Darsning jihozi:darslik,Bobur siymosi,tarqatmalar,”Boburnoma”asari.
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Tarqatmalar asosida zahiriddin Muhammad bobur hayoti va ijodi yuzasidan savol-javob;
2.Nazm gulshani:Bobur ijodidan yod olingan she’rlar asosida-she’rlar tahlili;
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.Siz Zahiriddin Muhammad Bobur g’azallar g’oyasi ,badiiyati haqida nimalar ayta olasiz?deganda nimani tushunasiz?
II.”Mening ko’nglumki…”g.azalini ifodali o’qish,g’azalni g’oyaviy-badiiy tahlili qilish”
Mening ko’nglumki gulning g’unchasidek tah-batah qondur,
Agar yuz ming bahor o’lsa ochilmog’I ne imkondur…
Bu g’azalda shoir ona Vatan sog’inchi bilan birga yor ishqidagi azobini ham ifodalaydi.Oshiq qalbi gulning g’unchasidek tah-batah qondur,agar g’uncha bir bahor mavsumida gul bo’lb ochilsa,oshiq ko’nglining esa yuz ming bahor bo’lganda ham ochilmog’iga imkon yo’q.Bu g’azalda Bobur Yor timsoli orqali Vatan ishqini nazarda tutadi.
III.Savol-topshiriqlar ustida ishlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |