1-Amaliyot mavzu: Loyihaviy yechimlarni texnik -iqtisodiy baholash Reja
Download 1.04 Mb. Pdf ko'rish
|
1-AMALIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Poydevor, devor, ustun va qavatlararo qurilmalar binoning ostovini (negiz yoki skleti) tashkil qiladi.
- Konstruktiv sistema
ayvon, eshik usti soyaboni va boshqalar ham bo‘lishi mumkin.
Ekspluatatsiya va sanitariya-gigiena shartlarini ta’minlash uchun binolar, sanitariya-texnika va injenerlik qurilmalari bilan jihozlanadi. Bularga isitish qurilmalari, issiq va sovuq suv ta’minoti, ventilyasiya, kanalizatsiya, ahlatni chiqarish, gazlashtirish, energiya bilan ta’minlash, telefonlashtirish va boshqalar kiradi. Poydevor, devor, ustun va qavatlararo qurilmalar binoning ostovini (negiz yoki skleti) tashkil qiladi. Oddiy qilib aytganda vertikal va gorizontal yuk ko‘taruvchi elementlar fazoviy sistemasini hosil qiladi. Ostov turg‘un keraklicha mustahkamlikka ega bo‘lmog‘i lozim. U shu bilan bir qatorda bino konstruktiv sistemasini belgilab ham beradi. Bino konstruktiv echimini loyihalashning dastlabki bosqichi konstruktiv sistema qurilish sistemasi va konstruktiv sxemani aniqlashdan boshlanadi. vertikal yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarning turlariga mos ravishda quyidagi asosiy konstruktiv sistemalarni ajratish mumkin: devorli (karkassiz), karkasli, hajmiy blokli, stvolli va qobiqsimon konstruktiv sistemalar. Konstruktiv sistema binoning mustahkamligini, ustivorligini ta’minlovchi, o‘zaro bog‘langan vertikal yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarning majmuasidir. Konstruktiv sistemani tanlash bilan binodagi har bir konstruksiyaning statik roli belgilanadi. SHuning uchun ham konstruktiv sistemani tanlashdagi asosiy masalalardan biri vertikal yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarga gorizontal yuklarni taqsimlanish xarakterini va ular orasidagi o‘zaro ta’sirlarni aniqlashdir. U loyihaning hajmiy-plan echimiga, me’moriy-kompozitsiyasiga va iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta’sir ko‘rsatadi. SHuning bilan birga konstruktiv sistemani tanlashga loyihalanayotgan binoning tipi, uning qavatliligi va qurilishning injener-geologik sharoiti ham ta’sir ko‘rsatadi. Poydevor binoning asosiy konsturktiv elementlaridan biri hisoblanib, u binoning er ustki qismidan tushayotgan og‘irlikni zaminga uzatib beradi. Binolar erto‘lali bo‘lsa, poydevorlar erto‘la xonalarini o‘rab turuvchi konstruksiya vazifasini ham bajaradi. Poydevorlar har xil tashqi kuch va muhit ostida bo‘ladi. Bu ta’sirlar quyidagilardan iborat: butun binoning og‘irligi, grunt ko‘tarilishi va muzlashidan hosil bo‘ladigan ta’sir kuchlari, seysmik ta’sirlar, tovush ta’siridan binoning titrashi, o‘zgaruvchan harorat, namlik, kimyoviy moddalar ta’siri, bakteriyalar, zamburg‘lar, hashorotlar ta’siri va h. Iqtisodiy va mehnat sarfi jihatidan ancha qulay bo‘lgan lentasimon yig‘ma temirbeton poydevorlar zavodlarda tayyorlangan poydevor elementlaridan teriladi va ularni har qanday obi-havo sharoitida ham o‘rnatish mumkin. Lentasimon yig‘ma poydevorlar poydevor yostiq blokdan (qalinligi 300mm va 400 mm, eni 1000mm dan 2800 mm gacha, uzunligi 1180 mm dan 2390 mm gacha) hamda poydevor devori blokidan (eni 300mm, 400mm, 500mm va 600 mm, balandligi 580mm va uzunligi 780mm va 2380mm) iborat bo‘ladi. Poydevor yostiq bloklar qumli zaminlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri zaminga, boshqa hollarda esa shibbalab oldindan mustahkamlangan (qalinligi 100150 mm qilib to‘kilgan shag‘al-qum) zaminga o‘rnatiladi. Poydevor bloklari “612” kabi markalanib, bu erda 6 soni poydevor eni, 12 soni esa poydevor uzunligini (dm.da) ifodalaydi. Erto‘la devori bloklari yaxlit va ichi g‘ovakli qilib ishlab chiqariladi. Yirik panelli va hajmiy blokli binolar qurilishida poydevorlarning yangi konstruktiv echimlaridan ham foydalaniladi. Bunda gorizontal holda zaminga o‘rnatilgan katta o‘lchamli element, ya’ni qalinligi 300mm va uzunligi 3,5m bo‘lgan temirbeton plita ustiga qalinligi 240mm, katta teshiklari bo‘lgan havonsiz (og‘ma tirgovichsiz) ferma shaklidagi, balandligi erto‘la balandligiga teng bo‘lgan panel qo‘yilib, ular poydevorlar yordamida tutashtiriladi. Ma’lum qiyalikka ega bo‘lgan joylarda poydevorlar devori binoning uzunasi bo‘ylab pog‘onali qilib olinadi, bunda pog‘ona balandligi 0,5 m gacha, pog‘ona eni esa kamida 1,0 m bo‘lishi kerak. Binoning yonma-yon turgan va masalan, har xil balandlikka ega bo‘lgan ikki qismining bir-biriga ta’sir etmasin uchun quyma lentasimon poydevor qo‘yishda ajratuvchi tirqish qoldirilib, u erga tol bilan o‘ralgan yog‘och taxta qo‘yib ketiladi. Agar yig‘ma poydevor ishlatilsa, u holda bino poydevoridagi yoriq poydevor bloki vertikal chokini bir chiziqda bo‘lishi orqali ta’minlanadi. Alohida turuvchi poydevorlar zamin grunti etarlicha mustahkam bo‘lgan joylarda, kam qavatli binolar qurilishida, ko‘p qavatli karkasli binolarda (poydevor chuqurligi 4-5m bo‘lgan binolarda) hamda erto‘lasiz binolarda lentasimon poydevor ishlatilishi iqtisodiy jihatdan nomaqbul bo‘lganda ishlatiladi Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling