1-Amaliyot mavzu: Loyihaviy yechimlarni texnik -iqtisodiy baholash Reja
Jamoat binolarini bloklashtirish (a) va kooperatsiyalash (b)
Download 1.04 Mb. Pdf ko'rish
|
1-AMALIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jamoat binolariga qo‘yiladigan maxsus talablar.
Jamoat binolarini bloklashtirish (a) va kooperatsiyalash (b) 1 -
tomosha muassasasi; 2 -umumiy ovqatlanish muassasasi; 3 -savdo muassasasi; 4 -aloqa muassasasi; 5 -boshqaruv muassasasi; 6 - jamoat tashkiloti; 7 -majlislar zali; 8 -umumiy vestibyul. Jamoat binolarini bloklashtirish, muassasalar alohida binolarda joylashgan holdagiga nisbatan, muxandislik kommunikatsiyalariga, elektr tarmoqlariga, obodonchilikka va binoni ekspluatatsiya qilish bilan bog‘liq bo‘lgan sarfxarajatlarni tejashga imkon beradi. Kooperatsiya usuli qo‘llanilganda ham, ya’ni binodagi ayrim xonalardan barcha muassasalar foydalanganda ham shu xonalarga sarflanadigan qurilish xarajatlari tejaladi. Jamoat binolariga qo‘yiladigan maxsus talablar. 1.Sanitariya-gigiena talablari. 2. YOng‘in xavfsizligi talablari. Jamoat binolariga, barcha turdagi binolarga qo‘yiladigan asosiy talablardan tashqari, ularning funksional vazifalaridan kelib chiqadigan maxsus talablar ham qo‘yiladi. Bunday talablarga sanitariyagigiena talablari. YOng‘inga qarshi talablar, favqulodda hodisalar paytida odamlarni xonalardan va binodan majburiy evakuatsiya qilishda xavfsizlikni ta’minlash va tomosha zallari uchun akustika talablari kiradi. Sanitariya-gigiena talablari sog‘liqni saqlash muassasalarida, maktabgacha tarbiya muassasalarida va maktablarda, umumiy ovqatlanish muassasalarida alohida ahamiyat kasb etadi. SHu talablardan kelib chiqgan holda xonalarning tabiiy yoritilish darajasi va izolyasiya pejimi, ichki va tashqi to‘siq konstruksiyalarning tovush izolyasiyasi, binodagi qo‘llaniladigan muxandislik jihozlarining turlari (isitish, ventilyasiya, suniyyoritish sistemalari) belgilanadi. O‘zbekiston iqlimi issiq deyarli barcha xududlarda iyul oyida tashqi havoning o‘rtacha temperaturasi +21 °S dan yuqori. SHuning uchun binolardagi doim odamlar bo‘ladigan xonalar, texnologiya va gigiena talablariga ko‘ra quyosh tushmasligi kerak bo‘lgan hamda qizib ketishi mumkin bo‘lmagan xonalarning derazalari gorizontning 130° dan 315° gacha oralig‘ida joylashgan, ya’ni janubiy-sharq bilan shimoliy-g‘arb oralig‘idagi sektoriga qaratilgan bo‘lsa, quyoshdan himoya qilish qurilmalari bilan jihozlanishi talab qilinadi. Xuddi shu sabab, shifoxonalardagi operatsiya xonalari, reanimatsiya zallari va tug‘ruqxonalarining derazalarini shimolga, shimoliy-sharqqa va shimoliy-g‘arbga qaratib, ya’ni quyosh deyarli tushmaydigan yoki qisman tushadigan qilib joylashtirish tavsiya qilinadi. Sil va boshqa yuqumli kasallarga mo‘ljallangan palatalar uchun talab aksincha, ularning derazalarini sharq, janub va janubiy-sharq tomonga qaratish tavsiya qilinadi. Juda ko‘p jamoat binolari ularda bir vaqtda ko‘plab odamlar to‘planishi bilan ajralib turadilar. Ko‘p hollarda bunday xonalarda tez yonadigan narsalardan foydalaniladi (masalan, teatrlardagi dekoratsiyalar va boshqa sahna jihozlari). SHuning uchun jamoat binolarida yong‘inpaydo bo‘lishining ehtimolini kamaytirish, uning tarqalishini cheklash, yong‘inga qarshi kurashni osonlashtirish, konstruksiyalarning mustahkamligini va ustivorligini saqlash, odamlarni tez va bexavf evakuatsiya qilish va yong‘in oqibatlarini bartaraf qila olish maqsadida maxsus tadbirlar ko‘rilgan bo‘lishi lozim. Bu tadbirlardan quruvchilarning vazifalariga kiruvchilarini ko‘rib o‘tamiz. YOng‘in tarqalishini cheklash uchun jamoat binolarining ichini yonmaydigan materiallardan qilinadigan yong‘inga qarshi devorlar (brandmauer) bilan qismlarga bo‘linadi. YOng‘inga qarshi to‘siq konstruksiyalarning turlari vaularning olovbardoshlik chegaralari to‘g‘risidagi ma’lumotlar 3.1-jadvalda keltirilgan. YOng‘inga qarshi devorlar orasidagi binoning yoki undagi qavatning maydoni binoning olovbordoshlik darajasi va undagi qavatlar soniga bog‘liq holda cheklanadi (3.2-jadval). Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, yong‘inga qarshi devorlar orasidagi maydon 800 m 2 dan 6000 m 2 gacha bo‘lishi mumkin. Eng ko‘p maydon faqat bir qavatli binolarda, u ham bo‘lsa binoning olovbardoshlik darajasi II darajadan past bo‘lmagan hollarda bo‘lishi mumkin. Binodagi qavatlar soni ortishi bilan yong‘inga qarshi devorlar orasidagi qavat maydoni keskin kamayadi. Olovbardoshligi III darajali binolarda yong‘inga qarshi devorlar orasidagi maydon bir qavatli binolarda ham 3000 m 2 dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Bunday binolarning qavatlari soni ham 5 qavatdan ko‘p bo‘lmaydi. Bir qavatli binolarda ikki qavatli qismi bo‘lsa va uning maydoni umumiy maydonning 15 % dan kam qismini band qilgan bo‘lsa, u holda yong‘inga qarshi devorlar orasidagi maydon bir qavatli binolar ychun qabul qilish mumkin. 3.2-jadval Binonin g olovbardoshlik chegarasi Eng ko‘p qavat soni Qavatdagi brandmauer devorlar orasidagi maydon, m 2 1qavatli binoda 2qavatli binoda 3-5 qavatli binoda 6-9 qavatli binoda 10-16 qavatli binoda I 16 6000 5000 5000 5000 2500 YOng‘in paytida odamlarni binodan tez va bexatar evakuatsiya qilish talabidan kelib chiqqan holda, jamoat binolaridagi zal xonalar joylashtirilishi mumkin bo‘lgan qavatlar soni ham cheklanadi (3.5jadval). Demak, o‘rinlar soni 600 tadan ko‘p bo‘lgan zallar hatto olovbardoshligi I, II darajali binolarda ham 3-qavatdan yuqorida joylashtirilmasligi kerak. Kichikrok (300 tagacha o‘rinli) zallarni 16qavatgacha joylashtirish mumkin. 3.5-jadval Binoning olovbardoshlik darajasi Zaldagi o‘rinlar soni Ruxsat etilgan qavatlar soni I va II 300 tagacha 16 300 tadan 600 5 Zal xonalarning asosiy konstruksiyalari himoyalanmagan metall karkasdan qilinganda, ularni faqat bir qavatli binoda joylashtiriladi. Bunday binoning tomida issiqlik izolyasiyasi qatlami qiyin yonuvchan yoki yonmaydigan materiallardan qilinganda (olovbardopshik darajasi IIIa), zaldagi o‘rinlar soni 300 tagacha bo‘lishi mumkin. Agar issiqlik izolyasiyasi qatlami uchun yonuvchan materiallar qo‘llanilsa (olovbardoshlik darajasi IVa), zaldagi o‘rinlar soni 100 tadan oshmasligi kerak. Zal xonalarning asosiy konstruksiyalari yog‘ochdan qilingan hollarda, hatto konstruksiyalar olovga chidamli qilib qayta ishlangan yoki biror qatlam bilan himoyalangan bo‘lsa ham bino bir qavatli qilinishi kerak. Bino yog‘och karkasli bo‘lganda zaldagi o‘rinlar soni 500 tagacha bo‘lishi mumkin, karkassiz binoda esa 300 tadan oshmasligi talab qilinadi. YOng‘inga qarshi talablardan kelib chiqqan holda, maktabgacha ta’lim muassasalarida va maktablarda qavatlar soni 3 yoki 4 qavatdan oshirilmaydi. Bunday qavatli binolarni qurish ham istesno tariqasida yirik va o‘ta yirik shaharlardagina ruxsat beriladi. Favqulodda holatlarda odamlarni binodan bexatar evakuatsiya qilish uchun har bir qavatdan kamida 2 ta chiqish yo‘li bo‘lishi kerak. Bir qavatli bino uchun chiqish eshigi, yuqoridagi qavatlar uchun esa zina chiqish yo‘li hisoblanadi. Faqat 2 qavatli binolarda quyidagi hollarda ikkinchi chiqish yo‘li sifatida tashqi ochiq (III tip) zinadan foydalanishga ruxsat berila di: a) olovbardoshligi I va II darajali binolarda ikkinchi qavatdagi odamlar soni 70 tadan ko‘p bo‘lmasa; b) olovbardoshligi III darajali binolarda - 50 tadan ko‘p тагача 600 тадан кўп 3 III 300 тагача 3 тадан 600 300 тагача 2 III а , IV ва V 300 тагача 1 III б тагача 500 1 IV а 100 тагача 1 bo‘lmasa; v) olovbardoshligi bundan past binolarda - 30 tadan ko‘p bo‘lmasa.Tashqi ochiq zinalarning qiyaligi bolalar bog‘chalarida 45° dan va boshqa jamoat binolarida 60° dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Bunday zina pillapoyalarining kengligi kamida 0,8 m, yaxlit pog‘onasining kengligi esa kamida 0,2m bo‘lishi kerak. Jamoat binolaridagi zinalar joylashadigan zinaxonalar tabiiy yoritiladigan bo‘lishi kerak. YOritish devorlardagi derazalar yordamida amalga oshirilishi talab qilinadi. Olovbardoshligi I va II darajali ikki qavatli binolarda har ikkinchi zinaxonani, uch qavatli binolarda esa zina pillapoyalari (marshlari) orasidagi masofa 1,5 m dan kam bo‘lmagan hollarda, zinaxonani yuqoridan yoritishga ruxsat beriladi. Binodagi xonalarning eshigidan to binoning chiqish eshigigacha yoki qavatdagi zinaxona eshigigacha bo‘lgan masofa ham binoning olovbardoshlik darajasi, evakuatsiya yo‘lidagi odamlar oqimining zichligi (1 m2 pol yuzasiga to‘g‘ri keladigan odamlar soni) va xona eshigining qavatda joylashgan o‘rniga bog‘liq holda chegaralangan (3.6-jadval). Odamlar oqimining zichligini aniqlashda ko‘rilayotgan chiqish eshigi yoki zinaxona eshigi yo‘nalishida joylashgan (masalan, koridorning boshqa tomonida joylashgan) barcha xonalarda bo‘lishi mumkin bo‘lgan odamlar soni hisobga olinishi kerak. 3.6-jadval Xona eshigidan binoning chiqish eshigigacha yoki qavatdagi zinaxona eshigigacha bo‘lgan masofa Binoningolovbar- Masofa, m, odamlar oqimining zichligi (kishi/ m2) bog‘liq doshlikdarajasi holda 2 gacha 2dan3 gacha 2dan4 gacha 4dan5 gacha 5danortiq A. Zinalar yoki tashqi chiqish eshiklari orasida joylashgan xona eshigidan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling