6.1.
CHakana
savdo
muassasalari
uchun
binolar(do‘konlar,magazinlar,savdo markazlari va shunga o‘xshash
binolar);
6.2. Umumiy ovqatlanish muassasalari binolari (oshxonalar, kafelar,
res-toranlar va shunga o‘xshash muassasalarbinolari). Sanoat korxonalariga
taaluqli yordamchi binolarda joylashgan umumiy ovqatlanish muassasalari
bunga
kirmaydi;
6.3. Aholiga bevosita xizmat ko‘rsatuvchi maishiy xizmat korxonalari
bino-lari. Mahsulot (masalan, kiyim kechak, poyafzal kabi) ishlab chiqarish
bilan bog‘liq bo‘lgan korxonalar bundan mustasno.
7-guruh.Bevosita
aholiga xizmat ko‘rsatuvchi transport muassasalaribinolari.
Bu guruhga taaluqli binolar ham turlarga bo‘linishi mumkin:
7.1. Vokzallar (shohbekatlar) binolari (avtovokzal, aerovokzal,
aeroport,
daryo va dengiz vokzallari binolari);
7.2. Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish idoralari,
transport agentliklari,
vokzaldan boshqa joyda joylashgan kassa pavil’onlari.
8-guruh. Aloqa xizmati muassasalari binolari.
Bu guruhgaqo‘yidagi muassasalar binolari kiradi:
8.1. Pochta, telegraf kabi aloqa idoralari binolari;
8.2. SHahar va shaharlararo telefon aloqasi stansiyalari, uyali telefon
aloqasi firmalari binolari;
8.3.Radio va telestudiyalar binolari;
8. 4.Ommaviy axborot vositalari muxarririyatlari binolari.
9-guruh. Kommunal xo‘jalik muassasalari binolari.
Bu guruhga taaluqli binolar ham qo‘yidagi guruhchalarga bo‘linadi:
9.1. Aholining turli marosimlarni o‘tkazishlari uchun
binolar (masalan, to‘yxonalar, dafn qilish byurolari kabi);
9.2. Uy-joylarni ekspluatatsiya
qiliish idoralari
(uy-joy
shirkatlari,uyushmalari binolari);
9.3.
Mehmonxona muassasalari, motel va kemping
binolari;
9.4.
Jamoat xojatxonalari;
9. 10.O‘t o‘chirish depolari binolari.
Do'stlaringiz bilan baham: