uyumi va shudgor jo‘yaklarini hosil qilish imkonini beradi.
Paykalning optimal eni B
p
quyidagi formula yordamida aniqlanishi mumkin:
𝐵
𝑝
= √2(𝐿𝐵 + 8𝑟
2
)
bu yerda
𝐿- paykal uzunligi, m;
𝐵- agregatning
ishchi qamrov kengligi, m;
𝑟- agregatni burilish radiusi, m.
1- jadvalda paykal enini belgilash uchun tavsiyalar keltirilgan.
1-jadval
Paykallarning
tavsiya qilingan eni
Paykal uzunligi, m
Paykal eni, m
zanjirli traktor
g‘ildirakli traktorlar
300-500
-
41-44
500-700
84-92
44-55
700-1000
1000-1500
92-105
105-126
55-62
62-74
Burilish yo‘lakchasining kengligi, m
18-20
10-12
5-rasm. Shudgorlash agregatini paykallar bo‘ylab yuritish sxemasi (tuproq
marzasi uyumi va jo‘yagini hosil qilish)
Tekis shudgorlaydigan to‘ntarma plug bilan shudgorlashda,
dalani paykallarga
ajratmasdan, ya’ni agregat dala chetidan boshlab yuritiladi,
dala chetida darrov orqaga
qaytarilib mokisimon usulda yuritiladi. A yo‘nalishida yurishda tuproqni chap tomonga
ag‘daradigan korpuslar ishlatilsa, V yo‘nalishda, ya’ni iziga qaytayotgan plugning o‘ng
tomonga ag‘daradigan korpuslari ishlatiladi.
Natijada, marza yoki jo‘yak paydo
bo‘lmasdan, dala tekis shudgorlanadi. Dalani shudgorlashning
nihoyasida burilish
yo‘lakchalari ko‘ndalang yo‘nalishida haydalashi kerak bo‘ladi. Albatta, dalaning
geometrik
shakliga, maydoniga va agregat kinematik o‘lchamlariga qarab, boshqa
usullardan ham foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: