1-Amaliy: remont qilish ishlari texnologiyasi fanining tarixi va rivojlanishi
Download 124.21 Kb.
|
1-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Arxitektura-rejalashtiruvchi
Yerdan foydalanish: inson va tabiatning oqilona o‘zaro aloqasini hisobga olib, joylashtirish tizimini loyihalash (urboekologiya); ob’ektni qurish jarayonida begonalashtiriladigan yerlarning kamayishi yoki yo‘q qilinishi; ekspluatatsiya (foydalanish) muddati tugagandan so‘ng yerlarning tabiiy holatiga qaytarilishi (rekultivatsiya); yer sirtida va yer sirtdan pastda singdirmaydigan ekranlar (to‘siqlar) ni qurishni kamaytirish (betonli, asfaltli va boshqa qoplamalar); chiqindilar tashlanadigan joylarni, qurilish faoliyati chiqindilarini saqlash joylarini oqilona tashkil etish; oqova suvlarni tozalash va boshq.
Arxitektura-rejalashtiruvchi: relef va landshaftdan foydalanish; bino va inshootlarni mahalliy joyga adekvat(mos) holda masshtablash; tabiiy yorug‘lik manbalari, quyosh energiyasi, shamol yo‘nalishidan foydalanish; binoni, uning elementlarini, rangini pardozlash xususiyatlarini va boshqalarni ko‘rib idrok qilish (videoekologiya); turar-joy massivlari va sanoat zonalarini ko‘kalamzorlashtirishga tizimli yondashuv; tarixiy, arxitektura va tabiiy yodgorliklarni saqlab qolish va boshq. Konstruktiv: ekologik sof binolarning konstruktsiyalari (yangilanuvchi manbaalardan va binolarning hayot faoliyatidan chiqadigan issiqlik energiyasidan foydalanish, sof qurilish materiallari va boshq.); binoning vazifasi o‘zgarganda, u zamonaviylashtirilganda yoki yo‘q qilinganda resurslarsarfini keskin kamaytirishga imkon beruvchi moslashuvchan konstruktiv-texnologik yechimlar; yerdan oqilona foydalanish bilan bog‘liq biopozitiv (bioijobiy) konstruktiv yechimlar va boshq. Texnologik: qurilish maydoni o‘lchovlarini optimallashtirish (maqbullashtirish); bino va inshootlarning yer osti qismini qurishda gruntga ishlov berish hajmlarini kamaytirish; gruntning o‘simliklarni o‘stiruvchi qatlamini saqlab qolish; yer osti suvlarini ifloslanishdan saqlab qolish; gruntga dinamik ta’sirlarni kamaytirish (zarbaviy usullar, titratuvchi (vibratsion) ta’sirlar, portlatish, og‘ir zichlashtirish (trambovka); qurilish materiallari chiqindilarining katta miqdorini beruvchi texnologiyalarni cheklash; chiqindisiz texnologiyalarni rivojlantirish va boshq. Download 124.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling