Talabani testlash uchun namunaviy savollar:
1.
Tirkagich plugga vertikal tekislikda noto‘gri ulansa qanday vaziyat sodir bo‘ladi?
2.
Tirkagich plugga gorizontal tekislikda noto‘gri
ulansa qanday vaziyat sodir
bo‘ladi?
3.
Qanday maqsadda katta maydonli dalani mayda paykallarga bo‘lib
shudgorlash
ma’qul hisoblanadi?
4.
Qanday vaziyatda tirkalma plug haydash chuqurligini o‘z-o‘zidan o‘zgartirishga
intiladi?
5.
Qanday vaziyatda tirkalma plug ishchi qamrov kengligini o‘zgartirishga intiladi?
6.
Qanday vaziyatda tirkalma plug “yonboshlab” yuradi va u nimaga ta’sir ko‘rsatadi?
7.
Qanday sabablarga ko‘ra osma plugning ramasi bo‘ylama
tekislikda ham
gorizontal bo‘lishi kerak?
8.
Plugni traktorga ulash jarayonida traktor va plug g‘ildiraklarining
yerga botish
darajasi qanday e’tiborga olinadi?
9.
Qanday maqsadda osma plug ustunida bir nechta teshiklar yasalgan?
10. Osma plug bilan paykalni haydash tartibini izohlab bering?
11. Qanday vaziyatda plugni agregatlayotgan traktor g‘ildiragi
shudgorlangan yerda
yuritiladi?
12. Osma plugning oniy aylanish markazining joyi qanday ahamiyatga ega?
Eslab qolish uchun ma’lumotlar:
1. Katta maydonli dalani paykallarga ajratib haydash natijasida
agregatning burilish
yo‘lakchalarida
salt yurishi kamayadi, ish unumi ortadi.
2. Yonma- yon joylashgan paykallarni ratsional
tartibda haydash natijasida
shudgorlangan dalada tuproq uyumlari bilan shudgor jo‘yaklari o‘lchamlari kamroq bo‘lib,
keyinchalik yerni tekislashga kamroq mablag‘ sarflanadi.
3. Plugning ishchi qamrov kengligi uni traktorga to‘gri ulanganligiga ham bog‘liqdir.
4. Burilish yo‘lakchasi ensizroq bo‘lgani ma’qul, chunki
u yerni haydash uchun
agregat ko‘ndalang yo‘nalishda kamroq yurishi kerak bo‘ladi.
5. Osma plugdan
tuzilgan agregat ixcham, buriluvchan bo‘lganligi sababli, dala
etagidagi burilish yo‘lakchasini ensizroq qilish mumkin bo‘ladi.