Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti; b)kitob-daftarlar nazorati;d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Tarqatmalar asosida Odil Yoqubov hayoti va ijodi yuzasidan olgan bilimlarni sinash;
2.Odil Yoqubovning “Ulug’bek xazinasi ”asari haqida nimalar ayta olasiz?(suhbat)
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.Mirzo Ulug’bek haqidagi qanday asarlarni bilasiz?
II.Odil Yoqubovning “Ulug’bek xazinasi”asari 1974-yilda yozilgan bo’lib,tarixiy romanlar sirasiga kiradi.Asarda Mirzo Ulug’bek buyuk olim ,adolatli va xalqparvar hukmdor,shogirdlarga haqiqiy ustoz… sifatida talqin etiladi.Asar voqealari ziddiyatlarga va qarama-qarshikliklarga boy.Mana shu ziddiyatlar asosan,Mirzo Ulug’bek va Abdulatif Mirzo ,ya’ni ota va bola orasida taxt muzmmolari asosida vujufga keladi.Mirzo Ulug’bek xalq g’amida ,osoyishtaligi va farovonligi yo’lida qayg’uradi.Ammo Abdulatif atrofidagi Amir Jondor ,Abbos singari g’alamislar singari Abdulatifning taxtga bo’lgan ishtiyoqi yanada ortadi.Ota va o’g’il o’rtasidagi ziddiyatlar kuchayadi.Bundan esa ,albatta,oddiy xalq ozor chekadi.oddiy xalq bilan birga ilm ahli ham ancha ziyon ko’radi.MIrzo Ulug’bek esa mana shundan,ilm ahlidan,shogirdlari taqdiridan,abservatoriyasi ,kitoblari…dan xavotir oladi.Asarda kabi hayotda ham Mirzo Ulug’bekka o’gillaridan ham ko’p uning eng yaqin shogirdi Ali Qushchining himmati va ko’magi ko’p tegadi.U Ali Qushchini “farzandiarjumandim”deb atagan edi…
Do'stlaringiz bilan baham: |