1-Amaliy mashg`ulot. Avtotraktor dvigatellarining mexanizmlari, tuzilishi va ishlashini o‘rganish
aralashmaning (yoki havoni) o‘z vaqtida kirishini va ishlatilgan
Download 87.34 Kb.
|
1-Amaliy mashg`ulot. Avtotraktor dvigatellarining mexanizmlari, -fayllar.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Klapanli gaz taqsimlash mexanizmining tuzilishi.
- Dvigatel gaz taqsimlash mexanizmining sxemasi
aralashmaning (yoki havoni) o‘z vaqtida kirishini va ishlatilgan
gazlarni chiqishini ta’minlaydi. Klapanlar mexanizmi ikki turga bo‘linadi: a) Klapanlari yuqorida joylashgan (1-a, rasm) b) Klapanlari yon tomonda joylashgan (1-b, rasm). Ikki tur gaz taqsimlash mexanizmlarining afzalliklari va kamchiliklari. Klapanlari yuqorida joylashgan gaz taqsimlash mexanizmi silindrlarning yonilg‘i bilan yaxshi tulishini ta’minlaydi va siqish darajasini yuqoriroq olish imkonini beradi. Bunday tur mexanizmlarda yonish kamerasi ixcham bo‘ladi, sovitish suyuqligining issiqlik isrofini kamaytiradi va natijada yonilg‘ining solishtirma sarfi kamayadi. Gaz taqsimlash mexanizmlarida shayin yoki turtkich va klapan o‘zagi oralig‘idagi tirqishni rostlash 6 vint yordamida o‘rnatiladi. Bu tirqish gaz taqsimlash mexanizmi detallari qiziganda klapan uning egariga zich joylanishini ta’minlash uchun qo‘yiladi. Klapanli gaz taqsimlash mexanizmining tuzilishi. Klapan (3) tarelkasimon yassi kallakdan va o‘zakdan iborat. Klapan silindrlar kallagidagi egarga yumshoq berkilishi uchun, klapanning tarelkasida konussimon ish sirti bor. Kupchilik dvigatellarda kiritish va chiqarish klapanlarining ish sirti 45 0 burchakka ega. Klapan o‘zagining ustki tomonida silindrsimon o‘yiqcha bor, unga ikki bo‘lakdan iborat konussimon halqaning (suxariklarning) tirgaki kirib turadi. Suxariklar tirgaki shaybani klapan o‘zagiga mahkamlab turadi. Ta’mirlash jarayonida klapanlarni jips yopilishi uchun maxsus ishlov berildi, bu maqsadda klapanning yassi kallagiga (tarelkasida) otvyorka uchun chuqurcha bor. Klapanlar ligerlangan po‘latdan yasaladi. Klapan o‘zagining ustki qismini kattiklik xususiyatini oshirish uchun toblanadi. CHiqarish klapanlari olovga bardosh xromkremniyli po‘latdan tayyorlanadi. D-240 va GAZ-52 dvigatellarining chiqarish klapanini tarelkalarini yaxshi sovitish uchun klapan o‘zagining bo‘shlig‘i natriy metali bilan tuldiriladi. D-240 va GAZ-52 dvigatellarining silindrlarini yaxshi va tezda to‘ldirish uchun kiritish klapanlarining tarelkasimon yassi kallaklarini diametri chiqarish klapanlarning yassi kallaklari diametridan biroz katta qilinadi. Prujina 4 po‘lat simdan tayyorlanadi. GAZ-52 dvigatelida bitta prujina, D-240 dvigatelida esa bir klapanga ikkita prujina qo‘yiladi. Prujinaning ikkita bo‘lishi uning ulchamini kichikroq qilishga imkon beradi va ishlash sharoitini engillashtiradi. SHayin 5 po‘latdan yasalgan. Elkalari har xil-klapan tomondagi elka o‘zunroq bo‘ladi. Qisqa elka tarafida rezbali teshikcha bor. Bu teshikchaga vint 6 kirib turadi, vintni aylantirib shayin bilan klapan orasidagi tirqish rostlanadi. SHtanga 7 (1-a rasm) po‘latdan tayyorlanib uchliklari sferik shaklda bo‘ladi. SHtanga uchliklari bir tomondan turtkich 8 ikkinchi tomondan shayinga burab o‘rnatilgan rostlash vintning sferik sirtiga tiraladi. 1-rasm. Dvigatel gaz taqsimlash mexanizmining sxemasi: 1-silindr; 2-porshen; 3-klapan; 4-prujina; 5-shayin; 6-rostlash vinti; 7- shtanga; 8-turtkich; 9-kulak; 10-taqsimlash valining shesternyasi; 11- oraliq shesternya; 12-tirsakli val shesternyasi; x-tirqish (zazor). Turtkich 8 silindrik shakldagi o‘zak bo‘lib, uning pastki qismi taqsimlovchi valning kulachogi kuchini qabul qiladi. Turtkichlar cho‘yandan yoki po‘latdan yasaladi. Turtkichlarning asosi va yo‘naltiruvchi yuzasi bir xilda eyilishi uchun to‘g‘ri chiziqli harakat qilish bilan birgalikda o‘z o‘qi atrofida aylanma harakat qiladi. Aylanma harakat qilishi uchun turtkichning o‘qi taqsimlovchi valning kulachogi o‘qiga nisbatan 1-2 mm surib qo‘yiladi. Taqsimlovchi val 9 klapanlarni harakatga keltiradi. Taqsimlovchi valning har bir kulachogi bittadan klapanni boshqarib turadi. Kulachoklar val bilan birgalikda yasaladi va ma’lum tartibda har xil burchak ostida silindrlarda ish yo‘llarining galma-gal sodir bo‘lishiga bog‘liq ravishda joylashadi. Taqsimlovchi val po‘latdan yoki cho‘yandan yasaladi. Ular sirpanish podshipnikida aylanadi. Sirpanish podshipniklari ko‘pchilik dvigatellarda po‘latdan yasalgan bo‘lib, ularning ichki sirti antifriksion qotishmasining yupqa qatlami bilan qoplanadi. GAZ-52A dvigatelining taqsimlovchi val bilan birgalikda ekssentrik va shesternya yasaladi ular benzin va yog‘ nasosiga harakat o‘zatish uchun xizmat qiladi. Taqsimlovchi valni vtulka ichida o‘q bo‘ylab siljishni 0,1-0,5 mm oraliqda chegaralab turiladi. Siljish miqdori tirgak shayba ostidagi qistirmalar yordamida rostlanadi. Taqsimlash shesternyalari valga harakatni tirsakli valdan olib beradi. Ular po‘latdan, cho‘yandan yoki plastmassadan yasaladi va blok- karterning oldi qismida joylashadi, shesternyalar qiyshiq tishli qilib tayyorlanadi va qopqoq bilan barkitiladi. Download 87.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling