2-amaliy mashg’ulot: INSON ORGANIZMINING JISMОNIY YUKLАMАLАRDА ОRGАNIZMDАGI FUNKSIОNАL O’ZGАRISHLАR
Amaliy mashg’ulot maqsadi:
Amaliy mashg’ulot davomida inson organizmining jismоniy yuklаmаlаrdа оrgаnizmdаgi funksiоnаl o’zgаrishlаrini hamda sport faoliyati paytida organizmda yuzaga keladigan funksional holatlar, startoldi holati va tayyorlanish mashqi haqida amaliy ko’nikma va malakalar hosil qilish.
Amaliy mashg’ulot reja:
Sport faoliyati paytida organizmda yuzaga keladigan funksional holatlar
Startoldi holati va tayyorlanish mashqi
Amaliy mashg’ulot borishi:
Sport faoliyati paytida organizmda yuzaga keladigan funksional holatlar
Startoldi holati, ishni (mashqni bajarishni) boshlashdan oldingi funksional o‘zgarishlar bilan tavsiflanadi.
Ishchi davrida, ishning eng dastlabki davrida funksiyalarning tez o‘zgarishi — ishga kirishish holati va uning ketidan keladigan, asosiy fiziologik funksiyalarning o‘zgarmas (aniqrog‘i, sekin o‘zgaradigan)
holati, ya’ni turg‘un holat farqlanadi. Mashqni bajarish jarayonida charchash rivojlanadi va u, ishchanlik qobiliyatining pasayishida, ya’ni mashqni talab darajasida jadal bajarishni davom ettirish
imkoniyatining bo‘lmasligida, yoki ushbu mashqni bajarishdan to‘liq voz kechishda namoyon bo‘ladi.
Funksiyalarning dastlabki, ishdan oldingi darajasigacha qayta tiklash, mashq to‘xtatilganidan keyingi ma’lum vaqt davomidagi organizmning holatini tavsiflaydi.
Ushbu davrlarning har biri, organizm holatida turli tizimlar, a’zolar va umuman butun organizm fiziologik funksiyalarining o‘ziga xos alohida dinamikasini tavsiflaydi. Ushbu davrlarning mavjudligi, ularning o‘ziga xosligi va davomiyligi, avvalambor, bajarilayotgan mashqlarning xarakteri, jadalligi va davomiyligi, ularni bajarish shartlari hamda sportchining mashq qilganlik darajasi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |