1-Amaliy: remont qilish ishlari texnologiyasi fanining tarixi va rivojlanishi
Download 124.21 Kb.
|
1-Mavzu
Tarifli me’yorlash – ish haqi miqdorini sarflangan mexnat miqdori va sifatiga bog‘liqlik va ijrochining malakasini hisobga olgan holda aniqlash tizimi. Bu har bir ishchi uchun moddiy manfaatdorlikni yaratadi va mexnat unumdorligini va mos ravishda bajarilgan maxsulot hajmini oshirishning muhim rag‘bati hisoblanadi, shuningdek ishchilarning malakasini oshirishni, ishlarning texnikasi va texnologiyasini yaxshilashni hamda takomillashtirishni ta’minlaydi.
Tarifli me’yorlash tarif to‘riga asoslangan bo‘lib, unga ko‘ra ishchining ish haqi razryadiga bog‘liq holda belgilanadi. Mexnatga haq to‘lashning har bir razryadga mos keluvchi va ular orasida nisbatni ko‘rsatuvchi tarif koeffitsientlari quyida keltirilgan:
Vaqt me’yorlari va tarif stavkalari asosida qurilish ishchilari mexnatiga haq to‘lash uchun narxlar o‘rnatiladi. Mexnat qilish sharoitlari og‘ir bo‘lganda va og‘ir ishlarda ish sharoitlari koeffitsientlari kiritiladi, ular 1,12...1,24 ni tashkil etadi, Qish paytida 1,1...1,6 chegaralaridagi qishki koeffitsientlar qo‘llaniladi, ular temperatura hududi va ishlarni amalga oshirishning haqiqiy temperaturasiga bog‘liq holda qabul qilinadi. Ayrim hollarda, ishchining ish haqini hisoblash qiyin yoki iloji bo‘lmaganda tarif stavkalar kiritiladi, ya’ni ishchining malakasi va unga berilgan razryadga muvofiq kunlik yoki oylik mexnat haqi belgilanadi. Vaqt me’yorlari va me’yoriy mexnat sarflarini aniqlash uchun UMvaN, IMvaN va MMvaN qo‘llaniladi. UMvaN– umumiy me’yorlar va narxlar – me’yorlarning 65% ini tashkil etadi va 86 to‘plamdan iborat; IMvaN– idoraviy me’yorlar va narxlar – me’yorlarning25% ini tashkil etadi; MMvaN– mahalliy me’yorlar va narxlar – barcha me’yorlarning 10%ini tashkil etadi. Download 124.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling