1-amaliy mashg‘ulot. Ta’mirlash ishlarining hajmi, ish tartibi, ishlash vaqti fondini hisoblash Ishdan maqsad


Download 38.47 Kb.
Sana17.10.2023
Hajmi38.47 Kb.
#1705335
Bog'liq
1-amaliy mashg\'ulot


1-amaliy mashg‘ulot.
Ta’mirlash ishlarining hajmi, ish tartibi, ishlash vaqti fondini
hisoblash

Ishdan maqsad: Ta’mirlash korxonalarini loyihalashda ta’mir­lash ishlarining hajmi, ish tartibi, ishlash vaqti fondini hisoblashni o‘rganish.




Reja:

  1. Ta’mirlash korxonasining ish tartibi.

  2. Ishchilarning haqiqiy yillik ish fondi.

Ta’mirlash korxonalarini loyihalashga ishlab chiqarish dasturi asos qilib olinadi. Dastur ta’mirlash obyektini fizik holda yoki uning qandaydir ko‘rinishiga keltirilgan holda ko‘rsatishi mumkin. Dasturda ko‘rsatilgan loyihaning nomi va yil davomida ta’mirlanishi yoki tayyorlanishi lozim bo‘lgan obyektlar soni asosida umumiy mehnat hajmi hisoblanadi.


Ta’mirlash korxonasining ish tartibi: bir yildagi ish kuni soni va sutkadagi ishchi smena, smena davomiyligi (soat)dan iborat bo‘ladi. Bir yildagi ish kuni ishlab chiqarishning xarakteriga (uzlukli, uzluksiz) qarab qabul qilinadi. Ishchi smenalar soni ishlab chiqarish dasturi o‘lchamlari, chiqaziladigan mahsulot xarakteri, jihozlarning yuklamasiga bog‘liq ravishda qabul qilinadi. Odatda, ta’mirlash korxonalari bir yoki ikki smenada ishlaydi. Bu rejimga quyma sex, harorat bilan bog‘liq, sex, quritish uchastkasi, uzluksiz siklda uch smenada ishlaydi.
Smena davomiyligi korxonaning ishlash sharoiti va ish grafigiga bog‘liq. Ish haftasining davomiyligi, normal sharoitda ishlayotgan ishchilar va xizmatchilar uchun 41 soat qabul qilingan, sog‘liqqa zararli bo‘lgan sharoitlarda ishlaydiganlarga 36 soat.
Shunday qilib, har bir smena davomiyligi besh kunlik haftada ikki kun dam olib normal sharoitda ishlovchilar uchun 8,2 soat, sog‘liq uchun zarar sharoitda ishlovchilar 7,2 soat, olti kunlik haftada ishlovchilar uchun mos ravishda 7 va 6 soat.
Hafta davomida qonunda ko‘zda tutilgan ish soatining davomiyligini saqlash uchun normal sharoitlarda smena davomiyligi dam olish va bayram kunlaridan oldin 1 soatga kamaytiriladi va faqat bayramoldida besh kunlik haftada ishlovchilarga 1 soat qisqartiriladi.
Ishchilarning haqiqiy yillik ish fondi ( ) quyidagi ifoda orqali topiladi
, soat (1.1)
bu yеrda, – ishning nominal yillik fondi, soat;
– yillik ish kunini ta’tilga to‘g‘ri kelgan umumiy qiymati;
smena davomiyligi, soat;
– ish vaqtini yuqotish koeffitsiyenti.
Jihozlarning haqiqiy ish fondi (Фx.f) quyidagicha topiladi.
; soat (1.2)
bu yerda, – yillik nominal ish fondi, soat;
sutkadagi smenalar soni;
– jihozlardan foydalanish koeffitsiyenti. Bu koeffitsiyenti texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlashni hisobga oladi, uning qiymati ishchi smena soniga bog‘liq.


Nazorat savollari
1. Ta’mirlash korxonasining ish tartibini tushuntiring?
2. Ishchilarning haqiqiy yillik ish fondini tushuntiring?
3. Jihozlarning haqiqiy ish fondi qaysi ifoda orqali aniqlanadi?
Download 38.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling