- O`zbekiston mustaqilligi yillarida yangicha demografik holat yuz berdi: bular ayniqsa aholi tug’ilishi, tabiiy takror paydo bo`lishi, migratsiya va urbonizastiya sohalarida yuz berdi.
- Umuman, o`sish darajasi va aholi sonining mutloq o`sishi ancha pasaydi.
- Keyingi o`n yil ichida (1991-2000 yy.) O`zbekiston aholisi 3,9 mln. kishiga ortdi va 25,0 mln. kishini tashkil etdi. O`rtacha har yil aholi 1,8%ga ortdi, yoki o`rtacha yillik absolyut o`sish – 390 ming kishini tashkil etdi.
- Avvalgi o`n yillikda (1981-1990 yy.) O`zbekiston aholisi 4,1 mln. kishiga yoki har yili 410 ming kishiga ortgan, o`rtacha o`sish tempi 2,5%ni tashkil etgan.
- Undan avvalgi o`n yilda (1959-1970 yy.) esa mamlakat aholisi o`rtacha 3,8%ga ortgan.
- Aholining o`sish tezligining kamayishi asosan migratsiya hisobiga va tug’ilishning kamayishi hisobiga amalga oshgan. Qishloqda tug’ilish 25,5%0ga tenglashib, respublika bo`yicha o`rtacha ko`rsatkichga tenglashib qoldi va yana pasayish tendenstiyasiga ega.
;
- «Ijtimoiy fikr» nomli markaz ma’lumotlariga qaraganda pasayish 2010 yilgacha davom etadi. 2001-2010 yillar davomida o`rtacha o`sish darajasi 1,4%ni tashkil etib, 2010 yilda aholi soni – 27,9 mln. kishini tashkil etadi. Tug’ilish Kt-17,6%gacha pasayadi, vafot etish Kt ortadi. 2010 yildan boshlab ijtimoiy-iqtisodiy muhitni yaxshilanishi hisobiga tug’ilish biroz ortadi va 2025 yilda O`zbekiston aholisi – 34,7 mln. kishiga etadi.
- 4. Yashash koeffitsienti tug’ilish va vafot etish orasidagi nisbatni ifodalaydi:
- Yashash Kt=T/VE x 100%0; yoki
- Yashash Kt=Umumiy tug’ilish Kt/Umumiy vafot etish Kt
- Yuqoridagi misolda «A» shaxrida yashash koeffitsienti =1,4 (tug’ilganlar soni vafot etganlar sonidan 1,4 marta ko`p)ga teng.
- Nikohdan o`tish va nikohdan o`chish koeffitsientlari ham shularga o`shab aniqlanadi.
- Ikkinchi guruh ko`rsatkichlar – maxsus va yakka koeffitsientlar demografik jarayonlar sonini o`sha guruh aholi soni bilan solishtiriladi. Bu ko`rsatkichlar mamlakatdagi demografik ahvolni keng ma’noda o`rganish imkoniyatini beradi.
;
Do'stlaringiz bilan baham: |