1-amaliy mashg‘ulot Minerallarning shaffofligi, rangi va chizig‘ining rangini o‘rganish Ishning maqsadi
Download 162.92 Kb.
|
mineralogiya amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sfen — CaTi[SiO 4] O
- Granatlar gruppasi
Turmalin- NaMg6[B3AbSi6O25(OH)5]
Nomi singalezcha “turmali” degan so‘zdan kelib chiqqan, singoniyasi trigonal. Agregatlari ko‘pincha nayzasimon, radial shu’la kabi joylashgan (turmalin quyoshi deb aytiladigan shaUda) chalkashib yotgan ignachalar yoki tolalar holida uchraydi. Yaxlit donador, ba’zan yashirin kristallangan massalar holida ham uchraydi. Turmalin rangi juda turli tuman bo‘lib, u asosan kimyoviy tarkibi bilan bog‘liq. Turmalinning temirsiz xillari-pushti, qizil, sariq va yashil, magnezial temirli ili esa-qora, qo‘ng‘ir, qoramtir-yashil bo‘ladi. Ayrim paytlarda bir kristallning o‘zi turli xil rangli bo‘ladi, ya’ni bo‘yi yoki eni yo‘nalishi bo‘yicha rangi o‘zgarib borishi mumkin. Bunday turmalinlar polixrom degan nom olgan. Qattiqligi 7-7.5. Solishtirma og‘irligi 2,9-3,25. Turmalin asosan pnevmatolit va gidrotermal jarayonlarda hosil bo‘ladi. U pegmatit va kvars tomirlarida kvars, dala shpatlari, Slyudalar, kassiterit, topaz va flyuorit bilan bir assotsiatsiyada uchraydi. Turmalinning O‘zbekistonda shyerl, dravit, elbait, vanadiyli va titanli xillari topilgan. Turmalinning shaffof rangli tiniq chiroyli xillari zargarlikda ishlatiladi. Sfen — CaTi[SiO4]OMineral nomi grek so‘zi “sfen” — pona so‘zidan kelib chiqqan. Singoniyasi monoklin. Sfenning rangi sariq, jigarrang, yashil, ba’zan qizil va kulrang. Yaltirashi olmossimon, ulanish tekisligi mukammal emas. Qattiqlig 5-6, solishtirma og‘irligi 3,3-3,6. Hosil bo‘lishi jihatidan sfen magmatik va metamorfik mineral hisoblanadi. Gidrotermal jarayonlarda hosil bo‘lgan sfen ham ma’lum. Titan oksidi olish uchun xizmat qiladi. Granatlar gruppasiBu gruppaning nomi lotincha “granatus” — donga o‘xshash degan so‘zdan kelib chiqqan. Pirop — grekcha “piropos” olovga o‘xshash degan so‘zdan kelib chiqqan, uning to‘q qizil rangiga qarab shunday nom berilgan. Almandin — kichik Osiyodagi Alabanda degan joyning buzib talaffuz etilgan nomi. Spessartin — Bovariyadagi Spessart konining nomiga qo‘yilgan. Grossulyar — krijovnik o‘simligining lotincha nomiga qarab qo‘yilgan, rangi shu o‘simlik rangiga o‘xshaydi. Andradit — birinchi marta shu mineralni ta’riflagan Portugaliya minerologi d’andrada nomi bilan atalgan. Uvarovit — ministr Uvarov sharafiga atalgan. Yaxshi qirralangan kristallar holida topilishi granatlar uchun haraVerlidir. Singoniyasi kubik. Yaltirashi shishasimon, ba’zan olmosga yaqin, ulanish tekisligi mukammal emas. Qattiqligi 6,5-7,5. Granatlar magmatik sharoitda metamorfik jarayonlarda hamda skarn jarayonlarda hosil bo‘ladi. Granatlarning chiroyli xillari qimmatbaho tosh sifatida ishlatiladi. Qattiqligi katta bo‘lgan granatlar abraziv material sifatida ishlatiladi. Download 162.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling