Tozalash qurilmasining solishtirma energiya sarfi.
Ushbu ko`rsatkich 1000 m3 hajmdagi changli havoni tozalashda sarflangan energiya miqdorini ko`rsatadi va u tozalash qurilmasining tejamkorligini ifodalaydi (m3/k Vt·soat).
Tozalangan havo yoki gazning qiymati (narxi)
Ushbu ko`satkich har 1000 m3 tozalangan havo yoki gaz uchun sarflangan mablag’ni ifodalaydi (m3/so`m).
Sinov savollari
Havo va gazlarni boshqa aralashmalardan tozalash uchun qaysi usullardan qo`llaniladi?
Havo va gazlarni boshqa moddalardan tozalash uchun qaysi qurilmalardan foydalaniladi?
Qaysi maqsadlarni ko`zlab, havo yoki gazlar tozalanadi?
Qachon havo yoki gaz tozalangan hisoblanadi?
Tozalash qurilmasining texnik – iqtisodiy ko`rsatgichlariga uning qaysi ko`rsatgichlari kiradi?
Tozalash qurilmasining ishlash samaradorligi qaysi formulalar yordamida hisoblanishi mumkin?
Agar changlangan havo yoki gaz ikki bosqichda tozalansa, tozalash qurilmalarining umumiy ishlash samaradorligi qaysi formula yordamida hisoblanadi?
Agar changlangan havo yoki gaz n marotaba qayta – qayta tozalansa, tozalash qurilmalarining umumiy ishlash samaradorligi qaysi formula yordamida hisoblanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |