilishi .
- Qadimgi Rim madaniyati .
Qullar va gladiatorlar . 1.Zafarli yurishlar natijasida Rimda qullar…….? A) ko’payib ketdi B)barcha ishlarni qullar bajargan S) quldorning ixtiyoridagi bir buyumdek edi D) barcha javoblar to’gri 2.Qullar mehnati quldorlar uchun foydali bo’lmay qolgan vaqtdan Rim quldorlari qullarga qanday munosabatda bo’la boshladi ? A) qullarni yer ijarachilariga aylantira boshladi B) qullarni qatl qila boshladi S) qullarni ozod qila boshladi D) qullarni sotib yubora boshladi 3.Kolonlar kimlar ? A) jangchilar B) qullar S) mayday yer ijarachilari D) tomasha uchun jang ko’rsattuvchilar 4.Quldorlar tomonidan kichik yer,mehnat qurollari,urug’ bilan ta’minlangan,oila va turar joy qurish uchun ruxsat berilgan qullar Rimda nima deyilgan ? A) ozod qullar B) kulbali qullar S) kambag’al qullar D) qarzdor qullar 5. Rimliklarning sevimli tomoshasi nima edi ? A) Gladiatorlar jangi B) teatr tomoshasi S) hayvonlarni urushtirish D) jang aravalari poygasi 6.Rimda gladiatorlarning aksariyati kimlardan tashkil topgan edi ? A) qullardan B) jinoyatchilardan S) harbiy jangchilardan D) A va B 7. Olishuvda qatnashgan gladiatorning hayot-mamoti kimga bo’g’liq edi ? A) gladiyator xo’jayiniga B) tomoshabinga S) podshoga D) gladiatorning raqibiga 8.Kolizey amfiteatriga qancha tomoshabin joylashgan ? A) 20 ming B) 30 ming S) 40 ming D) 50 ming 9.Amfiteatr nima ? A) ulkan tosh stadion B) podsho saroyi S) tomosha sahnasi D) harbiy mashq joyi 10.Changak nima ? A) ilgakli qilich B) uch ayrili nayza S) qilichdan himoya qiluvchi qalqon D) jangavor arava 11.Rimda Spartak boshchiligidagi qullar qo’zg’aloni qachon boshlangan ? A) mil avv 71-yilda B) mil avv 72-yilda S) mil avv 73-yilda D) mil avv 74-yilda 12.Spartak nima sababdan qulga aylanib qolgan edi ? A) Rim armiyasida xizmat qilishdan bosh tortgani uchun B) zodagon quldorni o’ldirgani uchun S) Imperator sha’niga yomon gap aytgani uchun D) jang maydonidan qochgani uchun 13. Spartak 200 ga yaqin tarafdori bilan qayerga o’rnashib oladi ? A) Imperator saroyiga B) Vezuviy tog’idagi qoyaga S) Sitsiliya oroliga D) Kolizey amfiteatriga 14.Spartakka qarshi ikkinchi marta kelgan ko’p sonli qo’shin sarkardasi kim edi ? A) Mark Krass B) Antoniy S) Yuliy Sezar D) Oktavian Avgust 15.Spartak va Rim askarlari o’rtasidagi xal qiluvchi jang qaysi yili bo’ldi ? A) mil avv 71-yilda B) mil avv 72-yilda S) mil avv 73-yilda D) mil avv 74-yilda 16.Hal qiluvchi jangda Spartak……? A) uning lashkarlari mag’lub bo’ldi B) Spartakning o’zi halok bo’ldi S)asir tushgan Spartak askarlarining 6 mingdan ortig’i Rim-Kapuya oralig’idagi yo’l bo’ylaridagi xochlarga mixlab tashlandi D) barcha javoblar to’g’ri
1.Rimda qaysi davrdan boshlab yollanma kuchiga tayanuchi harbiy boshliqlar real kuchga aylandi? A) mil avv I asrda B) mil avv II asrda S) mil avv III asrda D) mil avv IV asrda 2.Spartak qo’zg’aloni bostirilgandan so’ng kimlar o’rtasida hokimyat uchun kurash boshlanib ketdi ? A) Sezar va Oktavian o’rtasida B) Sezar va Brut o’rtasida S) Krass va Pompey o’rtasida D) Oktavian va Krass o’rtasida 3.Aynan shu davrda Rim imperiyasi olib borayotgan urushlardan birida qaysi sarkarda halok bo’ldi ? A) Krass B) Pompey S) Sezar D) Oktavian 4. Sezarning nufuzi va obro’si oshishiga nima sabab bo’ldi ? A) Galiyadagi g’alabali urushlar B) ajoyib sarkarda bo’lgani uchun S) Imperator bo’lgani uchun D) Senatni cheklab qo’ygach 5.Sezar qaysi yili Galiyadagi urushda g’alaba qozondi ? A) mil avv 49-yilda B) mil avv 48-yilda S) mil avv 47-yilda D) mil avv 46-yilda 6.Sezar fitnachilar tomonidan qaysi yili o’ldirildi ? A) mil avv 49-yilda B) mil avv 48-yilda S) mil avv 47-yilda D) mil avv 44-yilda 7.Sezarga fitna uyushtirishga boshchilik qilgan Sezarning yaqin do’stlaridan biri kim edi ? A) Krass B) Brut S) Pompey D) Oktavian 8.Sezarning o’rniga kim imperator bo’ldi ? A) Oktavian B) Pompey S) Brut D) Krass 9.Sezar nima uchun o’ldirildi ? A)Senatni avvalgi mavqeini tiklash uchun B)Sezarning hohishi Rim xalqi uchun qonunga aylanib qolgani uchun D) kambag’allarga yondoshgani uchun D) A va B 10.Sezar o’ldirilgandan so’ng kim respublikani qayta tiklashga urinib ko’rdi ? A) Oktavian B) Pompey S) Brut D) Krass 11.Nima sababdan senatorlar respublika tartibotini tiklashni istamadilar ? A) ularning ko’pchiligi boyliklarini Sezar hukmdorligi davrida qo’lga kiritgan edilar B) Brut raspublikani tiklasa senatorlar amldan tushib qolishidan qo’rqqanlari uchun S) yana qaytadan urush bo’lmasligi uchun D) to’g’ri javob yo’q 12.Oktavian , Sezarga kim edi ? A) asrab olgan o’g’li B) ukasi S) akasi D) jiyani 13Oktavian ,Mark Antoniy bilan itifoq tuzgach Mark Antoniy Rim davlatining qaysi qismini boshqarishni o’z qo’liga oldi ? A)G’arbiy qismini B) sharqiy qismini S) barcha qismini D) shimoliy qismini 14.Oktavian , Mark Antoniy bilan itifoq tuzgach Oktavian Rim davlatining qaysi qismini boshqarishni o’z qo’liga oldi ? A)g’arbiy qismini B) sharqiy qismini S) barcha qismini D) shimoliy qismini 15.Misr malikasi Kleotpatraga uylangan Antoniy unga nima sovg’a qilgan ? A) Rim askarlarini B) harbiy dubulg’asini S) Rimning sharqiy viloyatlarini D) A va B 16.Antoniyning sovg’asidan norozi bo’lgan Oktavian qaysi yili uning floti bilan jang qildi ? A) mil avv 31-yilda B) mil avv 32-yilda S) mil avv 33-yilda D) mil avv 34-yilda 17.Oktavian va Antoniy flotlari o’rtasidagi jangning natijasi nima bilan tugadi ? A)Kleopatra va Antoniy Aleksandriya shahriga qochdi va o’sha yerda o’zlarini o’zlari o’ldirdilar B) Armiya va flot Oktavianga taslim bo’ldi S)Misr Rim imperiyasi provinsiyasiga(viloyatiga) aylandi D)barcha javoblar to’g’ri 18. Oktavian Avgust qaysi yili vafot etdi ? A) milodiy 14-yilda B) milodiy 30-yildl S) milodiy 16-yilda D) milodiy 17-yilda 19.Rim imperiyasining asoschisi kim edi ? A) Oktavian B) Pompey S) Brut D) Krass 20.Oktavianning vorislari Kaligula va Neron hukmdorligi davrida Rim davlati…..? A) Gullab yashnadi B) Inqirozga yuz tuta boshladi S) Rim davlati barbod bo’ldi D) A va S 21.Rimning kuch qudrati qaysi davrga kelib qayta tiklandi ? A)milodiy I asrning boshlarida B) milodiy II asrning o’rtalarida S) milodiy III asrda D) milodiy II asr boshida 22.Rim davlati o’z kuch qudratini qayta tiklagan davr tarixga qanday nom bilan kirgan ? A) Oltin asr B) o’sish davri S) buyuk rivojlanish D) oltin rivojlanish 23.Milodiy 98-yilda Rim imperiyasi taxtiga kim o’tirdi ? A) Trayan B) Pompey S) Brut D) Krass 24.QAysi Rim imperatori Dunay daryosi bo’ylarida yashovchi daklar bilan urushlar olib brogan ? A) Oktavian B) Pompey S) Trayan D) Krass
1.Rimning qaysi iperatori davrida davlat poytaxti Vizantiy shahri deb e’lon qilindi ? A) Oktavian B) Sezar S) Konstantin D) Trayan 2.Rim davlati poytaxti qaysi yilda Vizantiyga ko’chirildi ? A) milodiy 330-yilda B) milodiy 335-yilda S) milodiy 337-yilda D) milodiy 340-yilda 3.Rim davlati poytaxti Vizantiy qanday nom bilan ataladigan bo’ldi ? A) Vizantiya B) Italiya S) Apennin D) Konstantinopol 4.Qaysi imperator o’limidan so’ng Rim imperiyasi g’arbiy va sharqiy qismlarga ajraldi ? A) Oktavian B) Feodesiy S) Konstantin D) Trayan 5.Rim imperiyasi qaysi yili ikkiga taqsimlandi ? A) milodiy 385-yilda B) milodiy 395-yilda S) milodiy 397-yilda D) milodiy 398-yilda 6.Ikkiga ajralgan Rim imperiyasining qaysi qismida imperatorning yagona hokimyati saqlanib qoldi ? A) sharqiy Rim imperiyasida B) G’arbiy Rim imperiyasida S) Imperiyaning har ikki qismida yagona xokimyat saqlanib qoldi D) har ikki qismi xam alohida davlatlarga parchalana boshladi 7. Ikkiga ajralgan Rim imperiyasining qaysi qismi alohida davlatlarga parchalana boshladi ? A) sharqiy Rim imperiyasida B) Garbiy Rim imperiyasida S) Imperiyaning har ikki qismida yagona xokimyat saqlanib qoldi D) Har ikki qismi xam alohida davlatlarga parchalana boshladi 8.Qaysi davrga kelib Rim imperiyasining kuch-qudrati zaiflasha boshladi ? A)Milodiy I asrda B) Milodiy II asrda S) Milodiy III asrda D) Milodiy IV asrda 9.Qaysi imperator davridan boshlab Rim imperiyasi bosqinchilik urushlari olib bormagan ? A) Oktavian B) Sezar S) Konstantin D) Trayan 10.Rim imperiyasining kuch-qudrati zaiflash boshlagan davrda,imperiyaning shimoliy-g’arb tarafida paydo bo’lgan ko’chmanchi qabilalarni rimliklar qanday nom bilan atshgan ? A) saklar B) xunlar S) varvarlar D) vandallar 11.Rimliklar qanday xalqlarni varvarlar deb atashgan ? A) tillari tushunarli bo’lmagan barcha qabila va xalqlarni B) madaniy tarqqiyotning ancha quyi pog’onasida turuvchi xalqlarni S) dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi xalqlarni D) chorvachilik bilan shug’ullanuvchi xalqlarni 12. Yunonlar qanday xalqlarni varvarlar deb atashgan ? A) tillari tushunarli bo’lmagan barcha qabila va xalqlarni B) madaniy tarqqiyotning ancha quyi pog’onasida turuvchi xalqlarni S) dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi xalqlarni D) chorvachilik bilan shug’ullanuvchi xalqlarni 13.Milodiy 410-yilda Alarix boshchiligida Rimni qurshab olgan qabilaning nomi qaysi javobda berilgan ? A) gotlar B) vandallar S) varvarlar D) xunlar 14. Rim shahri darvozasini Alarix boshchiligidagi dushmanlarga kimlar ochib bergan edi ? A)Dehqonlar B) Rim aslzodalari S) qullar D) Rim askarlari 15.Gotlar Rim shahrini necha kun taladilar ? A) 2 kun B) 3 kun S) 4 kun D) 5 kun 16. Rimliklar Rim shahrini qanday nom bilan atashgan ? A) obod shahar B) boqiy shahar S) qudratli o’lka D) A va S 17.Varvarlardan so’ng Rim imperiyasiga qaysi qabilalar hujum qila boshladi ? A) gotlar B) vandallar S) varvarlar D) xunnlar 18.Attilla boshchiligidagi xun qabilalari qaysi yili Italiyaga bostirib kirdilar ? A) milodiy 452-yilda B) milodiy 455-yilda S) milodiy 460-yilda D) milodiy 465-yilda 19.Rimga Germanlarning vandal qabilalari qaysi yili hujum qildi ? A) milodiy 452-yilda B) milodiy 455-yilda S) milodiy 460-yilda D) milodiy 465-yilda 20.Rimning so’ngi imperatori kim edi ? A) Trayan B) Romul S) Konstantin D) Fodessy 21.Imperator saroyi qo’riqchilari qo’mondoni tomonidan Rimning so’ngi imperatori qaysi yili saroydan xaydab yuborildi ? A) milodiy 466-yilda B) milodiy 476-yilda S) milodiy 486-yilda D) milodiy 496-yilda 22.Milodiy 476-yildan……………..? A)G’arbiy Rim imperiyasi quladi B) Qadimgi dunyo tarixi yakunlandi S) O’rta asrlar tarixi boshlandi D) javoblarning barchasi to’gri Qadimgi Rim madaniyati . 1.Rimda qurilgan “termalar” nima ? A) bo’g B) hammom S) muzey D) teatr 2.Rimda bolalarning maktabda ta’lim olishi nimaga bog’liq bo’lgan ? A) bolaning bilimiga B) o’qituvchining roziligiga S) ota-onaning taxsil olish uchun haq to’lash imkoniyatiga D) ) diniy mansubligiga 3.Nima sababdan kambag’al Rimliklarning bolalari maktabda o’qimas edilar ? A) xo’jalik ishlarida ota-onalariga yordam berganliklari sababli B) o’qish uchun oilada mablag’ kamligi tufayli S) maktabda o’qish kam’bag’allar bolalariga taqiqlangani uchun D) A,B 4.Rimda badavlat xonadonlarning bolalari necha yoshdan maktabga qatnagan ? A) 6 yoshdan B) 7 yoshdan S) 8 yoshdan D) 9 yoshdan 5.Stil nima ? A) harbiy qurol nayza B) Rim shahri darvozasi S) mum bilan qoplangan taxtachaga yozish uchun mo’ljallangan temir tayoqcha D) to’g’ri javob yo’q 6. Rimda siyosiy arbob bo’lishni istagan kishi nimani o’zlashtirishlari kerak bo’lgan ? A) notiqlikni B) ritorika S) geografiyani D) A va B 7.”Barcha yo’llar Rimga boradi” ushbu maqol Rimda qaysi davrda vujudga kelgan ? A)Milodiy I asrda B) Milodiy II asrda S) Milodiy III asrda D) Milodiy IV asrda 8.Rimda Panteon qanday ibodatxona bo’lgan ? A) Rim sarkardalari ibodatxonasi B) Imperatorlar ibodatxonasi S)barcha fuqarolar uchun mo’ljallangan-barcha xudolar ibodatxonasi D) to’g’ri javob yo’q 9.Quydagilardan qaysi biri Rim tarixchilari hisoblangan ? A) Tit Liviy B) Tatsit , Plutarx S) Gerodot, Polien D) A va B 10.Rimda qanday qurilish materiali ixtiro qilingach, binolar shifti gumbaz shaklida ustunlarsiz qurila boshlandi A) beton ixtiro qilingach B) ohak ixtiro qilingach S) temir ustunlar ixtiro qilingach D) to’g’ri javob yo’q 11.Iso payg’ambar Osiyo va Falastin yerlarining qaysi shahrida dunyoga keldi ? A) Bobilda B) Vifleemda S) Konstantinopolda D) Memfisda 12.Duradgor Iosif va uning rafiqasi Mariya xonadonida tug’ilgan Iso qanday nom olgan edi ? A) sehrli bola B) xudoning o’g’li S) mo’jizakor bola D) xudoning elchisi 13.Iso necha yoshida targ’ibot boshlagan? A) 20 yoshida B) 25 yoshida S) 30 yoshida D) 35 yoshida 14.Iso necha nafar havoriylar ( apostollar) soni necta bo’lgan? A) 6 nafar B) 8 nafar S) 12 nafar D) 15 nafar 15.Isoni o’lim jazosiga mahkum etilganini tasdiqlagan Rim noibi kim edi ? A) Pontiy Pilat B) Rim imperatori Romul S) cho’qintiruvchi Ioann D) Imperator Konstantin 16.Iso payg’ambarni qayerda qatl qilishgan edi ? A) Golgof tog’ida B) Alp tog’da S) Imperator saroyida D) qishloq markazida 17.Iso payg’ambar haqidagi rivoyatlar qaysi kitobda yozilgan ? A) Injilda B) Tavrotda S) Avestoda D) Biblyada 18. Yevangeliya qaysi kitobning nomi ? A) Tavrotni B) Avestoni S) Injilni D) Biblyani 19.Asoschisi Iso payg’ambar hisoblangan Xristianlik dini qachon vujudga kelgan ? A)Milodiy I asrda B) Milodiy II asrda S) Milodiy III asrda D) Milodiy IV asrda 20.Rim imperatori Konstantin qaysi yili xristianlik dinini boshqa dinlar bilan teng deb e’lon qilingan farmon chiqargan ? A) milodiy 313-yilda B) milodiy 315-yilda S) milodiy 320-yilda D) milodiy 325-yilda 21.Rivoyatlarga ko’ra qaysi Rim imperatori o’z askarlari qalqonlariga Xristianlik dini ramzini chizishga buyurgan va urushda g’alabaga erishgan ? A) Oktavian B) Feodesiy S) Konstantin D) Trayan Download 340.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling