1-amaliy mashg‘ulot Minerallarning shaffofligi, rangi va chizig‘ining rangini o‘rganish Ishning maqsadi


Download 162,92 Kb.
bet18/37
Sana05.09.2023
Hajmi162,92 Kb.
#1673135
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37
Bog'liq
mineralogiya amaliy

Nazorat savollari:


  1. Grafitning xossasi, hosil bo‘lishi va xo‘jalikdagi ahamiyati qanday?

  2. Oltin va misning bir-biriga o‘xshashligi va o‘ziga xos xossalari nimalardan iborat?

  3. Qanday elementlar sof holda uchraydi?

  4. Sulfidlar nima?

  5. Galenit bilan birga uchraydigan minerallarni aytib bering.



10-amaliy mashg‘ulot.


Minerallar jadvalini tuzishni o‘rganish. Sulfidlar.


Ishning maqsadi Amaliy mashg‘ulot ishimizdan maqsad minerallarning muhim diagnostik xususiyatlarini aniqlash, ularning hosil bo‘lishini va sanoatdagi amaliy ahamiyatini o‘rganish.
Nazariy asoslari: Sulfid minerallari tarkibiga metallarning oltingugurtli, selenli, tellurli, margimushli va surmali birikmalari kiradi. Sulfid birikmalari hosil qiladigan kimyoviy elementlarning soni 40 tadan oshiq. Minerallarning soni 300 dan ortiq.

  1. Molibdenit — MoS

  2. Kinovar — Hg S

  3. Antimonit - Sb2S3

  4. Auripigment — As2S

  5. Realgar - AsS

  6. Vismutin — BiS2

  7. Xalkozin — CuS

  8. Pirotin - FeS2

Molibdenit — MoS2


Mineralning nomi Yunoncha "molibdos" - qo‘rg‘oshin degan so‘zdan kelib chiqqan. Sinonimi: molibden yaltirog‘i.
Singoniya geksagonal.
Rangi qo‘rg‘oshindek-kulrang. Chizig‘i kulrang bo‘lib yashilroq tovlanib turadi
Yaltirashi — metalldek. Qattiqligi — 1
Solishtirma og‘irligi — 4,7 - 5,0
Mustahkamligi - Yupqa varaqchalari egiluvchan. Ulanish tekisligi - o‘ta mukammal.
Paydo bo‘lishi, assotsiatsiyasi, konlari, amaliy ahamiyati.
Molibdenit konlari nordon magmatik tog‘ jinslari asosan granit va granodioritlar bilan bog‘liq bo‘lib, ularning orasida ba’zan siyrak xol-xol shaklida topiladi. Pegmatit tomirlarida oz miqdorda ko‘pincha amaliy ahamiyatga ega bo‘lmagan darajada uchraydi. Molibdenitning sanoatbob konlari gidrotermal jarayonlar bilan bog‘liq. Konlari kvars tomirlari yoki kvarslangan jinslar orasida ayniqsa keng tarqalgan, yo‘ldosh minerallardan Slyudalarning mayda tangachalari, flyuorit, volframit, kamroq Berill, turmalin, boshqa xil sharoitlarda esa xalkopirit, pirit, pirrotin, sfalerit va boshqa sulfidlar bilan topiladi. Konlari Qalmaqir, Langar (O‘zbekiston), Kolorado (AQSH), Klaymaks (Kanada). Sanoatda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan metall molibden olinadigan birdan-bir sanoatbob manbadir. Butun dunyo bo‘yicha qazib chiqarilgan metallning 90% ga yaqini turli yuqori sifatli po‘lat ishlab chiqarish uchun sarflanadi. Qolgan qismi elektrotexnikada, bo‘yoqchilik ishlarida, simsiz telegrafda, kimyo sanoatida ishlatiladi.

Download 162,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling