1-amaliy mashg’uloti: О’quvchilarning jismoniy rivojlanishini gigiyenik baholash
Download 338.82 Kb. Pdf ko'rish
|
О’quvchilarning jismoniy rivojlanishini gigiyenik baholash DARSLIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar.
- Qon bosimini aniqlash.
- Ish uchun zarur asboblar
Ish anjomlari: Sekundomer.
Tajriba о’tkazish tartibi. О’ng qо’lning 4 ta barmog’ini tekshiriluvchining bilak arteriyasi soxasiga qо’yib, tomirning eng aniq urayotgan joyi aniqlanadi. Shundan sо’ng bir daqiqa davomida puls – yurak urushining soni aniqlanadi. Sog’lom odamda pulslar soni bir minutda о’rtacha 72 – 85 tagacha bо’ladi. Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar. Arterial pulsning bir minutlik sonini uch marotaba aniqlang va о’rtachasini hisoblang. Guruxning ham pulslar soni о’rtachasini xisoblang va о’zingizning natija bilan bilan solishtiring. Tinch xolatdagi va jismoniy zо’riqishdan keyingi natijalarni solishtiring. Qon bosimini aniqlash. Arteriya tomirlaridagi qon hamma vaqt ma’lum bosim ostida harakatlanadi. Sog’lom odamning qon bosimi bir maromda saqlanib, turli kasalliklarda pasayishi yoki ortishi mumkin. Shuning uchun odamning qon bosimini о’lchash katta amaliy axamiyatga ega. Odamning qon bosimini о’lchashda eng keng tarqalgan Korotkov va Riva- Rochchi usullaridan foydalaniladi. Bu usullar bilan yelka arteriyasidagi maksimal (sistolik) va minimal (diastolik) bosim о’lchanadi. Korotkov usuli tomirda paydo bо’ladigan tovushni eshitishga, Riva-Rochchi usuli esa tomirlarda puls yо’qolishiga yoki paydo bо’lishiga asoslangan. Odamda shu usullar bilan qon bosimini о’lchash uchun tanometr asbobi qо’llaniladi. Ish uchun zarur asboblar: tanometr, fonendoskop. Ishni bajirsh tartibi: Korotkov usulida qon bosimini о’lchash uchun qо’lning yelka qismiga maxsus rezina xalta о’rab, u manometr bilan tutashtiriladi. Sо’ngra bu xalta ichiga rezina nok orqali bilak arteriyasidagi puls yо’qolguncha havo yuboriladi. Keyin vintli klapan yordamida xalta ichidagi xavo asta-sekin chiqariladi. Shu vaqtda bilakning tirsak bо’g’imidan о’tadigan arteriyadagi tovush fonendoskop bilan eshitiladi. Yelka arteriyasini siqib turgan rezina xalta ichidagi bosim kamayib, ma’lum darajaga yetganda arteriyadan qon о’ta boshlaydi. Shu 26 vaqtda fonendoskop orqali tovush eshitiladi. Bu moment maksimal bosimni kо’rsatadi. Xaltadan havo chiqaversa va bosim ancha pasayadi, keyin tomirda tovush eshitilmay qoladi. Bu minimal bosimni kо’rsatadi. Yelka arteriyasida sog’lom odamda maksimal qon bosimi о’rtacha 110-115 mm, minimal bosim esa 70-75 mm simob ustunida bо’ladi. Riva-Rochchi usulida kо’pincha faqat maksimal qon bosimi о’lchanadi. Buning uchun qо’lning yelka qismiga о’ralgan rezina xaltaga bilak arteriyasida puls yо’qolguncha havo yuboriladi. Puls yо’qolishi bilan simob ustuni balandligiga qaraladi. Bu vaqtda simob kо’rsatgan raqam maksimal bosimni ifodalaydi. Bu usulda maksimal bosimni faqat puls yо’qolishi bilangina emas, puls paydo bо’lishi bilan ham о’lchash mumkin. Buning uchun rezina xaltadagi havo bosimini arteriyadagi mо’ljallangan bosimdan biroz oshirib, xaltadagi havoni vintli klapan yordamida chiqarib, havo bosimi pasaytirib boriladi. Bilak arteriyasida puls paydo bо’lishi maksimal bosimni kо’rsatadi (xaltaga havo yuborish va chiqarish vaqtida pulsni tekshirib borish lozim). Tajriba tugagach, sistolik va diastolik bosimlar kо’rsatkichlarini daftaringizga yozib oling. Korotkov bо’yicha о’lchanadigan bosimga ketgan vaqt 1 minutdan oshmasligi kerak. Agar manjetkadagi bosim ancha davomli ushlab turiladigan bо’lsa, unda qо’lning distal qismidagi qonning xajmi asta-sekin ortib, qon aylanishi anchagina buzilishi mumkin. Puls bosimi kattaligi sistolik bosim kattaligidan diastolik bosim kattaligini ayirish bilan xisoblanadi. Download 338.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling