1-amaliy mashg‘ulot Minerallarning shaffofligi, rangi va chizig‘ining rangini o‘rganish Ishning maqsadi
Download 162.92 Kb.
|
mineralogiya amaliy
Korund — Al2O3
Bu mineral dastlab Hindistonda shu nom bilan atalgan. Korundning shunday polimorf modifikatsiyalari ma’lum: 1) alfa-korund-trigonal, tabiiy sharoitda ko‘proq barqaror bo‘lib, bir-biridan katta farq qiladigan (5000 — 15000 C) haroratda vujudga keladi; 2) betta-korund-geksagonal bo‘lib, juda Yuqori haroratda turg‘un, alfa-A12O3 15000-1800°C haroratda betta A12O3 ga aylanadi; 3) A12O3-kubik, kristall strukturasi shpinel tipida. Singoniya ditrigonal skalenoedrik. Rangi. ko‘proq ko‘kish yoki sarg‘ish-kulrang (xira, yarim shaffof xillarida). Qimmatbaho shaffof korundning xillari: leykosapfir-rangsiz, sapfir-ko‘k, rubin-qizil, "sharq topazi"- sariq "sharq ametisti"- binafsha rang, "sharq zumradi" - yashil. Yaltirashi - shishasimon Qattiqligi - 9 Solishtirma og‘irligi - 3,95 - 4,10 Ulanish tekisligi - yo‘q Paydo bo‘lishi, assotsiatsiyasi, konlari, amaliy ahamiyati. Korund magmatik sharoitda sienitlarda dala shpatlari bilan birga uchraydi, pegmatitlarda korund amaliy ahamiyatga ega. KontaV- metasomatik konlari magmatik jinslar yaqinida, kristallangan ohaVoshlar orasida hosil bo‘ladi. Korundning qimmatbaho xillari (yoqut, sapfir va boshqalar) uchraydi. Korundli jinslar, shuningdek, glinayozyomga boy cho‘kindilar (boksitlar) regional metamorfizm natijasida magmatik jinslarga bevosita bog‘liq bo‘lmagan holda ham paydo bo‘lishi mumkin. Korund kimyoviy jihatdan juda barqaror mineral bo‘lib, ko‘pincha sochilmalar orasida uchraydi. Gidrotermal jarayonlarda ilgari paydo bo‘lgan korund ba’zan gidrotatsiya ta’siriga beriladi, ya’ni diaspor (NAlO2)ga aylanadi. Korund dala shpatlari, andaluzit, sillimanit, rutil, diaspor kabi minerallar bilan bir assotsiatsiyada uchraydi. Konlari Semiz-Bug‘i (Qozog‘iston), Shakarsoy, Oqtosh (O‘zbekiston), Kishtim (Ural, Rossiya), Hindiston Tailandda uchraydi. Korund juda qattiq mineral bo‘lib asosan abraziv material sifatida ishlatiladi. Buyumlarni jilolash, tarashlash uchun, charx toshlar, disklar, jilvir qog‘oz va kukunlar tayyorlashda shaffof rangli xillari zargarlikda qimmatbaho tosh sifati ishlatiladi. Download 162.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling