1. Аgrobiznesni tashkil etish va boshqarish fanining predmeti va vazifalari. Қишлоқ хўжалиги корхоналарини бошқариш тизими
"Tadbirkorlik faoliyatini qoʼllab-kuvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida ”gi Farmoni
Download 33.59 Kb.
|
20."Tadbirkorlik faoliyatini qoʼllab-kuvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida ”gi Farmoni.
Keyingi yillarda respublikada tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish va biznesni yuritish uchun qulay muhit yaratish, tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishning huquqiy kafolatlarini mustahkamlash sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, soliq tizimi tubdan isloh qilindi, ruxsat beruvchi hujjatlarni olish tartibi sezilarli darajada soddalashtirildi, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan rejali tekshirishlar bekor qilindi. 2019-yilning I choragi yakunlari bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga 16,4 trln so‘m hajmda kreditlar ajratildi, iqtisodiyotda investitsiyalarni o‘zlashtirish hajmlari 1,3 baravarga, yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari soni 2,3 baravarga o‘sdi. Shu bilan birga, tahlil hozirgi vaqtda aholini tadbirkorlik faoliyatiga kengroq va faol jalb etishga to‘sqinlik qiluvchi, birinchi navbatda davlat organlarining tadbirkorlar bilan muloqot qilishning amaliy va shaffof tizimi mavjud emasligi bilan bog‘liq bo‘lgan bir qancha salbiy omillar saqlanayotganligini ko‘rsatadi. Xususan: birinchidan, tadbirkorlarni qabul qilish va murojaatlarini ko‘rib chiqishning yagona tizimi mavjud emas, bu esa yuzaga kelayotgan masalalarni to‘liq qamrab olish va tezkorlik bilan hal etish imkonini bermayapti, tadbirkorlarning muammolari va murojaatlarini hal etishga yuzaki munosabatda bo‘lish holatlari mavjud; ikkinchidan, mavjud tizimli muammolarni tahlil qilish bo‘yicha ishlarning samarali amalga oshirilmasligi aholining tadbirkorlik faolligini oshirish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash masalalarini sifatli hal qilish imkonini bermayapti; uchinchidan, tadbirkorlikni rivojlantirishga va qulay investitsiya muhitini shakllantirishga to‘sqinlik qiluvchi muhim muammolarni aniqlash va hal etish bo‘yicha vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirishning ta’sirchan mexanizmi mavjud emas; to‘rtinchidan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari tomonidan tadbirkorlar bilan bevosita muloqot qilishga, shuningdek ularning qonuniy talablarini aniqlash va tezkorlik bilan hal qilishga hamda muammolarni bartaraf etishga yetarlicha e’tibor berilmayapti; beshinchidan, tadbirkorlarning murojaatlari bilan ishlashda, ayniqsa joylarda byurokratik to‘siqlar va g‘ovlar uchrab turibdi, “Har bir oila — tadbirkor” dasturi va tadbirkorlarning kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga yo‘naltirilgan tashabbuslarini o‘z vaqtida amalga oshirish, ushbu jarayonga yoshlar va xotin-qizlarni jalb qilish, barqaror yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi turli toifalarining moddiy farovonligini oshirish barcha darajadagi hokimliklar va ularning rahbarlari tomonidan zarur darajada qo‘llab-quvvatlanmayapti. Download 33.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling