1-7 Yongir o'chirish 2019. p65


Download 385.22 Kb.
bet19/19
Sana20.06.2023
Hajmi385.22 Kb.
#1627529
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
1-7 Yongir o\'chirish 2019

ax va a2 tortilish burchaklari yong‘in o‘chirish avtomobilining qisqa do‘nglik va nishabli to‘siqlardan o‘tish ehtimoliga ta’sir qiladi. ax va a2 qancha katta bo‘lsa, yong‘in o‘chirish avtomobili kirish va chiqishda notekisliklarga tegmasdan o‘tishi mumkin bo‘lgan qisqa notekisliklar tikligi shuncha katta.
Rt o‘tishning bo‘ylama radiusi yong‘in o‘chirish avtomobili o‘rta qismda joylashgan pastki nuqtaga tegmagan holda ko‘ndalang o‘tishi mumkin bo‘lgan segment to‘siq radiusiga teng (avtomobil transport vositasining L bazasiga teng yoy bilan). R, qancha kichik bo‘lsa, yong‘in o‘chirish avtomobilining o‘tishi shuncha baland, ya’ni do‘nglik to‘siqlari bo‘lganjoydan o‘tish qobiliyati (uymalar).
R o‘tishning ko‘ndalang radiusi yong‘in o‘chirish avtomobili g‘ildiraklar o‘rtasida joylashgan o‘rta nuqtaga tegmay, yonidan o‘tishi mumkin bo‘lgan segment to‘siqning (avtomobil transport vositasi bazasiga teng yoy) radiusiga teng. R2 qancha kichik bo‘lsa, yong‘in o‘chirish avtomobilining uymalardan o‘tishi shuncha yaxshi.
Uzun o‘lchamli yong‘in o‘chirish avtomobillarining profil o‘tuvchanligiga (avtonarvon, avtoko‘targich) tashqi o‘lchamlar (gabarit) o‘rtasidagi munosabat ta’sir qiladi: Lg uzunlik, Ng balandlik va Vg kenglik. N balandlik va L uzunlik o‘rtasidagi nisbat ko‘prik yoki estakada ostidan o‘tishni aniqlaydi (7.14-rasm).



    1. rasm. Yong‘in o‘chirish avtomobili tashqi o‘lchamlarining
      uning bo‘ylama o‘tuvchanligiga ta’siri


Yong‘in o‘chirish avtomobilining ko‘prik ostidan o‘tishini aniqlashda avtomobilning butun L uzunligida H < N ta’minlanishiga ishonch hosil qilish kerak, chunki botiq yo‘f va katta uzunlikda Lg o‘tish imkonini beradigan balandlik kamayadi (7.14-rasm).
Tayanch-tortish o‘tuvchanlik ko‘rsatkichlari:

  • tortishning maksimal kuchi R, ;

к max7

  • maksimal dinamik omil Dmax;

  • shinalarning yo‘l bilan ilashish koeffitsienti p;

  • yurituvchi g‘ildiraklarga yuklanish (ulanish vazni) Gv;

  • g‘ildiraklarning yo‘lga bosimi r.

Yong‘in o‘chirish avtomobilining o‘tuvchanligini oshirish uchun Dmax va Ф ni oshirish kerak (7.1-rasm). Yong‘in o‘chirish avtomobilining ulanish vaznini yurituvchi g‘ildiraklar sonini oshirib (to‘liq uzatmali bazaviy shassidan foydalanish) yoki yong‘in o‘chirish avtomobillarining vazn markazini yurituvchi ko‘prik tomonga siljitib oshirish mumkin.
Yong‘in o‘chirish avtomobilining yumshoq qoplamali yo‘llardan o‘tishining tayanch-tortish asosiy ko‘rsatkichlari g‘ildiraklarning yo‘lga bosimi hisoblanadi:
p =(R„ /S. )10-3, (7.69)
bu yerda Rn — g‘ildirak qabul qiladigan yuklanish, N; Sn — g‘ildirakning yo‘l bilan tutashadigan qism maydoni, m2.
Zamonaviy yong‘in o‘chirish avtomobillarining p bosimi yumshoq tuproqda harakatlanishda 50 kPa (0,5 kg/sm2)dan qattiq qoplamali yo‘llarda harakatlanishda

300 kPa (3 kg/sm2) gacha o‘zgartiriladi. Shinalardagi havo bosimi boshqariladigan yong‘in o‘chirish avtomobillari eng yaxshi o‘tuvchanlikga ega. Odatda yong‘in o‘chirish avtomobillarining o‘tuvchanligini yaxshilash uchun bosimni kamaytirish kerak, lekin ba’zi yo‘llarda, aksincha, oshirish lozim.
Shinada xavo bosimining kamaytirilishi shuningdek
ilashish koeffitsientiga ta’sir qiladi (7.1-jadval). Yumshoq tuproqlarda
koeffitsientning kamayishiga odatda p ni kamaytirib erishiladi, ya’ni shinaning yo‘l bilan ilashishini oshirib. Qattiq qoplamali yo‘llarda
koeffitsientni oshirishga (masalan, loy bilan qop- langan asfalt-beton shosse, yoki yo‘lda chuqur bo‘lmagan qor izlari) p oshirib erishiladi.
Buriluvchanlik ko‘rsatkichlari (7.15-rasm):

  • tashki old g‘ildirak RH burilishining minimal radiusi;

  • burilishda A harakat yo‘lining kengligi;

  • yong‘in o‘chirish avtomobili alohida qismlarining tashqi old va ichki orqa g‘ildirak harakat traektoriyasidan maksimal chiqishi (a va b masofa).




    1. rasm. Yakka holdagi avtomobilining
      buriluvchanlik ko‘rsatkichi


Barcha g‘ildiraklari boshqariladigan yong‘in o‘chirish avtomobillari eng buriluvchan hisoblanadi. Tirkama shataklanganda yong‘in o‘chirish avtomobili burilishi yomonlashadi, chunki burilishda harakatlanish A yo‘lining kengligi oshadi.





Download 385.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling