1. Akfa kompaniyasining kelib chiqish tarixi Akfa haqida umumiy ma’lumotlar


Avtomatik eshiklar uchun profillar seriyasi


Download 1.01 Mb.
bet6/8
Sana05.05.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1432487
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 Akfa kompaniyasining kelib chiqish tarixi Akfa haqida umumiy

Avtomatik eshiklar uchun profillar seriyasi

So’nggi paytlarda avtomatik eshiklar deyarli barcha supermarket, gipermarket, kinoteatrlar, biznes markazlar hamda muhtasham uylarning kirish qismlariga o’rnatilgan. Shuningdek, ushbu turdagi eshiklarni aeroport va yirik mehmonxonalarda ham ko’rishimiz mumkin Avtomatik eshiklar kundan-kunga ommalashib, ularga bo’lgan talab yirik va kirish qismi keng binolar qurilishi ko’paygan sayin parallel ravishda ortib bormoqda. Avtomatik eshiklar, bugungi kunda, zamonaviy bino, nufuz va qulaylikning ramziga aylandi desak xato bo’lmaydi.
Hozirda ko’zimiz o’rgangan, mehmonlar uchun o’zi ochilib yopiladigan avtomatik eshiklar o’rnatilgan joylar o’rnida oddiy eshiklarni tasavvur qilish juda qiyin. Avtomatik eshiklar shunisi bilan qulayki, ularni harakatga keltirish uchun jismoniy kuch sarflanmaydi. Bu esa jismoniy imkoniyatlari cheklangan kishilar, qariyalar va bolalar uchun juda muhim sanaladi. Avtomatik eshiklarni ochish uchun unga qo’lingizni tekkizishingiz ham shart emas – infraqizil sensorlar yaqinlashganingizda stvorkalar ochilishi uchun signal yuboradi. Ya’ni, bu shuni anglatadiki, avtomatik eshiklar qulay bo’lish bilan birga gigiyenik jihatdan ham toza hisoblanadi.AKFA kompaniyasining avtomatik surma eshiklari Sizning istaklaringiz uchun ishonchli va tejamkor eshiklar majmuidir






  • Rolstavenlar seriyasi

Rolstavenlar – belgilangan yo’nalishda suriladigan alyumin plankalardan iborat konstruksiya tizimidir. Yopiq holatda rolstaven qulflanadi. Ochiq holatda esa maxsus metal qutiga yig’iladi. Rolstavenlar derazani turli sinishlardan saqlashdan tashqari, shovqin, chang va sovuqdan kuchli himoya vositasi hamdir. Profil qoplamalar maxsus texnologiyalari rolstavenlarning muhim xususiyatlaridan sanaladi.
Alyumin profillar anodlanib, so’ngra bir necha qatlamda kukunli bo’yoq bilan bo’yaladi va issiq haroratda quritiladi. Hatto uzoq yillik faol qo’llanishdan so’ng va quyosh nurlari, shuningdek atmosferaning boshqa ta’sirlari ostida ham rolstavenlar ko’rkam ko’rinadi hamda o’z vazifani a’lo darajada bajaradi. Profil buyurtmachining ta’biga qarab rolstaven tirqishlarining kengligi va ko’rsatkichlari ko’ra tanlanadi. Biz Sizning uyingiz, ofisingiz va garajingiz uchun eng qulay variantlarni taklif etamiz.




Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling