1-amaliy mashg‘ulot Go‘sht korxonalarini turlari va jarayonlari


Download 18.45 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi18.45 Kb.
#1250525
Bog'liq
1-a

1-amaliy mashg‘ulot


Go‘sht korxonalarini turlari va jarayonlari.
Mollarni semirtirish jarayonida hayvon tanasining ayrim qismlarida yog‘ yig‘ila boshlaydi. Dastlab dumi tanaga birikkan yerida, so‘ngra dumg‘aza qismida, ikkita oxirgi qovurg‘asida, oyog‘ining yuqori qismida hamda ko‘krak va yelka qismida yog‘ yig‘iladi. Hayvonning semirish darajasiga qarab, uning tanasidagi yog‘ to‘qimasi ortib boradi. Shuningdek, teri ostidagi yog‘ qatlami ham qalinlashadi.
Mollarning semizlik darajasi ularning tashqi qiyofasiga qarab, uning ko‘z bilan chamalash va qo‘l bilan ayrim qismlarini ushlab ko‘rish yo‘li bilan aniqlanadi. Shuningdek, hayvonning ko‘kragi, yelka qismi, qorin va son qismlariga alohida e’tibor beriladi.
Qo‘y va echkilarning semizlik darajasini aniqlashda asosiy e’tibor yelka muskullari, dumg‘aza qismi va qovurg‘alariga, dumbali qo‘ylar dumbasining massasiga va shakliga e’tibor beriladi.
Jadval – 1
Qoramollarning oriq-semizligiga ko‘ra go‘sht va yog‘ chiqimi (tirik massaga ko‘ra foiz hisobida)



Mollarning semizligi

Go‘sht

Yog‘

1.

Yuqori semizlikda bo‘lganda

47,0-50,3

3,3-6,4

2.

O‘rtacha semizlikda bo‘lganda

44,2-48,4

2,3-4,4

3.

O‘rtachadan past semizlikda bo‘lganda

40,9-45,2

1,3-2,2

4.

Oriq bo‘lganda

37,2-41,0

0,5-0,8




1-kategoriyadagi novvoslar

50,0

2,3




2-kategoriyadagi novvoslar

48,0

0,8




1 va 2-kategoriyadagi buzoqlar

52,3

0,68




Oriq buzoqlar

42,0

-

Go‘sht kombinatlarida va qushxonalarda so‘yilgan mollarning go‘sht sifatiga ko‘ra baholanadi va savdo tashqi lotlariga jo‘natiladi. Bunda barcha tur mol go‘shti hamda yarim nimtali buzoq go‘shti asosida baholanadi.


Mol go‘shtining semizlik darajasi (kategoriyasi) ga ko‘ra ma’lum shaklda muhr bosish qabul qilingan. Bu muhrda viloyat nomi, korxona raqami va “veterinariya ko‘rigidan o‘tgan” so‘zi ifodalangan bo‘ladi. Muhrning diametri 40 mm bo‘lib, u asosan 1 kategoriyadagi mol go‘shti va sutdan chiqarilmagan buzoq go‘shtiga bosiladi. 2 kategoriyadagi mol go‘shtiga va buzoq go‘shtiga har tomoni 40mm bo‘lgan to‘rt burchakli muhr bosiladi. Agar mol go‘shti va buzoq go‘shti nihoyatda oriq bo‘lsa, u holda har bir tomoni 45-50 mm bo‘lgan uch burchakli muhr bosiladi. Mahsulot shu tarzda savdo tashqi lotlariga jo‘natiladi.
Go‘sht kombinati qurish uchun joy tanlash ishlarini amalga oshirish maqsadida “Davlat sanitariya inspeksiyasi” tasdiqlagan sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilinadi. Umuman, iloji bo‘lsa, go‘sht kombinati qisman bo‘lsada, balandroq yerga qurilishi va qor yomg‘ir suvlari oqib ketishi uchun yerlar tanlanadi. Agar bunday yer bo‘lmasa, qor yomg‘ir suvlarini boshqa usullar bilan oqizib yuborish tadbirlari qurilishi lozim.
Qurilish uchun mo‘ljallangan yer botqoq va cho‘kadigan bo‘lmasligi lozim. Yer osti suvlari yer sathidan kamida 3-3,5 m chuqurlikda bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Kombinatning atroflari kamida 2 m balandlikda devor bilan o‘ralgan bo‘lishi shart. Uning asosiy kirish qismida panjarali devor qilishga ruxsat etiladi. So‘yishdan oldin mollar saqlanadigan joylar kombinatning yonida qurilishi mumkin.
Kombinatdagi ishlab chiqarish va yordamchi sexlar quyidagilardan iborat:

  1. Hayvonlarni qabul qilish va saqlash xonasi

  2. So‘yish va tanani bo‘laqlash xonasi

  3. Sut mahsulotlarini qayta ishlash xonasi

  4. Nimtani bo‘laklash va yarim tayyor masalliqlar tayyorlash xonasi

  5. Kolbasa ishlab chiqarish xonasi

  6. Yog‘ni qayta ishlash xonasi

  7. Qonni qayta ishlash xonasi

  8. Terini tuzlash va ishlab berish xonasi

  9. Suvxona

  10. Texnik yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish xonasi

  11. Qo‘shimcha va yordamchi sexlar

  12. Issiqlik xonasi

Kombinat va qushxonalar sexlarning devorlari silliq yarim doira, yuvish, tozalash va zararlantirish (dezinfeksiya qilish) tadbirlari olib borish uchun qulay bo‘lishi lozim. Barcha sex (mol so‘yish, mahsulotlarga qayta ishlov berish, ichak-chavoq, ichki organlar, al’bumin, kolbosa, chala tayyor mahsulotlar, tibbiyot pereparatlari va boshqa) larning poli metall plitalar bilan qoplangan, yo‘laklar devoriga va polariga esa sirlangan plitalar yotqizilgan bo‘lishi kerak. Sexlarning poli suv bemalol oqib ketadigan, shungdek, issiq va sovuq suv bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Go‘sht va go‘sht mahsulotlari qayta ishlanadigan korxonalardagi asbob va uskunalar tez yuviladigan, tozalanadigaan, tozalanadigatiradigan bo‘lishi lozim. Stollarning usti zanglamaydigan tunukalar, yoki marmartosh plitalar bilan qoplangan bo‘lishi kerak.
Go‘sht kombinatlari va ulardagi sexlar. Go‘sht kombinatlari har tomonlama mexanizatsiyalashtirilgan katta korxona bo‘lib, uning tarkibida: mol bazasi, asosiy ishlab chiqarish va yordamchi sexlar, shuningdek idora binosi bo‘ladi.
Bulardan tashqari, ishlari uchun turar joy, bolalari yasli bog‘chalari, oshxona, sport maydonchalari va boshqa binolarning bo‘lishi maqsadida muvofiqdir. Asosiy sexlar: mol bazasi, mollar so‘yishdan oldin saqlanadigan sex, so‘yish va nimtalar sexi, chiqindilarni qayta ishlash sexi, shuningdek, ichak, teri tuzlash, texnik mahsulotlari, al’bumin, tibbiyot preparatlari, kolbasa, konserva, somsa, chala tayyor mahsulotlar, go‘sht qadoqlash, keng iste’mol mahsulotlari sexlari, muzxona va boshqalardan tashqi l topgan.
Yordamchi va qo‘shimcha sexlar: go‘sht muzlatish sexi, qozonxona, yordamchi stansiya, suv bilan ta’minlovchi sex, kanalizatsiya va gigiyena sexi, bochqa-yashiklar tayyorlash sexi shular jumlasidandir.
Veterinariya va sanitariya nazorati olib borish uchun ham maxsus bino hamda xonalar ajratiladi. Umuman, yirik go‘sht kombinatlari uchun 5-7 qavatli, o‘rtachalari uchun 4-5 qavatli va kichiklari uchun 2-3 qavatli binolar ko‘riladi. Ularning mahsulot ishlab chiqarish quvvati ham har xil bo‘ladi. Masalan, yiriklari bir smenada 1000 boshdan ko‘proq mol so‘yib, 10t go‘sht chiqarib bersa, o‘rtacha 50-1000 bosh qoramol suyib, 6t, kichiklari 50-150 bosh mol so‘yib, 2-4t go‘sht tayyorlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Umuman, go‘sht kombinatdagi barcha sexlar bir-biri bilan bog‘liq va aloqa bo‘ladi, bu esa kombinat faoliyatini yuqori darajada olib borish imkonini beradi
Download 18.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling