1. Аgrobiznesni tashkil etish va boshqarish fanining predmeti va vazifalari. Қишлоқ хўжалиги корхоналарини бошқариш тизими
Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va boshqarishning xorij tajribasi
Download 33.59 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7,Oʼzbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yoʼnalishlari.
8.Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va boshqarishning xorij tajribasi
Ҳар бир тадбиркорлик фаолияти тегишли ҳуқуқий мухитда кечади. Шунинг учун керакли ҳуқуқий шароит яратиш катта аҳамиятга эга. Бу нарса биринчи навбатда тадбиркорлик фаолиятини тартибга келтирувчи фармонлар ва тадбиркорликни ривожлантириш учун қулай шароит яратиб берувчи қонунларнинг мавжудлиги, яъни корхоналарни руйхатдан утиш жараёнининг киска ва оддий бўлиши; тадбиркорликни давлат бюрократизмидан химоя қилиш; солик қонунчилигини такомиллаштириш; Ўзбекистон ва чет эл ишбилармонларининг ҳамкорлик фаолиятини ривожлантиришдан иборатдир. Шу билан бирга бунга кичик тадбиркорлик ишларига кумаклашиш худудий марказларини ташкиллаштириш, статистика шакли ва хисоб-китобини такомиллаштириш киради. Тадбиркорлик фаолиятининг ҳуқуқий кафолати масаласи билан боғлиқ масалаларни ҳал этиш ҳам муҳим аҳамият касб этади. АҚШнинг тадбиркорлик соҳасда кўп йиллар мобайнида қўллаб келаётган қонунлар тизими бунга мисол була олади. Давлатнинт ишбилармонлик фаолиятини тартиблаштириш кераклигини асослаб берар экан, Ф.Котлер ушбу қонунлар пайдо бўлишининг уч асосий сабабларини кўрсатиб берди: фирмаларни бир-биридан химоя қилиш зарурлиги. «Тадбиркорлар бир овоздан ракобатни мактайдилар, лекин уларнинг манфаати ракобат билан тукнаш келганда уни бартараф қилишга ҳаракат киладилар». 7,Oʼzbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yoʼnalishlari. O'zbekistonda ijtimoiy yonaltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishning asosiy maqsadlaridan biri mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik shakllarini ustuvor rivojlantirishdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish uchun iqtisodiy islohotlar otkazildi, uning rolini oshirish uchun yirik institustional asoslar yaratildi. Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va uni kafolatlovchi huquqiy-meyoriy hujjatlar, tadbirkorlarga komaklashuvchi nodavlat tashkilotlar, korxonalar shular jumlasiga kiradi. Ozbekistonda xususiy tadbirkorlik va kichik biznes korxonalari majmuini tashkil etish muvaffaqiyatli bormoqda. Kichik biznes faoliyati bilan shugullanuvchi korxonalar davlatga bogliq bolmagan holda, yani katta kapital mablaglarsiz ozlari ish joylarini joriy etishlari, vaqtinchalik mavjud bolgan tovarlar tanqisligini kamaytirishlari va, hattoki, bu tanqislikni butunlay yoqotishlari mumkin. Hozirgi jamiyatimizda kichik korxonalar faoliyatini ayrim kishilarning ehtiyojlarini qondirish sari yonaltirish zarur. Bu narsa maishiy xizmat korsatish hamda xalq istemoli tovarlari ishlab chiqarish sohalarida yaqqol korinmoqda. Kichik korxonalar texnologiya yangiliklarini joriy etishda ham goyat katta ahamiyatga ega. Bizning respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari soni va ular ishlab chiqargan mahsulotlar hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. Kichik korxonalar Ozbekistan Respublikasining «Korxonalar togrisida», «Mulk togrisida», «Erkin tadbirkorlik faoliyati kafolatlari togrisida»gi kabi qonunlari, Prezident farmon-lari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa meyoriy hujjatlar asosida tashkil etilmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitida sano-atning etakchi sohalarini yangi texnologiyalarga otishda tobora oz ornini topib bormoqda. Ular yangi fikrlar va ishlab chiqarishni takomillashtirish, yangi axborot texnologiyalarini joriy qilish bilan ish jarayonini taminlovchi butun tizimni asosiy boglovchilik sifatini ozlarida namoyon etmoqdalar. Bugungi kunga kelib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlari mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha jabhalarida, mashinasozlik mahsulotlari ishlab chiqarishda, xalq istemoli mollarini, qishloq xojaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda hamda boshqa sohalarda faoliyat korsatmoqda. Download 33.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling