№1 амалий иши
Download 235 Kb.
|
Payvandlash (kavsharlash) texnologik jarayonining rejimi parametrlari hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy qism Dastakli yoyli payvandlash (kavsharlash).
№14 amaliy ish Payvandlash (kavsharlash) texnologik jarayonining rejimi parametrlari hisobi Ish maqsadi: hisoblash yo`li bilan, dastakli va mexanizatsiyalangan payvandlash turlari rejimining asosiy parametrlarini aniqlashni o`rganish. Nazariy qism Dastakli yoyli payvandlash (kavsharlash). Dastakli yoyli payvandlashda ikkita uchma-uch qirralardan tashkil topgan chokining burchakli ishlovi (3.1-rasm, d), 55±3° tashkil etadi (bunda b3 oralig`i va qirralarining hp o`tmasligi listlarning >3 mm qalinligida 03 mm tarofida o`zgaradi). qirralarning bunday tayyorgarligini 1820 mm gacha bo`lgan listlarni payvandlashda qo`llanadi. Payvandlanuvchi elementlarning kattaroq qalinligida qirralarining ikki tomonlama X-ko`rinishli ishlovini (3.1-rasm, e) shuningdek burchak qiyaligini 55±3° bilan qo`llash maqsadga muvofiqdir. qalinligi 3 mm bo`lgan listlarni payvandlashni qirralarining (I-ko`rinishli ishlov deb ataluvchi) ishlovisiz bajariladi-3.1-rasm, a. Payvandlanuvchi listlar orasidagi oraliq - 02mm. Yupqa choklarni (uchma-uch listlarning qalinligi 68 mm gacha, burchaklisi esa chokning kateti 68 mm gacha bo`lsa), qoidaga ko`raga, bir yurishda (qatlamda) payvandlanadi. Choklarning yanada qalin uchma-uch va burchakli payvandlashni bajarishda (chok hovallarini to`ldirishda) bir qancha o`tishlarni (qatlamlarni) olib boriladi-3.1-rasm, d. Bunda barcha o`tishlardagi payvandlashni bir xil rejim parametrlarida bajarishga intiladilar. Birinchi o`tish bunga kirmaydi, chunki uni 34mm diametrli elektrodlarda bajarish tavsiya etiladi (katta diametrli elektrodlarning qo`llanishi chok negizining qaynovini qiyinlashtiradi). Birinchi qatlam (o`tish)ning kesimi 3035 mm2 dan oshmasligi kerak va quyidagi formula bo`yicha aniqlanishi mumkin: F1=(68)de, (4.1) keyingi qatlamlari (o`tish) lari esa — formula bo`yicha: Fc = (812)de, (4.2) bunda: de- elektrod diametri, mm. Birinchisi bilan hisoblaganda qatlam (o`tish)larning umumiy soni (chok asosini payvandlash), (4.3) bunda: Fn — kavsharlangan metall(chok)ning umumiy maydoni, sm2. Dastakli yoyli payvandlashda payvandlash rejimining parametrlariga quyidagilar kiradi: elektrod diametri, payvandlash tokining kuchi, elektrodning chok bo`ylab joylashuv tezligi (payvandlash tezligi), tok turi, uning qutbliligi va boshqalar. Elektrod diametri payvandlanuvchi elementlarning qalinligiga, payvandlanuvchi birlashmaning turi va chokning fazodagi holatiga bog`liq holda tanlanadi. elektrod diametrini tanlash uchun quyidagi taxminiy ma’lumotlardan foydalanish mumkin: Listlar qalinligi, mm 13 3 45 612 13 Elektrod diametri de, mm 1,52,5 3 34 45 5 Payvandlash toki kuchi elektrod pasportlarida va ma’lumot jadvallarida joylashtirilgan tavsiyalar asosida tanlanadi yoki empirik formulalar bo`yicha hisoblanadi. Diametri 16 mm bo`lgan po`lat elektrod yordamida dastakli yoyli payvandlashda quyidagi formuladan foydalanish mumkin Isv = Ke de, (4.4) bunda: Ke — 2560 ga teng koeffitsient. Koeffitsient K elektrodning de diametriga bog`liq holda quyidagiga teng deb qabul qilinadi: de, mm l2 34 56 K, A/mm 2530 3045 4560 Ushbu formula bo`yicha hisoblangan payvandlash tokining kuchini payvandlanuvchi elementlarning qalinligi, birlashma turi va payvandlashning fazodagi holatiga bog`liq holda to`g`rilab olish zarur. Shunday qilib, agar listlarning qalinligi S 3de bo`lsa, unda Isv qiymatni 10-15% ga oshirish zarur. Agar S 1,5de bo`lsa, payvandlash toki 10-15% ga kamaytiriladi. Burchakli chokni payvandlashda va kavsharlashda Isv qiymati 10-15% ga oshirilgan bo`lishi kerak. Agar payvandlash vertikal yoki yuqori holatida bajarilsa, payvandlash tokining qiymati 10-15% ga kamaytirilgan bo`lishi kerak. Tok turini tanlashda o`zgaruvchan tokning doimiy tokka nisbatan iqtisodiy va ishlatish afzalligini inbatga olish kerak. Biroq, masalan, UONI-13 elektrodlarida payvandlashd, o`zgaruvchan tokdan foydalanish yo`l qo`yilmaydi yoki tavsiya etilmaydigan holatlar bo`lishi mumkin. Shunday qilib, payvandlash ishlarining xarakteri kavsharlanuvchi metall qatlamini olish, asosiy metallning eng kichik qaynovi chuqurligida elektrodli metallning imkon qadar katta miqdordagi zarur qatlamini olish zaruratini keltirib chiqaradi. Shuning uchun kavsharlash ishlari uchun doimiy tokdan foydalanish va kavsharlashni elektrod metalli tez eriydigan qutbda olib borish kerak. Yoyning taxminiy uzunligini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalanish mumkin: ld = (0,5 1,1) de, (4.5) Yoy uzunligi kavsharlangan metall sifatiga va chokning geometrik shakliga ta’sir qiladi. Uzun yoyda payvandlash vannasining himoyasi yomonlashadi va chokning metalli tezda kislorodga va havodagi azotga to`yinadi. Yoyning uzunligi oshishi bilan metall sachrashi ham ko`payadi va chokda teshikchalar hosil bo`lishi mumkin. Yoyning Ud kuchlanishini aniqlash uchun elektrod markasining har biriga ilova qilingan (texnologik hujjatlarda Ud aniq belgilanmaydi) spravkali ma’lumotlardan yoki sertifikatlarning tavsiyalaridan foydalanish mumkin. Uglerodli va legirlangan konstruktsion po`latlarni payvandlashda qo`llanuvchi elektrod qoplamalarning ko`pgina markalari uchun yoyning kuchlanishi Ud = 2228 V. Download 235 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling