1-amaliy mashg‘ulot Minerallarning shaffofligi, rangi va chizig‘ining rangini o‘rganish Ishning maqsadi


Download 162.92 Kb.
bet34/37
Sana05.09.2023
Hajmi162.92 Kb.
#1673135
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
mineralogiya amaliy

Diopsid — CaMg [Si2O6]
Mineralning nomi Yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, "dis"-ikkilangan
(qo‘shaloq) va "opsis"-Yuzaga kelish degan so‘zlardan kelib chiqqan.
Singoniya monoklin. Tufi tuzilgan kristallari bir muncha kam uchraydi. Qo‘shaloq kristallari kam topiladi. Diopsidning yaxlit massalari ko‘pincha donador agregatlar holida, nayzasimon yoki radial shu’la kabi joylashgan yakka-yakka donalardan iborat holda uchraydi.
Rangi - ba’zan rangsiz. Odatda har xil, ko‘proq och xira, yashil yoki
kulrang.
Yaltirashi - shishadek Qattiqligi - 5,5 - 6
Solishtirma og‘irligi - 3,27 - 3,38
Mustahkamligi - mo‘rt
Ulanish tekisligi - o‘rtacha
Paydo bo‘lishi, assotsiatsiyasi, konlari, amaliy ahamiyati.
Diopsid magmatik mineral bo‘lib, asos va o‘ta asos intruziv jinslarda boshqa jinslarda keng tarqalgan. KontaV-metasomatik mahsulotlarda boshqa foydali qazilma konlarning tarkibida ko‘pincha muhim rol o‘ynaydi. Konlari Markaziy Osiyoda, Nazyamsk (Rossiya), Monte-Somma (Italiya)da uchraydi.


14-amaliy mashg‘ulot.


Minerallar jadvalini tuzish ni o‘rganish. Silikatlar.


Ishning maqsadi: Amaliy mashg‘ulotiimizdan maqsad minerallarning muhim diagnostik xususiyatlarini aniqlash, ularning hosil bo‘lishini va sanoatdagi amaliy ahamiyatini o‘rganish.
Nazariy asoslar: Tabiatda ma’lum bo‘lgan mineral turlarining taxminan uchdan bir qismi silikatlarga to‘g‘ri keladi. A.E.Fresmanning hisobi bo‘yicha silikatlar Yer qobig‘ining 75% ni tashkil qiladi. Ko‘pgina silikatlar tog‘ jinsini hosil qiluvchi minerallar safiga kiradi. Deyarli hamma foydali qazilma konlarida silikatlar yo‘ldosh va foydali mineral sifatida ham uchraydi.



    1. Berill Be3Al2[Si6O18]

    2. Turmalin — NaMg6 [B3Al3Si6O25OH5]

    3. Sfen — CaTi[SiO4]O

    4. Pirop — Mg3Al2[SiO4]3

    5. Almandin — Fe3Al2[SiO4]3

    6. Spessartin — Mn3 Al2[SiO4]3

    7. Grossulyar - Ca3 Al2[SiO4]3

    8. Andradit - Ca3 Fe2[SiO4]3

    9. Uvarovit - Ca3 Cr2[SiO4]3

Minerallarni ta’rif1ash jadval quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi:

  1. Mineralning nomi.

  2. Mineralning kimyoviy formulasi.

  3. Mineralning singoniyasi.

  4. Mineralning rangi.

  5. Mineralning Yaltirashi.

  6. Mineralning ulanish tekisligi.

  7. Mineralning qattiqligi.

  8. Mineralning solishtirma og‘irligi.

  9. Mineralning hosil bo‘lishi.

  10. Mineralning amaliy ahamiyati yoki ishlatilishi.



Berill Be3Al2[Si6O18]
Tarkibida Berilliy borligi sababli shunday nom berilgan. Singoniyasi geksagonal.
Berill ko‘pincha shaffof, ochiq ranglarga bo‘yalgan bo‘lib, bazan rangsiz ham bo‘ladi. Odatda u sarg‘ish yoki yashilroq tusdagi oq, har xil tusdagi yashil xillari ham uchraydi. Babzan qoramtir sariq va och pushti rangli bo‘lib ham uchraydi. Berill rangiga ko‘ra quyidagi xillarga ajratiladi:

    1. Zumrad — yoqimli tuyuladigan och yashil xili, qimmatbaxo tosh xisoblanadi. Rangi tarkibidagi xrom aralashmasi bilan bog‘liq.

    2. Akvamarin — tiniq ko‘kimtir-havorang shaffof xili (Nomi lotincha

“akva” suv, marinus”dengiz so‘zlaridan kelib chiqqan).

    1. Vorobyevit — och pushti yoki rangsiz, qisqa prizmatik, ko‘pincha tabletkasimon, tarkibida tseziy bo‘lgan xili (Rus Mineralogi V.M.Vorobyev sharafiga shunday nom bilan atalgan).

    2. Geliodr — sariq rangli shaffof xili (tarkibida Fe2O3 aralashmasi bo‘ladi).

Berillning yaltirashi shishasimon.
Ulanish tekisligi mukammal emas. Notekis, ko‘pincha chig‘onoqqa o‘xshash yuzalar xosil qilib sinadi.
Qattiqligi 7.5-8. Solishtirma og‘irligi — 2.63-2.91.
Ko‘pincha u pegmatit tomirlarda, greyzenlarda, hamda kristallangan slaneslarda uchraydi.
Berill asosan nordon magmatik tog‘ jinslari (granit) va ularning pegmatitlari bilan bog‘liq. Berill bilan bir assotsiatsiyada kvars, dala shpatlari, topaz, turmalin, flyuorit uchraydi.



Download 162.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling