1-Amaliyot mavzu: Loyihaviy yechimlarni texnik -iqtisodiy baholash Reja


-guruh. Ko‘p funksiyali binolar va komplekslar


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana22.02.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1220596
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-AMALIY

10-guruh. Ko‘p funksiyali binolar va komplekslar. 
Bu guruhga taaluqli binolarni ham ikki turga ajratish mumkin: 


10.1. Turli jamoat muassasalari bir binoda joylashgan jamoat 
markazlari; bunday binolar va komplekslarda turli maqsadlarga 
mo‘ljallangan xonalar bo‘lishi mumkin; 
10.2. Universal jamoat binolari (masalan, zaruriyat tug‘ilganda ichki 
jihozlarni o‘zgartirib xonalarining funksional vazifasini o‘zgartirish 
mumkin bo‘lgan binolar). 
Jamoat binolari xizmat ko‘rsatish ko‘lamiga ko‘ra umumshahar, rayon 
va mikrorayon ahamiyatiga ega bo‘lishlari mumkin va shunga mos ravishda 
shaharning ma’lum xududlarida joylashtiriladi. 
Jamoat binolariga qo‘yilgan asosiy talablar. 
Jamoat binolarining iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq konstruktiv 
echimlarini belgilash va loyihalashda qabul qilish uchun, ularni kapitallik 
(muqimlik) bo‘yicha 4 klassga bo‘linadi. I klass binolarga hukumat idoralari, 
umumshahar ahamiyatiga ega bo‘lgan jamoat binolari: muzeylar, 
ko‘rgazmalar, vokzallar kabi binolar kiradi. II klass binolarga tipovoy 
loyihalar asosida ommaviy tartibda quriladigan jamoat binolari (masalan, 
maktablar, bog‘cha-yaslilar kabi binolar) kiradi. III klass binolarga kam 
o‘rinli (bir vaqtning o‘zida bo‘ladigan odamlar soni 300 tadan ko‘p 
bo‘lmaydigan) jamoat binolarn kiradi. IY klass binolarga vaqtinchalik 
foydalanishga mo‘ljallangan jamoat muassasalari (mavsumiy savdo 
yarmarkalari, umumiy ovqatlanish muassasalari binolari kabi) binolari kiradi. 
Jamoat binolari ulardagi funksional jarayonlarning turlitumanligi bilan 
ajralib turadidar. Jamoat binolarini loyhalashtirishda funksional talablarning 
bajarilishiga katta e’tibor berilishi kerak. Funksional jarayonlarni amalga 
oshirish uchun xonalarda zarur bo‘lgan shart sharoit yaratilishi, buning uchun 
xonalarning hajmiy-plan o‘lchamlari to‘g‘ri belgilanishi, ulardagi tovush
yorug‘lik rejimi, mikroiqlim talab darajasida bo‘lishi lozim. Tomosha 
zallarida, bundan tashqari, tomoshabinlar tomonidan ko‘rish ob’ektini aniq 
va to‘siqsiz ko‘rishini ta’minlash talab qilinadi. 
Jamoat binolarining muqimlik klassi to‘g‘ri belgilanishi va shunga 
muvofiq ravishda bino konstruksiyalari mustahkamlik, ustivorlik, uzoqqa 
chidamli-lik talablariga javob beradigan bo‘lishi kerak. Texnik talablarga 
ko‘ra,I va II klass jamoat binolarining uzoqqa chidamlilik va olovbardoshlik 
darajalari mos ravishda I va II darajadan past bo‘lmasligi kerak. III klass 
jamoat binolarining uzoqqa chidamlilik darajasi II darajadan, olovbardoshlik 
darajasi esa III darajadan past bo‘lmasligi talab qilinadi, ya’ni asosiy 
konstruksiyalarni olovbardoshligi nisbatan pastroq materiallardan qilinishiga 


qaramay, binoning hisobiy hizmat muddati 50 yildan kam bo‘lmasligi kerak. 
IY klass, ya’ni vaqtinchalik jamoat binolarining uzoqqa chidamlilik va 
olovbardoshlik darajalari cheklanmaydi. 
Jamoat binolari odatda binolar ansamblida kompozitsion markaz 
vazifasini bajaradilar. SHuning uchun ularga yuqori darajada me’moriybadiiy 
ma’nodarlik talablari qo‘yiladi. SHu bilan birga jamoat binolariga iqtisodiy 
talablar ham qo‘yiladi, ya’ni ulardagi zarur xonalar ro‘yxatini aniqlaganda, 
xonalarning o‘lchamlarini belgilaganda xaqiqiy extiyojlardan va jamiyatning 
imkoniyatlaridan kelibchiqish kerak. 
Jamoat binolarining iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llaridan biri 
ularni bloklashtirnsh, ya’ni bir nechta uncha katta bo‘lmagan jamoat 
muassasalarini bitta nisbatan katta binoda joylashtirishdir. SHuningdek
jamoat 
binolarida 
kooperatsiyalash 
usulidan 
foydalanish, 
ya’ni 
bloklashtirilgan binodagi xonalarning ma’lum bir qismidan bloklashtirilgan 
muassasalar tomonidan turli vaqtda foydalanish ham katta iqtisodiy samara 
beradi. Masalan, bitta binoda ikki yoki undan ortiq muassasa joylashtirilsa, 
ular uchun umumiy majlislar zali qilish mumkin. 

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling