1-amaliy mashg'ulot


Energiyaning saqlanish qonuni


Download 254 Kb.
bet3/7
Sana05.01.2022
Hajmi254 Kb.
#217550
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 (1)

Energiyaning saqlanish qonuni

Energiyaning saqlanish qonuniga asosan texnologik jarayonlarni energetik (issiqlik) balansi tuziladi. Jarayonning issiqlik balansini umumiy holda quyidagicha tavsiflash mumkin: jarayonga kiritilayotgan issiqlik miqdori Qkel uni amalga oshirish paytida ajralib chiqayotgan issiqlik miqdoriga Qsarf tengdir:


Qkel = Qsarf . (1-8)
Jarayonga kiritilayotgan issiqlik miqdori tashqi energiya manbaining (masalan, suv bug’ining) issiqligi, qurilmaga kiritilayotgan moddalarning (materiallarning) issiqligi hamda fizik yoki kimyoviy o’zgarishlar issiqliklari yig’indisiga teng.

Jarayonni amalga oshirish paytida ajralib chiquvchi issiqlik miqdori esa qurilmalardan qayta ishlanib chiqayotgan mahsulotlar issiqligi, ishlatilib bo’lingan issiqlik tashuvchilar (masalan, suv bug’i kondensati) va atrof-muhitga tarqalayotgan (yo’qotilayotgan) issiqlik miqdorlarining yig’indisidan tashkil topadi.

Qurilmaga kiritilayotgan va undan chiqayotgan moddalar, o’zlarining agregat holatlariga ko’ra, ma'lum miqdordagi issiqlik energiyasiga ega bo’ladi.

Suyuqliklarning issiqlik energiyasi ularning sarfi G (yoki massasi m), solishtirma issiqlik sig’imi s va haroratining t o’zaro ko’paytmasiga teng bo’ladi.


Q = mct ёки Q = Gct . (1-9)
Suv bug’lari va gazsimon komponentlarning issiqlik energiyasi (kVt)
Q = Di , (1-10)
bu yerda D- komponent sarfi, kg/s; i- komponent bugining ental'piyasi, kJ/kg.

Moddalarning agregat holati o’zgarishi (masalan, bug’ni kondensatsiyalanishi) paytida ajralib chiqayotgan (yoki yutiladigan) issiqlik energiyasi (kVt) quyidagicha hisoblanadi


Q = Wrкн , (1-11)
bu yerda W - agregat holati o’zgarayotgan modda (masalan, ikkilamchi suv bugi) sarfi, kg/s; rкн - kondensatsiyalanish (yoki buglanish) issiqligi, kJ/kg.
Issiqlik qurilmalarining ishchi harorati atrof-muhit haroratidan bir necha marotaba yuqori bo’lishi mumkin. Shu sababdan, jarayonni amalga oshirish mobaynida issiqlik energiyasining bir qismi konvektsiya vа nur chiqarish tufayli atrof - muhitga befoyda tarqaladi. Ushbu yo’qotilayotgan issiqlik energiyasi miqdori quyidagi tenglama yordamida hisoblanishi mumkin:
Q = к Fa (ta – tx) , (1-12)
bu yerda к - konvektiv issiqlik uzatish koeffitsienti, Vt/м2 0С; Fa - qurilmani tashqi yuzasi (sirti), m2; ta - qurilma sirtiga qoplangan issiqlikni himoyalovchi qobiqning tashqi harorati, odatda 40-50 0С; tx - atrof - muhit harorati, 2030 оС.
Issiqlik balansi tenglamasidan jarayonni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan issiqlik tashuvchi agentlar (suv bugi, sovuq suv va b.) sarfi aniqlanadi.

Download 254 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling