1-Amaliyot mavzu: Loyihaviy yechimlarni texnik -iqtisodiy baholash
Reja:
1. Jamoat binolari haqida umumiy ma’lumotlar.
2. Jamoat binolariga qo‘yilgan asosiy talablar.
3. Loyiha
va ilmiy tadqiqot,nashriyot binolarining konstruksiyalari.
Jamoat binolari va inshootlari katta doiradagi ijtimoiy tadbirlar,
odamlarning siyosiy, xo‘jalik, ma’muriy, ilmiy
va biror mahsulot ishlab
chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa faoliyatlari uchun moddiy baza
bo‘lib xizmat qiladilar. Jamoat binolarining
vazifalari xilma-xil, ko‘lami
keng, 200 ga yaqin turi ma’lum. Lekin ularni funksional vazifalari bo‘yicha
bir-biriga yaqinlarini, o‘xshashlarini umumlashtirib 10
ta katta guruhga
keltirish, o‘z navbatida har bir guruhga tegishli jamoat binolarini 3 tadan
kamida 7 tagacha guruhchalarga bo‘lish mumkin. Masalan,
bunday
klassifikatsiya quyidagicha amalga oshiriladi.
1-guruh. Ta’lim, tarbiya va kadrlar tayyorlash muassasalarining
binolari .
Bu guruhga taaluqli binolarni qo‘yidagi guruhchalarga bo‘lish mumkin:
1.1.
Umumiy tipdagi, mahsuslashtirilgan, sog‘lomlashtirish va
boshlang‘ich maktablar bilan birlashtirilgan
maktabgacha bolalar
muassasalari
binolari;
1.2.Umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablar, maktabinternatlar,
gimnaziyalar, litseylar binolari;
1.3.Kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar binolari;
1.
4.Oliy
o‘quv
yurtlari
(institutlar,
universitetlar,
akademiyalar,konservatoriya, institutlargatenglashtirilgan oliy bilim. yurtlari
vaboshqa shu kabi) binolari;
1.5. Mutahassislarni malakasini
oshirish institutlari
binolari;
1.6. Maktabdan tashqari muassasalar (usmirlar saroyi,
bilim uylari, aviatsiya ishqibozlari klubi kabi muassasalar)
binolari.
2-guruh. Ilmiy-tekshirish muassasalari, loyiha va jamoat