1-Amaliy: remont qilish ishlari texnologiyasi fanining tarixi va rivojlanishi


Download 124.21 Kb.
bet17/21
Sana17.09.2023
Hajmi124.21 Kb.
#1680192
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
1-Mavzu

Naryadsiz to‘lov tizimi – brigada va zvenolarga ish haqi mexnatga soatbay haq to‘lashdan kelib chiqib va xodimning malakasiga muvofiq bajarilgan ishlar qiymati hisobidan to‘lanadi.
      1. Ishchilarning zveno va brigadalari


Qurilish jarayonlarini muvaffaqiyatli bajarish uchun ishchilar o‘rtasida ularning malakasiga hamda ularning birgalikda ishlashini tashkil etishga muvofiq mexnat taqsimlanishi talab etiladi. Aksariyat qurilish jarayonlari hozirgi zamon texnika darajasida ishchilar guruhi bilan bajariladi.
Zveno – birgalikda aynan bir xil turdagi ishlarni bajaruvchi, bir kasbdagi ishchilar guruhi. Zveno a’zolarining malakasi har xil bo‘lganda razryadi ancha yuqori bo‘lgan ishchilar ancha murakkab ishlarni bajarishadi. Zvenodagi ishchilar soni mexnatni oqilona tashkil etishga bog‘liq; tarkibi odatda 2...5 kishi atrofida bo‘ladi.
Brigada – aynan bir xil ko‘rinishdagi ishni birgalikda amalga oshirish uchun birlashgan ishchilarning bir necha zvenosi. Zvenolar va brigadalarning miqdoriy va malakaviy tarkibi ishlarning hajmiga, bajarilayotgan jarayonlarning murakkabligiga, ishlarning rejalashtiriladigan muddatlariga, ishlarni amalga oshirishning qabul qilingan uslub (metod)lariga bog‘liq holda belgilanadi. Qurilishda eng ko‘p tarqalgan brigada ixtisoslashtirilgan va kompleks brigadalardir.
Ixtisoslashtirilgan brigada (odatda 25...30 kishigacha), bir xil turdagi ishlarni (suvoqchilik, pardozlash, plita yotqizish) bajaruvchi, bir kasbdagi ishchi zvenolardan tashkil topadi.
Kompleks brigada (40....50 kishigacha) – pirovard mahsulotning birligi bilan bog‘liq (pardozchilar brigadasi – pardozchilar, suvoqchilar va plita yotqizuvchilar, betonchilar brigadasi – qolip (opalubka)chilar, duradgorlar, armaturachilar, betonchilar) bo‘lgan, bir vaqtda kechuvchi qurilish jarayonlarini bajarish bilan band turli kasb ishchilaridan tashkil etiladi. Mexnatni bunday tashkil etish brigada a’zolari orasida ishni to‘g‘ri taqsimlashga imkon berib turli kasb egalarini birgalikda ishlashini amalga oshirib va unga bog‘liq holda ishlarda bo‘ladigan turli xil bekor turishlarni oldi olinadi. Kompleks brigada boshlig‘i eng malakali va yetakchi ixtisoslikdagi obro‘li ishchilar yoki muhandis-texnik xodim (MTX)lar orasidan tayinlanadi.
“Pirovard (yakunlovchi, yakuniy) mahsulot” kompleks brigadasi (60 70
kishigacha) ayrim tugallangan kompleks ishlar (yig‘ma elementlardan bino karkasini montaj qilish, monolit temir betondan binoning konstruktiv elementlarini barpo etish) yoki bino va inshootni to‘liq qurilishini bajarish uchun yaratiladi (to‘ziladi). Bunday brigada turli xil kasbdagi ishchilardan iborat zvenolardan tashkil topadi va binoning yer usti qismini barpo etish bo‘yicha umumqurilish ishlarining butun bir majmuini bajaradi, bunga barcha pardozlash ishlari ham kiradi. Qurilishni tashkil etish va ish frontining mavjudligiga bog‘liq holda brigadani mustaqil ob’ektlarda yagona ritmda ishlovchi uchta kompleks brigadaga ajratish mumkin – biri nol tsikldagi ishlarni bajaradi, ikkinchisi qo‘shni korpusni barpo etadi, uchinchisida pardozlash ishlarini olib boradi.
Ijrochilarning ancha yuqori malaka darajasi tufayli, mexanizatsiya vositalaridan oqilona foydalanish va ishchilarning mas’uliyati yuqori ekani tufayli bunday brigadalarda ishlab chiqarish hajmi odatdagi ishlab chiqarish brigadalariga qaraganda 20...25% yuqori bo‘ladi. Natijada ob’ektlarning qurilish muddatlari qisqaradi, moddiy harajatlar kamayadi va ishlar sifati oshadi.
Brigada va zvenolarni shakllantirish ulardagi ishchilar sonini hisobga olish va brigadaning kasbiy va malakaviy tarkibini tanlash asosida ishlab chiqarish topshiriqlarini muddatida bajarish uchun, mexnat unumdorligini oshirish, maxsulotning yuqori sifatli bo‘lishini ta’minlash va ishchilar mexnatiga to‘g‘ri haq to‘lash uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. To‘g‘ri shakllantirishni amalga oshirishda har bir ishchining kasbi va malakasidan samarali foydalanish, barcha ishchilarning bir xil hajmdagi ish bilan ta’minlanishi, kasblarning oqilona bir- biriga ko‘rinishi va qurilish mashinalaridan vaqt bo‘yicha maksimal foydalanish ta’minlanadi.
Ish o‘rinlarini tashkil etish va xizmat ko‘rsatish ishlovchilarning xavfsizligiga kafolat beruvchi zarur shartnomalarni va tadbirlarni nazarda tutadi. Ish o‘rinlari shunday tashkil etilishi kerakki, bunda asosiy ishlarda band bo‘lgan ishchilar ularning kasbi va malakasiga mos kelmaydigan yordamchi ishlar va jarayonlarga jalb qilinmasligi kerak. Ishlab chiqarishdagi ishlar qabul qilingan
ishlar texnologiyasi va ijrochilar tarkibiga muvofiq butlangan dastaki va mexanizatsiyalashgan (elektrlashtirilgan) asboblar, jihozlar montaj qilish va moslamalarining oqilona to‘plami bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Mexnat sharoitlari ishchilarning sog‘lig‘ini saqlagan holda bir vaqtning o‘zida ularning yuqori ish qobiliyatlariga yordam berishi kerak. Bu talablar mexnat va dam olishning oqilona rejimlariga amal qilish bilan, ishlovchilarning organizmga zararli ta’sirlarning (shovqin, titrashlar, chang, gazlanganlik) salbiy oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish, ishchilarni zarur maxsus kiyim va poyabzal, individual himoya vositalari, qurilish maydonida zarur sanitariya-maishiy xizmatini tashkil etish bilan ta’minlanadi.
Ishchilarning malakasini oshirish qurilish-montaj ishlari texnologiyasini yanada takomillashtirish va mexnat unumdorligini oshirish uchun muhim shart hisoblanadi. Shu munosabat bilan ishchilarni tayyorlashga, qayta tayyorlashga, malakasini oshirishga birinchi darajali e’tibor beriladi. Ishchilarni o‘qitish ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘z malakasini o‘qiyotgan ishchi-quruvchilarning taxminan 75% oshiradi.
Ayrim mexnat operatsiyalarini tashkil etish va bajarish uchun asosiy normativ va yo‘riqnoma tarzidagi hujjat bo‘lib, mexnat jarayonlari xaritasi (MJX) xizmat qiladi. MJX da mexnatning yuqori unumdor usullari va metodlari, ishchilar zvenolarini shakllantirish, ish o‘rinlarini oqilona tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar bo‘ladi. Mexnat jarayonlari xaritalari to‘rtta bo‘limdan iborat:

  • xaritani qo‘llanish sohasi va samaradorligi;

  • jarayonni tayyorlash va bajarish shartlari;

  • ijrochilar, buyumlar va mexnat qurollari;

  • jarayon texnologiyasi va mexnatni tashkil etish.

Xaritalarda ishchilar zvenosi a’zolari o‘rtasida vazifalar aniq ajratib beriladi, unda ayrim ishlab chiqarish operatsiyalarini bajarish bo‘yicha grafiklari oqilona ishchi xarakatlari va usullarini tavsiya qilgan holda berilgan.

    1. Download 124.21 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling