- 13.2. Aholi soni statistikasi
- Vaqtincha yo`q bo`lganlar doimiy shu punktda yashab, lekin hisob vaqtida vaqtincha (odatda 6 oydan oshmasligi kerak) boshqa hududga ketgan shaxslar tushuniladi. Lekin bu qoidadan ba’zi bir cheklanishlarga yo`l qo`yiladi. Masalan, oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlari talabalari amalda o`quv joylaridagi doimiy aholi soniga qo`shiladi.
- Har qanday punktdagi aholi soni yil davomida sezilarli darajada o`zgarib turishi sababli, har xil ko`rsatkichlarni hisoblash maqsadida statistikada aholining o`rtacha yillik soni aniqlanadi.
- Aholining o`rtacha yillik soni, odatda aholini yil boshidagi va yil oxiridagi sonini hisobga olgan holda o`rtacha arifmetik formula bo`yicha aniqlanadi:
Aholining soni bir necha teng oraliqdagi muddatlar masalan, choraklar bo`yicha berilgan bo`lsa, u holda o`rtacha xronologik formula bo`yicha aniqlanadi:: Mamlakat aholisi uning hududi bo`yicha joylanishi nuqtai nazardan shahar aholisi va qishloq aholisiga bo`linadi. SHahar aholisiga shaharlarda va shahar ko`rinishidagi posyolkalarda yashovchi, qishloq aholisiga esa qishloq joylarida yashovchi barcha shaxslar kiradi. (Aholini bunday shahar va qishloq aholisiga ajratishni, ularni ishlab chiqarish belgisi bo`lgan mehnat xarakteriga qarab: qishloq xo`jaligida va unda bo`lmagan aholiga ajratish bilan almashtirmaslik lozim). U yoki bu aholi punktini shaharga kiritish qonun bilan belgilanadi.
;
- O‘zbekistonda doimiy istiqomat qiluvchi aholi soni 1 yanvar holatiga ko‘ra 32 million 653,9 ming kishini tashkil etib, 2017 yil davomida 533,4 ming kishiga yoki 1,7 foizga ko‘paydi..
- Shahar aholisi soni 16 million 533,9 ming kishiga yetib, umumiy aholi sonining 50,6 foizini tashkil etgan bo‘lsa, qishloq aholisi 16 million 120 ming kishiga yoki 49,4 foizga yetdi.
- Viloyatlar kesimida Samarqand viloyatida aholi soning eng ko‘pni tashkil etdi — 3 million 719,6 ming kishi (respublika aholisining 11,4 foizi). Bu ko‘rsatkich Farg‘ona viloyatida 3 million 620,1 ming kishi (11,1 foiz), Qashqadaryo viloyatida 3 million 148,1 ming kishi (9,6 foiz) va Andijon viloyatida — 3 million 11,6 ming kishini (9,2 foiz) tashkil etdi.
- SHunday qilib: DA=MA-VYa+VY
- MA=DA+VYa-VY
- DA – doimiy aholi soni
Do'stlaringiz bilan baham: |