1-amaliy mashg’ulot: jismоniy yuklаmаlаrgа mоslаshishi (аdаptаtsiya) vа оrgаnizmning zаhirа imkоniyatlаri amaliy mashg’ulot maqsadi


Startoldi holati va tayyorlanish mashqi


Download 66.31 Kb.
bet5/25
Sana13.02.2023
Hajmi66.31 Kb.
#1194486
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
12FFFF

Startoldi holati va tayyorlanish mashqi

Mushak ishini bajarishdan oldin, uni kutish jarayonidayoq, organizmning har xil funksiyalarida bir qator o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.


Ushbu o‘zgarishlarning ahamiyati — amalga oshiriladigan faoliyatni muvaffaqiyatli bajarishga organizmni tayyorlashdan iborat.
Startoldi holati. Funksiyalarning startoldi o‘zgarishlari ma’lum bir davrda — mushak ishining boshlanishidan bir necha daqiqa, soat va hattoki kunlar oldin sodir bo‘ladi (agar, mas’uliyatli musobaqalar to‘g‘risida gap ketayotgan bo‘lsa). Ayrim hollarda, startdan oldingi (ishdan oldingi) oxirgi daqiqalar uchun xarakterli bo‘lgan, alohida startoldi holat ajratiladi, bu paytdagi funksional o‘zgarishlar alohida ahamiyatga ega. Ular, funksiyalarni tez o‘zgarishi fazasiga bevosita
ishning boshlanishida o‘tadi (ishga kirishish davri).
Startoldi holatida, organizmning turli funksional tizimlarida turlituman qayta qurishlar sodir bo‘ladi. Ularning ko‘pchiligi, ish vaqtida sodir bo‘ladigan qayta qurishlarga o‘xshash: nafas olish tezlashadi va chuqurlashadi, ya’ni O‘V ortadi, gaz almashinuvi (kislorod iste’moli) kuchayadi, yurak qisqarishlari tezlashadi va kuchayadi (yurakdan qonning haydalishi ortadi), arterial qon bosimi (AB) ortadi, mushaklarda va qonda sut kislotasining konsentratsiyasi ortadi, tana harorati oshadi va h.k. Shunday qilib, organizm, o‘z faoliyatini boshlashidan oldin, o‘ziga xos «ishchi darajaga» o‘tadi va bu, odatda, ishni muvaffaqiyatli bajarishga ko‘maklashadi.
Funksiyalarning startoldi o‘zgarishlari, o‘zining tabiatiga ko‘ra, shartli reflektorli asab va gumoral reaksiyalar hisoblanadi. Ushbu holatda, shartli reflektorli qo‘zg‘atgichlar bo‘lib, bajariladigan faoliyatning joyi, vaqti hamda ikkinchi signal tizimi, nutq qo‘zg‘atuvchilari xizmat qiladi. Bunda, hissiyot reaksiyalari muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun, organizmning funksional holatidagi eng katta o‘zgarishlar sport musobaqalaridan oldin kuzatiladi. Shu bilan birga, kutilayotgan o‘zgarishlarning darajasi va xarakteri, ushbu musobaqani sportchi uchun ahamiyatliligi bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Kislorod iste’moli, asosiy almashinuv, O‘V startdan oldin, odatdagi tinchlik holatidagi darajasidan 2—2,5 marta ortiq bo‘lishi mumkin.
Sprinterlarda (1.7-rasmga qarang), tog‘ chang‘isi ustalarida, startdagi YUQCH daqiqasiga 160 zarba bo‘lishi mumkin. Bu, bosh miya limbik tizimi (gipotalamus, po‘stloqning limbik bo‘lagi)
tomonidan faollashtiriladigan simpatoadrenal tizim faoliyatining kuchayishi bilan bog‘liq. Ushbu tizimlarning faolligi ishning boshlanishidan avval ortadi, bu esa noradrenalin va adrenalin konsentratsiyasining ortishidan dalolat beradi. Katexolaminlar va boshqa gormonlarning ta’siri ostida jigarda glikogenni, yog‘ deposida yog‘larning parchalanish jarayonlari tezlashadi, qonda energetik substratlarning — glukoza, erkin yog‘ kislotalarining miqdori ortadi. Xolinergik tolalar orqali simpatik faollikning kuchayishi, skelet mushaklarida glikolizni jadallashtirib, ularning qon tomirlarini kengayishini chaqiradi (xolinergik vazodilatatsiya).
Startoldi siljishlarning darajasi va xarakteri, ko‘pincha, mashqning o‘zini bajarish vaqtida sodir bo‘ladigan funksional o‘zgarishlarning xususiyatlariga mos keladi. Masalan, yugurib o‘tish masofasi
qanchalik qisqa bo‘lsa, YUQCH start oldidan o‘rtacha shunchalik yuqori, ya’ni mashqning o‘zini bajarish vaqtidagi YUQCH dan ham yuqori bo‘ladi. O‘rtacha masofalarga yugurishni kutish oldidan, sistolik hajm sprinterlik yugurish oldidagiga nisbatan ko‘proq ortadi.

Download 66.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling