5 mg/m3 - 100 %
x - 30 % ,
u holda x= = 1,5
Ushbu hisob-kitoblardan xulosa shuki, havoni CO gazidan tozalagandan keyin, tozalangan havo tarkibida CO ning konsentratsiyasi 1,5 mg/m3 ni tashkil etgan bo`lsa, bu RECHK sining 30 % ni tashkil etadi demak, havo tozalangan va u inson hayoti, o`simliklar va hayvonot dunyosi uchun zararsiz hisoblanadi.
Har bir tozalash qurilmasining texnik imkoniyatlari va iqtisodiy ko`rsatkichlari quyidagilar bilan belgilanadi.
Tozalash qurilmasining ishlash samaradorligi
Ushbu ko`rsatkich tozalash qurilmasida havodagi changni qancha miqdorda ushlab qolinganligini ko`rsatadi. Masalan, tozalash qurilmasiga m1 kg changli havo kirib, unda m2 kg chang ushlab qolindi. Bunda qurilmaning ishlash samaradorligi quyidagi formula bilan % larda hisoblanadi:
η = *100% (1)
Agar havo tarkibidagi changning konsentratsiyasi ma`lum bo`lsa, unda tozalash qurilmasining ishlash samaradorligi quyidagi formula bilan hisoblanadi:
η = *100% (2)
bu yerda CK – qurilmaga kirayotgan changli havo tarkibidagi changning
konsentratsiyasi, mg/m3;
Co- tozalangan havo tarkibidagi qoldiq changning konsentratsiyasi, mg/m3;
Shuni alohida ta`kidlash joizki, muhandislik amaliyotida changli havo tarkibidagi kichik zarrachalarni bitta tozalash qurilmasida butunlay ajratib bo`lmaydi. Shuning uchun tozalash jarayonlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, ya`ni avval yirik zarrachalar chang cho`ktirish kameralarda, so`ngra kichik zarrachalar elektr filtrlarda ushlab qolinadi.
Har bir qo`llanilgan tozalash qurilmaning ishlash samaradorligi havoni tozalash darajasi (n) bilan aniqlanadi:
n= *100%= *100% (3)
bu yerda: m1– tozalanmagan havo tarkibidagi qattiq zarrachalar miqdori, kg.
Do'stlaringiz bilan baham: |