Kavsharlangan metallning GH massasi, g, yoyli payvandlashning barcha usullari uchun ma’lumotnoma bo`yicha aniqlanadi yoki quyidagi formula bo`yicha hisoblanadi
GH = Fn L·, (4.13)
bunda:Fn- kavsharlash maydoni (chok ishlovini, uning kuchaytirilishini inobatga olib, ko`ndalang kesimi), sm2;
L - chok uzunligi, sm;
- metall zichligi, po`lat uchun q7,8 g/sm3.
Kavsharlash ishlaridagi Gn hisobi quyidagi formula bo`yicha amalga oshiriladi
Gn = Fnp N·, (4.14)
bunda: Fnp - kavsharlanuvchi yuza maydoni, sm2;
N - kavsharlanuvchi qatlamning talab etilgan balandligi, sm.
Kavsharlashda keyinchalik kavsharlanuvchi yuzalarga 2 mm chegarasigacha mexanik ishlov berilishiga qo`shimchani nazarda tutish zarur.
Nazorat savollari
1. Qanday omillar tok kuchi turini va kattaligini tanlashga ta’sir qiladi?
2. Elektrodli simni uzatish tezligi qanday parametrlarga bog`liq?
3. Payvandlash (kavsharlash) kuchlanishi va tezligini noto`g`ri tanlash qanday oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin?
4. Payvandlash materiali nimaga asoslanib tanlanadi?
5. Turli markadagi elektrodlar uchun kavsharlash koeffitsienti doimiy bo`lib qoladimi?
Do'stlaringiz bilan baham: |