1-Amaliy mashg`ulot. Avtotraktor dvigatellarining mexanizmlari, tuzilishi va ishlashini o‘rganish


aralashmaning (yoki havoni) o‘z vaqtida kirishini va ishlatilgan


Download 87.34 Kb.
bet13/16
Sana08.11.2023
Hajmi87.34 Kb.
#1757053
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
1-Amaliy mashg`ulot. Avtotraktor dvigatellarining mexanizmlari, -fayllar.org (1)

aralashmaning (yoki havoni) o‘z vaqtida kirishini va ishlatilgan 
gazlarni chiqishini ta’minlaydi. 
Klapanlar mexanizmi ikki turga bo‘linadi: 
a) Klapanlari yuqorida joylashgan (1-a, rasm)
b) Klapanlari yon tomonda joylashgan (1-b, rasm).
Ikki tur gaz taqsimlash mexanizmlarining afzalliklari va kamchiliklari.
Klapanlari yuqorida joylashgan gaz taqsimlash mexanizmi silindrlarning
yonilg‘i bilan yaxshi tulishini ta’minlaydi va siqish darajasini yuqoriroq
olish imkonini beradi.
Bunday tur mexanizmlarda yonish kamerasi ixcham bo‘ladi, sovitish
suyuqligining issiqlik isrofini kamaytiradi va natijada yonilg‘ining
solishtirma sarfi kamayadi.
Gaz taqsimlash mexanizmlarida shayin yoki turtkich va klapan o‘zagi
oralig‘idagi tirqishni rostlash 6 vint yordamida o‘rnatiladi.
Bu tirqish gaz taqsimlash mexanizmi detallari qiziganda klapan uning
egariga zich joylanishini ta’minlash uchun qo‘yiladi.
Klapanli gaz taqsimlash mexanizmining tuzilishi. 
Klapan (3) tarelkasimon yassi kallakdan va o‘zakdan iborat. Klapan
silindrlar kallagidagi egarga yumshoq berkilishi uchun, klapanning
tarelkasida konussimon ish sirti bor. Kupchilik dvigatellarda kiritish va
chiqarish klapanlarining ish sirti 45
0
burchakka ega. Klapan o‘zagining
ustki tomonida silindrsimon o‘yiqcha bor, unga ikki bo‘lakdan iborat
konussimon halqaning (suxariklarning) tirgaki kirib turadi.
Suxariklar tirgaki shaybani klapan o‘zagiga mahkamlab turadi.
Ta’mirlash jarayonida klapanlarni jips yopilishi uchun maxsus ishlov
berildi, bu maqsadda klapanning yassi kallagiga (tarelkasida) otvyorka
uchun chuqurcha bor. Klapanlar ligerlangan po‘latdan yasaladi.
Klapan o‘zagining ustki qismini kattiklik xususiyatini oshirish uchun
toblanadi. CHiqarish klapanlari olovga bardosh xromkremniyli
po‘latdan tayyorlanadi. D-240 va GAZ-52 dvigatellarining chiqarish
klapanini tarelkalarini yaxshi sovitish uchun klapan o‘zagining
bo‘shlig‘i natriy metali bilan tuldiriladi.
D-240 va GAZ-52 dvigatellarining silindrlarini yaxshi va tezda to‘ldirish
uchun kiritish klapanlarining tarelkasimon yassi kallaklarini diametri
chiqarish klapanlarning yassi kallaklari diametridan biroz katta qilinadi.
Prujina 4 po‘lat simdan tayyorlanadi. GAZ-52 dvigatelida bitta prujina,

D-240 dvigatelida esa bir klapanga ikkita prujina qo‘yiladi. Prujinaning


ikkita bo‘lishi uning ulchamini kichikroq qilishga imkon beradi va
ishlash sharoitini engillashtiradi.
SHayin 5 po‘latdan yasalgan. Elkalari har xil-klapan tomondagi elka
o‘zunroq bo‘ladi. Qisqa elka tarafida rezbali teshikcha bor. Bu
teshikchaga vint 6 kirib turadi, vintni aylantirib shayin bilan klapan
orasidagi tirqish rostlanadi.
SHtanga 7 (1-a rasm) po‘latdan tayyorlanib uchliklari sferik shaklda
bo‘ladi. SHtanga uchliklari bir tomondan turtkich 8 ikkinchi tomondan
shayinga burab o‘rnatilgan rostlash vintning sferik sirtiga tiraladi.
1-rasm. Dvigatel gaz taqsimlash mexanizmining sxemasi: 
1-silindr; 2-porshen; 3-klapan; 4-prujina; 5-shayin; 6-rostlash vinti; 7-
shtanga; 8-turtkich; 9-kulak; 10-taqsimlash valining shesternyasi; 11-
oraliq shesternya; 12-tirsakli val shesternyasi; x-tirqish (zazor).
Turtkich 8 silindrik shakldagi o‘zak bo‘lib, uning pastki qismi
taqsimlovchi valning kulachogi kuchini qabul qiladi. Turtkichlar
cho‘yandan yoki po‘latdan yasaladi. Turtkichlarning asosi va
yo‘naltiruvchi yuzasi bir xilda eyilishi uchun to‘g‘ri chiziqli harakat
qilish bilan birgalikda o‘z o‘qi atrofida aylanma harakat qiladi. Aylanma
harakat qilishi uchun turtkichning o‘qi taqsimlovchi valning kulachogi
o‘qiga nisbatan 1-2 mm surib qo‘yiladi. Taqsimlovchi val 9 klapanlarni
harakatga keltiradi. Taqsimlovchi valning har bir kulachogi bittadan
klapanni boshqarib turadi.
Kulachoklar val bilan birgalikda yasaladi va ma’lum tartibda har xil
burchak ostida silindrlarda ish yo‘llarining galma-gal sodir bo‘lishiga

bog‘liq ravishda joylashadi. Taqsimlovchi val po‘latdan yoki


cho‘yandan yasaladi. Ular sirpanish podshipnikida aylanadi. Sirpanish
podshipniklari ko‘pchilik dvigatellarda po‘latdan yasalgan bo‘lib,
ularning ichki sirti antifriksion qotishmasining yupqa qatlami bilan
qoplanadi.
GAZ-52A dvigatelining taqsimlovchi val bilan birgalikda ekssentrik va
shesternya yasaladi ular benzin va yog‘ nasosiga harakat o‘zatish uchun
xizmat qiladi.
Taqsimlovchi valni vtulka ichida o‘q bo‘ylab siljishni 0,1-0,5 mm
oraliqda chegaralab turiladi.
Siljish miqdori tirgak shayba ostidagi qistirmalar yordamida rostlanadi.
Taqsimlash shesternyalari valga harakatni tirsakli valdan olib beradi.
Ular po‘latdan, cho‘yandan yoki plastmassadan yasaladi va blok-
karterning oldi qismida joylashadi, shesternyalar qiyshiq tishli qilib
tayyorlanadi va qopqoq bilan barkitiladi.

Download 87.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling