1-amaliy mashg‘ulot Minerallarning shaffofligi, rangi va chizig‘ining rangini o‘rganish Ishning maqsadi


Download 162,92 Kb.
bet25/37
Sana05.09.2023
Hajmi162,92 Kb.
#1673135
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37
Bog'liq
mineralogiya amaliy

Silvin — KCl


Singoniya kubik.
Rangi - suvdek shaffof va rangsizdir, oq, och qizil, pushti rangli bo‘ladi.
Yaltirashi shishasimon
Qattiqligi 1,5 — 2
Solishtirma og‘irligi 1,97 - 1,93
Mustahkamligi mo‘rt
Ulanish tekisligi o‘ta mukammal.
Paydo bo‘lishi, assotsiatsiyasi, konlari, amaliy ahamiyati.
Silvin quriy boshlagan sho‘r suvli ko‘llarda paydo bo‘ladi. Ko‘llardagi namakoblardan eng keyin cho‘kadigan tuzlar bilan bir qatorda cho‘kadi, shuning uchun ham u tuz uyumlarining ustki qismida topiladi. Sublimatsiya mahsuloti sifatida u vulqon kraterlarining devorlarida va qotib qolgan lava darzlarida uchraydi.
Solikamsk (Perm shahridan 35km shimolda joylashgan), Stassfurt (G‘arbiy va Sharqiy Germaniya), Elzas (Fransiya) konidan qazib chiqariladi. Kaliy tuzlarining ancha ko‘p qismi dalalarni o‘g‘itlash uchun sarf bo‘ladi Oz qismi (5% ga yaqini) kimyo sanoatida KON, K2S3, KNO3 KSlO 3, KMn4, KSN, XV2, K3 va boshqa birikmalar olish uchun ishlatiladi. Bu birikmalar har xil maqsadlarda meditsinada, parfyumeriyada, pirotexnikada, fotografiyada, junlarni tozalash uchun, qog‘oz sanoatida, shisha (xrustal va yuqori sifatli qalin tosh oyna), lak-buyoq va boshqalar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.


Flyuorit — CaF2


«Flyuorum» - F elementining lotincha nomidir.
Sinonimi: plavik shpat. Bu mineral horga boy boshqa minerallar kabi ma’danlarning erishini tezlashtiradigan yaxshi flYus (qo‘shimcha)dir.
Singoniya kubik.
Rangi. Kamdan-kam rangsiz va suvdek shaffof bo‘ladi. Ko‘p hollarda: sariq, yashil, havo rang, gunafsha, ba’zan qoramtir gunafsha rangli.
Yaltirashi - shishasimon.
Qattiqligi - 4.
Solishtirma og‘irligi - 3,18.
Mustahkamligi - mo‘rt.
Ulanish tekisligi - mukammal.

Paydo bo‘lishi, assotsiatsiyasi, konlari, amaliy ahamiyati.


Asosiy massasi gidrotermal jarayonlarda paydo bo‘ladi. Ba’zi bir cho‘kindi jinslarda ham bo‘ladi, lekin bunda uncha uyumlar hosil qilmaydi va ularning tarkibida F ko‘p bo‘lmaydi. Flyuorit yo‘ldosh sifatida juda ko‘p rangli va siyrak metallarning konlaridan topiladi. Kalonguy koni (Zabaykaleda) qumtoshlar bilan slaneslar orasida joylashgan keng brekchiya tomirlaridan iborat bo‘lib, har xil (oq, sariq va qizg‘ish-sariq) konsentrik-zonalar va nayzasimon agregatlardan iborat. Cho‘kindi bo‘lib paydo bo‘lgan tuproqsimon flyuorit (rashovkit) Vyerei shahri (Moskva viloyati) yaqinida dolomitlashgan ohaVoshlarda, Burchmulla qishlog‘ida (Toshkent viloyati) da uchraydi.
Flyuoritning ancha qismi (70% ga yaqini) metallurgiyada oson eriydigan shlaklar olish uchun ishlatiladi. Kimyo sanoatida flyuritdan bir qator flor birikmalari olinadi. Plavik kislota (NF ning suvdagi eritmasi) oynalar ustiga naqshlar tushirishda, natriy o‘ta oksididan vodorod o‘ta oksidi (piroksid) olishda, keramikada emal bilan glazurlar olish uchun ham qo‘llaniladi. Kristallarning shaffof va rangsiz xillari mikroskop obyektivlaridagi sferik va xromatik operatsiyalarni yo‘qotuvchi linzalar tayyorlashda ishlatiladi.



Download 162,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling