Yarim avtomat payvandlash tezligi yoki ko`p qatlamli chokda alohida qatlam (valik)ni joylashda elektrodning joyini o`zgartirish tezligi (4.6) formulasi bo`yicha aniqlanadi. Bunda
n = r (1 - ) (4.10)
bo`lib: — metallning kuyindiga va sachrab ketishga yo`qotishi koeffitsienti. SO2 da payvandlashda = 0,100,15.
Kavsharlashda alohida-alohida valiklarni joylashtirishdagi yoyning siljish tezligini, valikning ko`ndalang kesimi yuzasi Fn(c) = 0,30,7 sm2 deb qabul qilsak, uni (4.6) formula bo`yicha hisoblash mumkin.
Yaxlit kesimli sim bilan flyus ostida avtomatik payvandlash (kavsharlash). Flyus ostida avtomatik payvandlashda ko`pincha qirralar ishlovining quyidagi ko`rinishlari qo`llanadi:
1) I - ko`rinishli (qirralar qiyaligisiz) — bir o`tishli va ikki o`tishli payvandlashda. Bir o`tishli payvandlashda ko`pincha payvandlashni qoladigan po`lat podkladkasida bajariladi (3.1-rasm, b). qirralar orasidagi b3 oraliq 23 mm ga teng. Ikki o`tishli payvandlashda listlarning 1460 mm qalinligida payvandlashni qirralari orasidagi b3 oraliqni, payvandlanuvchi listlarning qalinligining oshirilishi bilan, 311mm bo`yicha olib boradilar.
2) V – ko`rinishli qirrasining qiyaligi 60±5° burchak ostida (3.1-rasm, g) listlarning 1430 mm qalinligida qo`llanadi. qirralarining o`tmasligi va ular orasidagi oraliq 03 mm.
3) X – ko`rinishli qirrasining qiyaligi 60±5° burchak ostida (3.1-rasm, e) listlarning 2060 mm va undan oshiq qalinligida qo`llaniladi.
Po`latni payvandlash uchun GOST 2246-70 bo`yicha payvandlash simlari qo`llanadi (Sv08, Sv08GA, Sv10G2, Sv08GS, Sv18XGS, Sv08XM, Sv08XG2S, Sv08XNM).
Kavsharlash uchun GOST 10543-75 bo`yicha kavsharlash simlari qo`llanadi. Simning ba’zi markalari bilan kavsharlangan metallning mustahkamlik qiymatini 2.4 jadvalda ko`rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |