1-amaliy mashg‘ulot Minerallarning shaffofligi, rangi va chizig‘ining rangini o‘rganish Ishning maqsadi


Download 162.92 Kb.
bet19/37
Sana05.09.2023
Hajmi162.92 Kb.
#1673135
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37
Bog'liq
mineralogiya amaliy

Kinovar — Hg S
Mineralning nomi Hindistondan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi.
Bu yerda qizil smola va «ajdar qoni» shunday nom bilan ataladi. Hg S ning kubik modifikatsiyasi metatsinnabarit deyiladi.
Singoniya trigonal - trapetsoedrik. Kinovar mayda qalin tabletkachasimon, ba’zan trapetsoedr yonlari mavjud bo‘lgan romboedrik kristallar shaklida topiladi. Qo‘shaloq kristallarining borligi ham haraVerlidir. Ko‘proq noto‘g‘ri shakli xol - xoli donalar, ba’zan yaxlit massalar va kukunsimon gardlar, Yupqa po‘stlar ko‘rinishda uchraydi.
Rangi qizil, ba’zan qo‘rg‘oshindek kulrang bo‘lib tovlanadi. Yaltirashi - Yarim metall — metalsimon
Qattiqligi — 2 — 2,5 Solishtirma og‘irligi — 8,03 Mustahkamligi - mo‘rt Ulanish tekisligi – mukammal.
Paydo bo‘lishi, assotsiatsiyasi, konlari, amaliy ahamiyati.
Kinovar konlari faqat past tempyeraturada paydo bo‘lgan gidrotermal konlarga kiradi. Kinovar bilan bir assotsiatsiyada uchraydigan ma’dan minerallar: antimonit, pirit, kamroq arsenopirit, realbgar, ba’zan sfalerit, Xalkopirit va boshqalar. Konlari, Qorasuv (O‘zbekiston), Haydarkon, Chau-vay (Qirg‘iziston), Nikitovka (Ukraina), Xideshlepsk (Kavkaz), Albmaden (Ispaniya), Idriya (Yugoslaviya). Kinovar simob olinadigan birdan-bir manba’dir. Sof tug‘ma simob tabiatda juda kam topiladi. Simob oltinni tub konlaridan kavlab chiqarishda, uni amalgamalashda, ximikatlar tayyorlashda, portlovchi simob Ng(SNO) detonatorlar uchun portlovchi modda tayyorlashda ishlatiladi.


Antimonit — Pb2S3
Mineralning nomi lotincha “antimonium” - surma so‘zidan kelib chiqqan. Sinonimlari: stibnit, surma yaltirog‘i.
Singoniya rombik.
Rangi va chizig‘i - qo‘rg‘oshindek kulrang. Yaltirashi — metalldek
Qattiqligi - 2-2,5 Solishtirma og‘irligi — 4,6 Mustahkamligi - mo‘rt.
Ulanish tekisligi mukammal va mukammal emas.
Paydo bo‘lishi, assotsiatsiyasi, konlari, amaliy ahamiyati.
Antimonitning asosiy massasi quyi haroratda paydo bo‘lib, kvars bilan birga alohida tomir va qatlamga o‘xshash uyumlar hosil qilib gidrotermal konlardan topiladi. Kinovar, flyuorit, kvars, kalsit, barit bilan bir assotsiatsiyada uchraydi. Yo‘ldosh sifatida deyarli doimo Kinovar, realbgar, auripigment konlarida, kamdan-kam qo‘rg‘oshin, rux va boshqa minerallar konlarida uchraydi. Oksidlanish zonasida ancha osonlik bilan parchalanib, surmaning turli sariq va ba’zan qo‘ng‘ir rangli oksidlariga (valentinit, syervantit, senarmontit, kyemezit) aylanadi. Konlari, Kokpatas (O‘zbekiston) Qadamjoy (Qirg‘iziston), Razdolbninsk (Rossiya), Shikoku (Yaponiya). Antimonit ma’danlari turli sohalarda ishlatiladigan surmaning asosiy manbadir. Ko‘pincha antifriktsion (yedirilmaydigan) xususiyatga ega bo‘lgan qotishmalar (podshipniklar uchun babitlar) tayyorlash uchun ishlatiladi. Rezina sanoatida (rezinalarni vulkanizatsiyalash uchun), to‘qimachilik sanoatida (gazlamalarga shimdirish uchun), shisha sanoatida, meditsina va boshqa sohalarda ishlatiladi.



Download 162.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling