1-amaliy mashg'ulot
Massa, energiya va impul's (harakat miqdori) o’tkazish qonunlari
Download 254 Kb.
|
1 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moddani saqlanish qonuni
- "qurilmaga retseptura bo’yicha kiritilayotgan barcha moddalarning massaviy yig’indisi М kir qurilmadan qayta ishlanib chiqayotgan moddalarning massaviy yig’indisiga М
Massa, energiya va impul's (harakat miqdori) o’tkazish qonunlari asosida substantsiya oqimlarining zichligini o’tkazish potentsialidan (gradientidan) bog’liqligi aniqlanadi. O’tkazish qonuniyatlari asosida jarayonlarning intensivligi va ularni amalga oshiruvchi jixozlarning ish unumdorligi aniqlanadi.
Moddani saqlanish qonuni Moddani (massani) saqlanish qonunida ikkita chegaraviy holat mavjud bo’lishi mumkin. Agar sistema bitta fazadagi (masalan, suyuqlik fazasidagi) bir necha n komponentdan iborat bo’lsa, u holda moddani saqlanish qonuniga binoan, barcha komponentlarning massalarini mj yig’indisi sistemaning umumiy massasiga M teng bo’ladi: m1+m2+m3+........+mn =mj = M, (1-1) bu yerda j = 1,2,3,..., n - komponentlar soni. 2. Agar sistema bir necha fazadagi (masalan, bug’, suyuqlik va qattik jism holatidagi) bitta komponentdan iborat bo’lsa, u holda, moddaning saqlanish qonuniga binoan, barcha fazalarning massalarini mfj yig’indisi sistemaning umumiy massasiga M teng bo’ladi, ya’ni: Mf1+mf2 +mf3+ ...mfn = mfj = M , (1-2) bu yerda j =1,2,3,..., n - fazalar soni. Yuqorida ko’rib chiqilgan ikki holat bo’yicha jarayonda qatnashuvchi har bir faza va har bir komponent uchun moddiy balans tenglamalarini tuzish mumkin. Texnologik jarayonda qatnashuvchi barcha moddalar odatda uzluksiz harakatda bo’ladi. Harakatdagi moddiy oqim uchun moddaning saqlanish qonuni, xususiy holda, oqimning uzluksizligi tenglamasi orqali ifodalanadi: Qkir = Qchiq yoki Gkir = Gchiq , (1-3) bu yerda Q va G - oqimning hajmiy (m3/sek) va massaviy (kg/sek) sarflari. Qurilmaning kirish f1 va chiqish f2 patrubkalarining yuzalari ma`lum bo’lsa, ular bo’ylab harakatlanayotgan oqim tezliklari v1 va v2 bo’ladi. Ushbu holat uchun oqimning uzluksizlik tenglamasi quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi: f1v1 = f2v2 yoki f1v12 = f2v22 , (1-4) bu yerda: Q = fv yoki G = fv - modda sarflari; 1 va 2 - oqimdagi moddaning zichliklari, kg/m3. Shunday qilib, moddaning saqlanish qonuni o’rganilayotgan jarayonning moddiy balansi tenglamalari shaklida ishlatiladi. Jarayonning moddiy balansi tenglamasinini jarayonda qatnashuvchi barcha moddalar uchun, bitta komponent bo’yicha va bitta element uchun (masalan, kislorod balansi va x.) tuzish mumkin. Mahsulot ishlab chiqarish turining ierarxiyaviy strukturasi bo’yicha moddiy balans tenglamalari qurilmaning bir qismida kechayotgan jarayon bo’yicha, qurilmaning barcha qismlarida kechayotgan jarayonlar bo’yicha, texnologik uskuna bo’yicha (texnologik bosqich uchun) va texnologik tizim bo’yicha qabul qilinayotgan xom - ashyodan tortib, to ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotgacha tuzilishi mumkin. Jarayonning moddiy balans tenglamasi "qurilmaga retseptura bo’yicha kiritilayotgan barcha moddalarning massaviy yig’indisi Мkir qurilmadan qayta ishlanib chiqayotgan moddalarning massaviy yig’indisiga Мchiq teng" ligini ko’rsatadi: Мkir = Мchiq (1-5)
Download 254 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling