1. Aholi statistikaning o`rganish ob’ekti


Download 0.93 Mb.
bet1/12
Sana17.06.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1523999
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
To\'raxo\'jayeva Dilafruz 121 guruh

Aholini statistik o`rganish manbalari 1. Aholi - statistikaning o`rganish ob’ekti 2. Aholi soni statistikasi 3. Aholi tarkibi statistikasi 4. Aholining tabiiy harakati statistikasi 5. Aholi migratsiyasi statistikasi

1. Aholi - statistikaning o`rganish ob’ekti

  • 1. Aholi - statistikaning o`rganish ob’ekti
  • Aholi (demografiya) statistikasi – ijtimoiy-iqtisodiy statistikaning eng qadimgi va muhim tarkibiy qismi bo`lib, u aholi yashash sharoitida yoki hayotida yuz bergan demografik hodisa va jarayonlarni statistik hisobga olish va tahlil qilish usullarini ishlab chiqadi va amaliyotda qo`llaydi.
  • U ijtimoiy fan bo`lib, o`zining bilish jarayonida umuminsoniy falsafa va iqtisodiyot nazariyasi fanlariga suyanadi va aholini yashash qonuniyatlarini miqdor va sifat jihatlarini ifodalaydi. Bular aholining tabiiy va mexanik harakati, mamlakat hududlari bo`yicha joylanishi, takror paydo bo`lishi va uning ijtimoiy tuzilishi xaqidagi qonunlardir. Ilmiy ta’limotga asosan bu qonunlar zaminida jamiyatning ishlab chiqarish munosabatlari – iqtisodiy tuzumi yotadi. SHuning uchun bu qonunlar iqtisodiy tuzum bilan birgalikda o`rganilishi kerak. Har qanday davlat (tuzum)ning aholisi o`z tarkibi bo`yicha har xil bo`ladi va vaqt o`tishi bilan o`zgarib turadi. SHuning uchun aholining rivojlanish qonuniyatlari, uning tarkibini o`zgarishi va uning ko`p tomonlari konuret tarixiy sharoitlarni hisobga olgan holda o`rganilishi kerak.
  • Mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga o`tishi tufayli aholini, jamiyatda ro`y berayotgan jarayonlarni, turmush sharoitlarini statistik o`rganishga qiziqish yanada ortib bormoqda, chunki aholi birinchidan ishlab chiqarish jarayonining bevosita ishtirokchisi va ikkinchidan bu jarayon natijasining iste’molchisi xam hisoblanadi.
  • Aholi statistikasining o`rganish ob’ekti ma’lum hududda yashovchi odamlar jamoasi hisoblanib, ular tug’ilishi va vafot etishi hisobiga o`zini-o`zi tiklab turadi. Bunda kuzatish birligi alohida odam, oila yoki uy xo`jaliklari bo`lishi mumkin. Aholi statistikasida statistik kuzatish ob’ekti bo`lib, odamlarning xar xil to`plamlari bo`lishi mumkin: barcha aholi (mavjud yoki doimiy yashovchi), aholining ayrim guruhlari (mexnatga layoqatli aholi, ishsizlar, nafaqaho`rlar, shahar yoki qishloq aholisi, erkak yoki ayollar va h.k.), yoshlar yoki aksincha, yoshi ulug’lar, yil davomida tug’ilganlar (yoki boshqa davr orasida) yoki vafot etganlar va h.k. Odatda kuzatish ob’ekti va birligi tadqiqot maqsadiga bog’liq holda tanlanadi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling