1-amaliy mashg‘ulot Minerallarning shaffofligi, rangi va chizig‘ining rangini o‘rganish Ishning maqsadi
Download 162.92 Kb.
|
mineralogiya amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Berill — Be3Al
Topaz — Al2[SiO4][F,OH]
Mineralning nomi qizil dengizdagi Topazos oroli nomidan kelib chiqqan. Singoniya rombik. To‘g‘ri tuzilgan kristallari faqat bo‘shliqlarda uchraydi. Ko‘pincha, pinakoid, dipiramidalar va boshqa shakllari ko‘proq uchraydigan prizmatik qiyofada kristallar tarzida tarqalgan. Rangi rangsiz, uning suvdek shaffof xillari ancha kam uchraydi. Ko‘p paytlarda och sariq, sarg‘imtir, somon-sariq, och havo rang, och binafsha, och pushti, kamdan-kam qizil. Yaltirashi – shishadek Qattiqligi — 8 Solishtirma og‘irligi — 3,52 — 3,57 Ulanish tekisligi - mukammal. Sinig‘i — chig‘anoqsimon Paydo bo‘lishi, assotsiatsiyasi, konlari, amaliiy ahamiyati. Topaz asosan nordon magmatik tog‘ jinslari (granitlar, riolitlar orasidagi miarolit bo‘shliqlik1arda va ayniqsa pegmatit tomirlarda ko‘p uchraydi. Greyzenlarda Slyudalar, kassiterit, volframit, ba’zan sulfidlar va boshqa minerallar bilan birga uchraydi. Topazning dala shpatlari, kvars va boshqa minerallar o‘rnida paydo bo‘lgan psevdomorfozlari borligi ham aniqlangan. Ba’zan slaneslar, gneyslar va boshqa jinslar orasida, gidrotermal tomirlarda ham uchraydi. Konlarning nurashida topaz deya kimyoviy ta’sirlar natijasida o‘zgarmaydi. Uning sochilmalar orasidan silliqlangan holda topilishi (tub konlari yaqinida) shu bilan tushuntiriladi. Topaz bilan bir assotsiatsiyada flyuorit, turmalin, tutun rangli kvars, Berill, kassiterit , dala shpatlari uchraydi. Konlari Alaboshqa, Yujakov, Murzinka, Ilmen (Rossiya), (Ukrainada) - Volini, Braziliyada uchraydi. Topazning shaffof rangi chiroyli kristallari va bo‘laklari qimmatbaho tosh sifatida ishlatiladi. Berill — Be3Al2[Si6O18] Mineralning nomi Yunoncha «Berillo» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib qimmatbaho ko’k tosh demakdir. Bu mineral, tarkibida Berilliy bo‘lgan minerallarning Yer po‘stida ko‘p tarqalgan hisoblanadi. Singoniya geksagonal. Odatda jins orasida xol-xol bo‘lib alohida- alohida joylashgan, ba’zan, druza holida yonma-yon o‘sgan kristallar shaklida uchraydi. Nayzasimon agregatlardan iborat yaxlit massalari juda kam uchraydi. Rangi - och yashil, sariq, sarg‘ish-yashil, havorang, tiniq yashil, pushti, zumrad-och yashil, akvamarin-tiniq, ko‘kimtir-havo rang, vorobevit-pushti rangli. Yaltirashi - shishadek Qattiqligi — 7,5 - 8 Solishtirma og‘irligi — 2,63 — 2,91 Mustahkamligi - mo‘rt Ulanish tekisligi - nomukammal Sinig‘i - chig‘anoqqa o‘xshash yuzalar hosil qilib sinadi. Paydo bo‘lishi, assotsiatsiyasi, konlari, amaliy ahamiyati. Berill nordon intruziv jinslar orasidagi pegmatit tomirlarda yoki jihatdan pegmatitlar bilan bog‘liq bo‘lgan reaksion-metasomatik mahsulotlar yon jinslarda ko‘p uchraydi. Berill kimyoviy barqaror mineral bo‘lib, tub konlarining nurashi va Yuvilishi jarayonida sochilmalarga o‘tadi. Berill bilan bir assotsiatsiyada, dala shpatlari, Slyudalar, topaz, turmalin, flyuorit, ba’zan fenakit, xrizoberill, volframit, kassiterit , arsenopirit, molibdenit va boshqalar xam uchraydi. Konlari Tigyeretskie belki, Sherlovaya gora, Adunchilong (Rossiya), AQSHda, Kolumbiyada, Braziliyada, Hindistonda, Janubiy Afrikada uchraydi. Chiroyli, shaffof, zumrud va akvamarin kabi xillari zargarlik ishlarida qo‘llaniladi. Download 162.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling