- kerak. Statistikada bunday ko`rsatkichni har bir ming kishiga nisbatan (promilleda) ifodalanadi.
- 2018 yilda 715, 5 ming go‘dak dunyoga keldi. Tug‘ilish koeffitsiyenti 1000 kishiga 22,1 promilleni tashkil etib, 2016 yil bilan solishtirilganda tug‘ilish koeffitsiyenti 0,7 promillega kamaygan.
- 2018 yilda eng ko‘p tug‘ilish Surxondaryo viloyatida qayd etilgan bo‘lib, ko‘payish har ming kishiga 25,7 dan 25,9 promillega oshgan. Qoraqalpog‘istonda esa 21,9 dan 20,7 promille, Farg‘onada — 22,2 dan 21ga, Toshkent viloyatida — 20,3 dan 19,2ga, Xorazmda — 22,2 dan 21ga, Buxoroda 20,9 dan 20 ga va Jizzaxda 24,5 dan 23,6 ga tushish kuzatildi.
- Yil davomida 161,5 ming o‘lim ro‘yxatga olindi. O‘lim koeffitsiyenti 2017 yildagidan 0,1 promillega oshib, 5 promilleni tashkil etdi.
- Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Farg‘ona va Surxondaryoda o‘lim koeffitsiyenti birmuncha ko‘tarilgan. Jami vafot etganlarning 8,2 foizi mehnatga layoqatlilik yoshidan kichiklarni tashkil etsa, 27,6 foizi mehnatga layoqatga ega bo‘lgan yoshdagilardan iborat.
;
- Aholining tabiiy ko‘payishi 554 ming kishini tashkil etib, 2017 yil bilan taqqoslaganda 17,4 ming kishiga kamaygan (571,4 ming kishi).
- Aholining tabiiy xarakatini ifodalovchi nisbiy ko`rsatkichlarga quyidagilar kiradi:
- Birinchi guruh - aholi tabiiy harakatining umumiy ko`rsatkichlarini aniqlash uchun demografik hodisalar sonini aholining o`rtacha yillik soniga bo`lib aniqlanadi.
- 1. Tug’ilishning umumiy koeffitsienti ma’lum xududdagi aholining xar 1000 tasiga nechta tug’ilish to`g’ri kelishini ifodalaydi
- Tug’ilish umumiy Kt=T x 1000%/Ā;
- «A» shahrining o`rtacha yillik aholi soni 400 ming kishi. 2004 yilda 5,6 ming kishi tug’ilgan
;
- Umumiy tug’ilish Kt=5,6/400 x 1000%=14%0;
- Demak, shahardagi har ming kishiga 14 bola tug’ilganini ifodalaydi. Bu ko`rsatkichni ham vaqt bo`yicha, ham xududlar bo`yicha solishtirish mumkin.
- 2. Vafot etishning umumiy koeffitsienti xar ming kishidan nechtasi vafot etganini ifodalaydi.
- Umumiy vafot etish Kt=VE/Ā x 1000%0
- «A» shaxrida 2004 yilda 4,0 ming kishi vafot etgan.
- Umumiy vafot etish Kt=4,0/400x1000%=10%0
- Demak, shahardagi har ming kishidan 10 tasi vafot etganini ifodalaydi.
- 3. Aholining tabiiy o`sish koeffitsienti xar 1000 kishiga to`g’ri kelgan tabiiy o`sish darajasini ko`rsatadi.
- Tabiiy o`sish Kt=T-VE/Ā x 1000%
- «A» shahri uchun tabiiy o`sish koeffitsienti
- Tabiiy o`sish Kt=5,6-4,0/400 x 1000%=4%0 yoki
- Tabiiy o`sish Kt=14-10=4%
- Demak, shahardagi har ming kishiga 4ta tabiiy ko`payish to`g’ri kelgan.
;
Do'stlaringiz bilan baham: |